7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Mohiyat va mavjudlik. Platon mohiyatni narsalarning moddiy-hissiy borlig‗i bilan 
bog‗lash mumkin bo‗lmagan g‗oya sifatida tavsiflagan. Har qanday g‗oya kabi, mohiyat 
nomoddiy, o‗zgarmas va boqiydir. Aristotelь mohiyat deganda narsalar borlig‗ining abadiy 
tamoyilini tushungan. Narsaning mohiyati qotib qolgan materiya bilan emas, balki shakl bilan 
belgilanishiga uning ishonchi komil bo‗lgan. Ma‘lumki, antik an‘anada «shakl» va «g‗oya» 
tushunchalari bir xil ma‘noga ega. Biroq, Platondan farqli o‗laroq, Aristotelь shakl (g‗oya) va 
materiyani bir-biridan ajratmaydi, balki ularning uzviy aloqasini qayd etadi. O‗rta asrlarda 
mohiyat va mavjudlik o‗rtasidagi farq anglab etiladi. Mohiyat muayyan maqsad, mo‗ljalni o‗zida 
mujassamlashtiradi, mohiyatni bilish esa uning tub negiziga muvofiq bo‗lgan ta‘rifda 
ifodalanadi.
O‗rta asrlar falsafasida qayd etilgan mohiyat va mavjudlik o‗rtasidagi farq keyinchalik 
mohiyat va hodisaning nomuvofiqligi sifatida talqin qilingan. Bu nomuvofiqlik tasodifiy
o‗tkinchi bo‗lishi va asosiy tamoyilni, ya‘ni narsani uning muhim xossalari bilan yaratgan Tangri 
niyatini tushunishdan chalg‗itishi mumkin.
Mohiyat va hodisa o‘rtasidagi dialektik aloqa quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 
a) mohiyat va hodisa bir-biri bilan uzviy bog‗liq. Hodisa o‗zida mujassamlashgan narsa, 
ya‘ni mohiyatsiz mavjud bo‗la olmaydi. Mohiyatda u yoki bu tarzda namoyon bo‗lmaydigan 
narsaning o‗zi yo‗q; 
b) mohiyat va hodisaning birligi ularning o‗zaro mosligi, ayniyligini anglatmaydi. Mohiyat 
doimo hodisa ortida yashirinib yotadi. Agar narsalarning namoyon bo‗lish shakli va mohiyati 
bevosita mos kelganida, fanga hojat qolmas edi; 
v) hodisa mohiyatga qaraganda faolroq va jo‗shqinroq, mohiyat esa barqarorroq va 
turg‗unroq - u barcha o‗zgarishlarda saqlanib qoladi. Ammo, hodisaga nisbatan barqarorroq 
bo‗lgan mohiyat mutlaqo o‗zgarishsiz qolmaydi; 
g) hodisa mohiyatga qaraganda boyroq. U obyekt muhim aloqalarining ichki 
mazmuninigina emas, balki bu obyektning har qanday tasodifiy munosabatlari, alohida jihatlarini 
o‗zida mujassamlashtiradi. 


108 
Mohiyat va hodisa o‗zaro munosabatlarining bir-biri bilan ziddiyatli aloqasini qayd etuvchi 
o‗ziga xos shakli zohiriylikdir. U bizning sezgilarimiz narsalarning mohiyatini, aniqroq aytganda 
mohiyatning biron-bir jihatini bir yoqlama noaniq aks ettirishini anglatadi. Ilmiy bilishning 
maqsadi narsalar va hodisalarning zohiriylik ortida yashirinib yotgan mohiyatini yoritishdan 
iborat.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling