7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Xullas, sabab va oqibat o‘rtasida murakkab dialektik o‘zaro aloqa mavjud


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Xullas, sabab va oqibat o‘rtasida murakkab dialektik o‘zaro aloqa mavjud.
quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
1) sabab vaqtda oqibatdan oldin keladi. Oqibat sababdan oldinroq yuz bermaydi. Ammo bu 
biri ikkinchisidan oldin keladigan har qanday hodisa u bilan sababiy aloqada bo‗ladi, degani 
emas. Masalan, tun tongdan oldin keladi, lekin u tongning sababi hisoblanmaydi; 
2) sabab muayyan sharoitda albatta oqibatni vujudga keltiradi. Sabab va oqibat shu 
darajada bog‗liqki, agar sabab yuz bersa va etarli sharoit mavjud bo‗lsa, muqarrar tarzda oqibat 
ham yuz beradi; 
3) sabab va oqibat bir-biri bilan o‗zaro ta‘sirga kirishadi. Bu o‗zaro ta‘sirlanish jarayonida 
sababgina emas, balki oqibat ham faol bo‗ladi. U sababga aks ta‘sir ko‗rsatadi. Misol uchun, 
g‗oyalar borliqni aks ettiradi, lekin, vujudga kelgach, ijtimoiy borliqning o‗zgarishiga 
kishilarning amaliy faoliyati orqali faol ta‘sir ko‗rsatadi; 
4) ayni bir hodisa bir munosabatda sabab sifatida, boshqa bir munosabatda – oqibat sifatida 
amal qiladi. Aytaylik, yomg‗ir – muayyan ob-havo sharoitlarining oqibati, lekin uning o‗zi 
yaxshi hosildorlik sababiga aylanadi; hosildorlik esa davlatning iqtisodiy qudratini 
mustahkamlash omili bo‗lib xizmat qiladi. Shu tariqa hodisalar o‗rtasida sababiy aloqa vujudga 
keladi. Ammo biz faqat ikkita alohida-alohida hodisani ko‗rib chiqqanimizda, ular o‗rin 
almashishi mumkin emas; 
5) sabab va oqibatning o‗zaro ta‘siriga tegishli sharoitlar ta‘sir ko‗rsatadi. Sharoitlar – bu 
shunday bir hodisalarki, ular mazkur voqea yuz berishi uchun zarur, lekin o‗z holicha ular bu 
voqeani oldindan belgilamaydi. Oqibat yuz berishiga qulaylik yaratuvchi sharoitlar ham, 
sababning ta‘sirini qaytaruvchi sharoitlar ham bo‗lishi mumkin. Ayni bir sabab muayyan 
sharoitlarda turli shakldagi oqibatlar yuz berishiga olib keladi;
6) sababni vaj bilan ayniylashtirmaslik kerak. Vaj – bu boshqa voqeadan bevosita oldin 
keladigan, uning yuz berishiga imkoniyat yaratadigan, lekin u uni vujudga keltirmaydigan va 
oldindan belgilamaydigan voqea. Vaj harakatni yaratmaydi, balki unga turtki beradi.


125 
Sababiy aloqa tushunchasi muhim metodologik funktsiyani bajaradi. Muayyan oqibatning 
yuz berish sabablari va sharoitlarini bilgan holda, inson nafaqat uning yuz berishini bashorat 
qiladi, balki zarur oqibatni yaratadi. Bu insonga o‗tmishni bilish va kelajakka nazar tashlash 
imkonini beradi.
Umuman olganda, moddiy obyektlarning o‗zi emas, balki ularning o‗zgarishlari sabab va 
oqibat hisoblanadi. Sabab sifatida bir obyektning o‗zgarishi, oqibat sifatida esa – boshqa bir 
obyektning o‗zgarishi amal qiladi. Biron-bir voqeaning sababini aniqlash jarayonida biz odatda 
uning holatlarini tahlil qilamiz. O‗zgarmas xususiyatga ega bo‗lgan holatlarni biz sharoitlar 
qatoriga kiritamiz, sababni esa o‗zgaruvchan holatlar orasidan izlaymiz. Ammo sabab va sharoit 
o‗rtasidagi farq nisbiydir. Masalan, televizor egasi tasvir sifati pastligining sababini atmosfera 
shovqinlarida ko‗rishi, telemarkazdan uzoqda joylashganlikni esa sharoitlar qatoriga kiritishi 
mumkin (u televizor egasi uchun – o‗zgarmas holat); telemarkaz xodimining nuqtai nazaridan 
atmosfera shovqinlari ayni holda sharoitgina, xolos (ular xodim uchun – o‗zgarmas holat), 
teleko‗rsatuvlar yomon qabul qilinayotganining sababi esa televizor signal manbaidan uzoqda 
joylashlanganligidir (bu, uning nuqtai nazaridan, o‗zgaruvchi kattalik). 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling