7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Sabablarning turlari. Sabablar ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, obyektiv va
subyektiv bo‗lishi mumkin. Subyektiv sabablar ko‗pincha faoliyat, xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo‗ladi. Voqealar zanjirining bilishda ichki va tashqi sabablar ham bir xil rolь o‗ynamaydi Obyektning mohiyatini tashkil etuvchi qarama-qarshi kuchlar, tendentsiyalarning o‗zaro aloqasi sababning ichki manbai hisoblanadi.. Ichki sabablar deb narsa va hodisaning o‗z tabiatiga xos, ichki muayyanlik, qarama-qarshi tomonlarning birligini ifodalanishiga aytiladi. Masalan, odamlar o‗z kasalligi yoki qariligini qayg‗u-hasrat, muvaffaqiyatsizliklar, og‗ir ish va hokazolar bilan tushuntirishga moyildirlar. Amalda qarilik yoki o‗limni engishga hali hech kim muvaffaq bo‗lmagan, chunki qarilik ham, o‗lim ham ichki sabablar bilan izohlanadi. Shu sababli ba‘zilar og‗ir ish bilan shug‗ullanib ham uzoq vaqt yosh va sog‗lom bo‗lib qoladi, ayrim takasaltanglar esa juda tez qariydi... Tashqi sabablar esa narsa va hodisalararo bir-biriga ta‘sir holatini bildiradi. Tashqi sabablar turli obyektlar o‗zaro aloqasining mahsulidir. Ma‘lumki, ichki sabablar har qanday o‗zgarish va rivojlanishning asosini tashkil etadi, ammo tashqi sabablar o‗zgarishning shart-sharoit va muhitini bildiradi, xolos. Organizmning normal shakllanishi va o‗sishi uchun tashqi sabab hisoblangan muhim ozuqa, havo, suv kabilar yuzaki qaraganda nechog‗li muhim bo‗lib ko‗rinmasin, biroq organizmning yashashini, mavjudligini belgilaydigan asosiy sabab modda almashinishi, ya‘ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonidir. Demak, har bir hodisa va jarayon turli sabablarning umumiy aloqadorligi asosida shakllanadi va yuzaga keladi. Voqea va hodisaning haqiqiy mohiyatini bilishda asosiy va asosiy bo‗lmagan, ichki va tashqi sabablarni almashtirib yubormaslik lozim. Sabablarning o‗rni, ahamiyatini aralashtirib, noto‗g‗ri tushunish nazariy va amaliy faoliyatda g‗ayriilmiy natijalarga olib borishi mumkin. Shuning uchun bilish jarayonida determinizm tamoyillariga asoslanish maqsadga muvofiq. Sabab va oqibat aloqaini ilmiy tushunishning fan va amaliyot uchun ahamiyati tushunilib, hamma narsaning aloqadorligi, sabablar zanjirining uzviyligi g‗oyasi tug‗ilgan paytdan buyon ming yillar o‗tdi. Bu sabab va oqibat aloqai inson tafakkuri tarixida qanday shakllarda tushunilganligini taqqoslab ko‗rish, bilish nazariyasining takomillashib borganini yaqqol ko‗rsatgan bo‗lur edi. Zero, voqea va hodisalarga deterministik nuqtai nazardan yondashish olamdagi jarayonlarning sababiy aloqalarini ilmiy bilish, falsafadagi g‗ayriilmiy qarashlarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga egadir. Sabab va oqibat munosabatlarini orqaga qaytarib bo‗lmaydi. Sabab va oqibatning sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab va oqibatni orqaga qaytarish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Masalan, Oy qarama-qarshi yo‗nalishda aylana boshlasa, u dastlabki holatga kelgan bo‗lar edi. Ammo bu faraz zamirida soxta asoslar yotadi: u sabab-oqibat munosabatlariga tasodifiy omillar to‗plami kuchli ta‘sir ko‗rsatishini hisobga olmaydi. Dastlabki holatga qaytish – bu mazkur omillar to‗plamini amalda mujassamlashtirish demakdir. Vaholanki, ularning hammasini amalda mujassamlashtirish mumkin emas, demak, dastlabki holatga qaytish mumkin emas. Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab ko‗plab oqibatlarga sabab bo‗lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko‗p sonli sabablar yotishi mumkin. Ayrim sabablar oqibatlar cheksiz zanjirining ilk manbai hisoblanadi. Ba‘zi bir sabablar «zanjir reaktsiyasi» ko‗rinishini kasb etishi, ya‘ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o‗z navbatida, ikki yoki undan ortiq oqibatga sabab bo‗lishi mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling