7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Bahona va shart. Sababiy aloqalarni "bahona" va "shart-sharoit" singari tushunchalar
bilan almashtirish mumkin emas. Masalan, sabab doim voqea, hodisalarga xos hamda ular o‗rtasidagi bevosita, ichki munosabatlarni bildiradi. Bahona esa sababga nisbatan tashqi turtki, xolos. Sababning voqelikka aylanishi muayyan oqibatning kelib chiqishi uchun ikkinchi darajali ta‘sir ko‗rsatuvchi bo‗ladi. Masalan, birinchi jahon urushi boshlanib ketishiga gertsog Ferdinandning o‗ldirilishi bahona bo‗lgan. Urushning kelib chiqishiga haqiqiy sabab aslida 123 muayyan davlatlar o‗rtasidagi raqobatning keskinlashganligi hamda bo‗lingan dunyoni qaytadan bo‗lib olishga qaratilgan siyosatning yuritilishi edi. Іar bir sabab muayyan oqibatni keltirib chiqarishi uchun, albatta, ma‘lum shart-sharoit zarur bo‗ladi. Lekin, shart-sharoit oqibatning sababini anglatmaydi. Shart-sharoit — muayyan oqibat tug‗ilishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi holat bo‗lib, sababning oqibatga aylanishida o‗ziga xos rolь o‗ynaydi. Sababsiz yolg‗iz shart- sharoitning o‗zi oqibatni keltirib chiqarmaydi. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani subyektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqea yoki sherikning harakati o‗zining, odatda, noto‗g‗ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. Shartlar – amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir. Sinergetika muhitga yagona negiz, bo‗lg‗usi tuzilmaning rang-barang shakllari manbai, rivojlanishning turli yo‗llari uchun maydon sifatida qaraydi. Sabab-oqibat munosabatlari tizimida shartlarning amaldagi ahamiyatini tushunish uchun quyidagi misolni ko‗rib chiqamiz. Fuqaro A. xotini suzishni bilmasligidan xabardor bo‗lgani holda, undan qutulish uchun uni dengiz bo‗ylab sayohatga yuboradi. Oqibatda xotini suvga cho‗kib o‗ladi. Erning harakatlari xotin o‗limining sababi hisoblanadimi? Bu misol shartlar o‗z holicha oqibat sababi bo‗la olmasligini, lekin sababning amalga oshishiga ko‗maklashadigan yoki monelik qiladigan omil hisoblanishini ko‗rsatadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling