7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Sababiy zanjir. Har bir sabab boshqa bir sababning oqibati, har bir oqibat esa – boshqa bir 
oqibatning sababidir. Shunday qilib, har qanday elementar sababiy aloqa undan o‗tmishga ham, 
kelajakka ham qarab ketgan sababiy zanjirning bir bo‗g‗ini hisoblanadi
Sababiy zanjir 
Hozirgi davrdan uzoq o‗tmishga qarab ketgan ayrim sababiy zanjirni o‗rganish bir 
qarashda sabablar va oqibatlarning azaliy va abadiy berilgan birikmasi mavjud bo‗lib, unda 
voqealar rivoji uzil-kesil belgilangan va biron-bir tasodifga o‗rin yo‗q, degan xulosaga kelish 
mumkin. Ammo bunday xulosa noto‗g‗ri. Biron-bir alohida sababiy aloqa yoki ayrim sababiy 
zanjirni farqlar ekanmiz, biz bunda ular vujudga kelgan barcha sharoitlarni hech qachon to‗liq 
hisobga ololmaymiz. Holbuki, bu sharoitlar ularga ta‘sir ko‗rsatadi va buning natijasida 
zanjirlarning hosil bo‗lishi noaniq va oldindan belgilanmagan tus oladi.


124 
Birinchidan, moddiy obyektlarda yuz beruvchi o‗zgarishlar faqat sirtdan ta‘sirlar (tashqi 
sababiyat) oqibatlari emas; ular obyektning ichki tuzilishiga, uning shu vaqtdagi holatiga, unda 
yuz berayotgan jarayonlarga ham bog‗liq bo‗ladi (ichki sababiyat). Ayni bir ta‘sir (masalan, 
qizdirish) turli obyektlarda yoki turli vaqtda olingan ayni bir obyektda har xil oqibatlarga sabab 
bo‗ladi (ayrim moddalar eriydi, ayrim moddalarning rangi o‗zgaradi, ba‘zi bir moddalarda 
kimyoviy reaktsiyalar yuz beradi va h.k.). Shu sababli sababiy zanjirning qaysidir bo‗g‗inlarida 
obyektga sirtdan ko‗rsatilgan ta‘sir oldindan aytib bo‗lmaydigan natijaga olib kelishi mumkin
chunki u mazkur ta‘sir bilangina emas, balki bu obyektdagi ichki sababiyat bilan ham 
belgilanadi. Bunday natija tashqi sababiy zanjirga nisbatan tasodifiy hisoblanadi.
Ikkinchidan, boshqa sababiy zanjirlar bilan umuman bog‗liq bo‗lmagan sababiy zanjir 
mavjud emas. Bu zanjirlar ma‘lum nuqtada bir-biri bilan kesishadi. Ularning kesishuv nuqtasida 
bu zanjirlarning har biri uchun «rejalashtirilmagan», tasodifiy sanalgan voqea yuz berishi 
mumkin («baxtsiz hodisalar» - masalan, yo‗lda yuz beruvchi halokatlar odatda shunday 
«rejalashtirilmagan» tasodiflar hisoblanadi). Bunda mazkur voqea yangi sababiy zanjirning 
asosiga aylanadi
Sababiy zanjirlarning kesishuvi 
Uchinchidan, voqea bir emas, balki bir nechta oqibatlarning sababi bo‗lib xizmat qilishi 
mumkin. Ularning har biri, o‗z navbatida, voqealarning qandaydir yangi zanjirlarini vujudga 
keltiruvchi boshqa oqibatlarga sabab bo‗ladi. Shunday qilib, sababiy zanjirlar tarmoqlanadi
Sababiy zanjirlarning tarmoqlanishi 
Bu voqealar rivojining son-sanoqsiz turli variantlari vujudga kelishiga sabab bo‗ladi, unda 
ilgari mavjud bo‗lmagan yangi va yangi imkoniyatlar tug‗iladi. Zanjirlarning tarmoqlanish 
nuqtasida yotgan dastlabki sabab ular «ko‗payishi»ning keyingi bosqichlarida paydo bo‗ladigan 
va amalga oshadigan barcha imkoniyatlarni belgilab bermaydi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling