7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Abstrakt va muayyan imkoniyat


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Abstrakt va muayyan imkoniyat o‗rtasidagi farq – bu mohiyat va mavjudlik o‗rtasidagi, 
shuningdek predmetning ideal obrazi va uning inson ongiga bog‗liq bo‗lmagan obyektiv 
xususiyatlari o‗rtasidagi farqdir. Masalan, nikohga kirayotgan yoshlar bir-biri haqida, oila va 
umuman nikoh haqida ancha yuzaki tasavvurga ega bo‗lishi mumkin. Ular oila-nikoh 
munosabatlarining ideallashtirilgan manzarasini o‗z bo‗lg‗usi nikohiga ko‗p jihatdan tatbiq etadi. 
Vaholanki, bu manzara mazkur munosabatlar mohiyatiga umuman olganda mos kelsa-da, lekin 
ularning butun boyligi va murakkabligi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. 
Nikohga kirgach, yoshlar imkoniyatini o‗zlari oldindan ko‗ra bilmagan muayyan voqelik bilan 
to‗qnash keladi. Yosh oiladagi kelishmovchiliklar sababi – nikohning mohiyati va uning 
mavjudligi o‗rtasidagi, abstrakt imkoniyat («ular qo‗sha qaridilar va uvali-juvali bo‗ldilar») va 
aksariyat jihatlarini yoshlar hatto xayollariga ham keltirmagan muayyan imkoniyat o‗rtasidagi 


132 
ziddiyatdir. Ayrim falsafiy adabiyotlarda muayyan va real imkoniyat bilan formal va abstrakt 
imkoniyat tenglashtiriladi. Bu holda real imkoniyat uni ro‗yobga chiqarish uchun shart-sharoit 
mavjudligi bilan, formal yoki abstrakt imkoniyat esa – ayni paytda imkoniyatni voqelikka 
aylantirish uchun shart-sharoit mavjud emasligi bilan belgilanadi.
Murakkab sistemalar uchun, odatda, rivojlanishning bir necha muqobil yo‗llari mavjud 
bo‗ladi. Ayni bir muhitda har xil strukturalar vujudga kelishi, rivojlanish jarayoni ko‗p variantli 
tarzda amalga oshishi, buning natijasida rivojlanishda kutilmagan burilishlar yuz berishi 
mumkin. Shu bois prognoz va taxminlar ishonchsiz yoki yanglish bo‗lishi mumkin. Shunga 
qaramay, mazkur muhitda evolyutsiyaning har qanday turi emas, balki yo‗llarning muayyan 
doirasigina mavjud bo‗lishi mumkin. Muqobil imkoniyatlar o‗rtasidagi miqdoriy nisbat 
matematik jihatdan ehtimol tutilgan ayrim voqea yuz berishining ehtimollik darajasi sifatida 
ifodalanishi mumkin. Inson o‗z faoliyatida real imkoniyatlarni hisobga oladi va ularni voqelikka 
aylantirish uchun zamin hozirlaydi.
Bu kategoriyalar borliqning protsessualligiga, ya‘ni uning shakllanish jarayoniga urg‗u 
beradi. Ma‘lumki, yo‗q narsadan biron-bir yangilik vujudga kelmaydi, u faqat eski narsaning 
muayyan xossalari, jihatlari negizida vujudga kelishi mumkin. Yangi narsaning borlig‗i uning 
potentsial holatida imkoniyat hisoblanadi.Imkoniyatning etuklik darajasi imkonsizlikdan 
voqelikkacha bo‗lgan doirada o‗zgarishi mumkin. Bu jihatdan imkoniyatni tavsiflashni uning 
sifat va miqdor me‘yorlarini hisobga olib amalga oshirish mumkin. Sifat jihatidan imkoniyatlar 
formal va real bo‗ladi. Amalga oshish ehtimoli past, aniqroq aytganda nolga yaqin bo‗lgan 
imkoniyat formal hisoblanadi. Bunday imkoniyatga tabiiy va ijtimoiy rivojlanish qonunlari yo‗l 
qo‗yadi. Shu ma‘noda u tabiiy va ijtimoiy borliq qonunlariga mutlaqo zid bo‗lgan 
imkonsizlikdan butunlay farq qiladi; obyektiv dunyo qonunlariga zid bo‗lgan narsa imkonsizlik 
hisoblanadi. Masalan, boqiy dvigatelь yasash mumkin emas; insonning umrboqiyligi mumkin 
emas va sh.k. Amalga oshishi uchun barcha zarur sharoitlar vujudga kelgan real imkoniyat 
amalga oshirishning oliy darajasiga ega bo‗ladi. Masalan, insonning kosmosga uchish imkoniyati 
bir paytlar formal bo‗lgan, endilikda u real tus oldi.
Imkoniyatning miqdoriy tavsifi aniqroq bo‗ladi. Agar imkonsizlikni «0» bilan, voqelikni 
esa «1» bilan ifodalasak, «0» dan «1» gacha bo‗lgan oraliq qiymatlarning barchasi imkoniyat 
darajasini tavsiflaydi. Ehtimollikning shartli o‗qi atrofida imkoniyatning butun doirasini 
ko‗rsatish mumkin.
Abstrakt imkoniyatlarni imkoniyatsizlik bilan ham aynanlashtirish mumkin emas. Chunki 
birinchisi, obyektiv qonuniyatlar bilan bog‗liq, ikkinchisi esa mutlaqo unga qarama-qarshi 
bo‗ladi. Binobarin, abstrakt imkoniyatlarning ayrimlarida konkret sharoitga ko‗ra voqelikka 
aylanish ehtimoli bo‗lishi mumkin. Jumladan, o‗tgan asr boshida koinotga uchish, uni tadqiq 
etish abstrakt imkoniyat holatida edi, ammo fan-texnika taraqqiyoti natijasida asr o‗rtalarida bu 
real imkoniyatga aylandi. Demak, abstrakt va real imkoniyat o‗rtasidagi tafovut nisbiy bo‗lib, 
rivojlanishning muayyan bosqichlarida birinchisi ikkinchisiga aylanishi ham mumkin ekan. 
Xullas, tabiiy va ijtimoiy hayotdagi imkoniyatlarga bir xil o‗lchov bilan yondashish, ularni bir xil 
usulda ro‗yobga chiqadi, deb qarash xatodir. Tabiatda imkoniyatlar stixiyali tarzda, obyektiv 
sharoitlar bag‗rida voqelikka aylanishi bilan chegaralanadi. Jamiyatda esa imkoniyatning 
voqelikka aylanishida o‗zgacha mazmun bor, bunda imkoniyatni voqelikka aylantiradigan 
moddiy, tashkiliy, siyosiy omillardan tashqari, ma‘naviy shart-sharoitlar ham zarur. Bunga 
odamning ongi, irodasi, maqsadi, uyushqoqliligi, faolligi va boshqalar kiradi. Masalan, bugungi 
o‗tish davri ijtimoiy rivojlanish qonuniyati bilan belgilanadigan obyektiv vaziyatlar bilan bog‗liq. 
Lekin bunga subyektiv vaziyat, ya‘ni fuqarolar faolligi, ularning tub o‗zgarishlarga tayyorligi, 
davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyati kabilar qo‗shilmasa, bu ish muvaffaqiyatli bo‗lmaydi.
Shuning uchun ham ijtimoiy hodisalarning mazmun-mohiyatini aniqlashda va maqsadga 
muvofiq yo‗naltirishda subyektiv omillarga ham e‘tibor berish lozim. Bugungi jamiyatimizning 
tabiatiga ko‗ra, birinchidan, turli imkoniyatlarning voqelikka aylanishi uchun umummilliy 
an‘analar, xalqaro tajriba, mamlakatimizda demokratik hayot barpo etish kabi shart-sharoitlar 


133 
mavjud, ikkinchidan, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va g‗oyaviy birligi asosida, sobiq 
ittifoq davrida aslo bo‗lmagan yangi imkoniyatlar vujudga kelib, ro‗yobga chiqmoqda. 
Ba‘zan real imkoniyatlar o‗zaro raqobatlashadi va ularning biri amalga oshsa, boshqasi 
amalga oshmaydi (muqobil imkoniyatlar). Inson maqbul imkoniyatlar amalga oshishi uchun 
sharoit yaratish yo‗li bilan voqealar jarayonini kerakli tomonga yo‗naltirib, unga faol ta‘sir 
ko‗rsatishga qodir.
.Imkoniyat rivojlanishning obyektiv tendentsiyalarini aks ettiradi, u qonuniyat, zaruriyatga, 
o‗zgarayotgan narsaning muhim tomonlariga muvofiq yuzaga keladi. Shuningdek, Imkoniyat – 
narsaning uning tugallanmagan, potentsial rivojlanishidagi obyektiv mavjud bo‗lgan va ichdan 
belgilangan holatini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha. Har bir vaziyatda imkoniyatlarning 
muayyan to‗plami mavjud bo‗lib, ulardan biri amalga oshgani boshqalari chetda qolganini 
anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur 
tendentsiyalarga nisbatan tasodifiy hisoblangan sharoitlar o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Shu sababli 
voqelik doim ichki va tashqi, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodifning dialektik birligidan 
iborat bo‗ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning o‗zgarishi sohasida imkoniyatning voqelikka 
aylanishi kishilarning ongli yo‗l tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi.
Ammo imkoniyat qanday obyektiv asoslarga ega bo‗lsa, imkonsizlik ham shunday 
obyektiv asoslarga egadir. Imkonsizlik – ikoniyatga zid tushuncha. Imkonsizlik tushunchasi ikki 
xil ma‘no kasb etadi. Birinchi – predmetning tabiatiga mos kelmaydigan narsa bo‗lishi mumkin 
emas. Masalan, arpa urug‗idan bodring etishtirish mumkin emas. Imkonsizlik tushunchasining 
boshqa bir ma‘nosi imkoniyat va zaruriyat kategoriyalarining munosabatlari bilan bog‗liq. 
Zaruriyat va imkoniyat – bir zanjir bo‗g‗inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati uning boshqa 
bir holati bo‗lishi mumkinligini belgilaydi. Ammo predmetning rivojlanishida, odatda, ko‗p sonli 
muqobil imkoniyatlar mavjud bo‗lgani bois, ulardan birini tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir 
imkoniyatning ro‗yobga chiqishi qolgan imkoniyatlarni ro‗yobga chiqarish imkonini bermaydi. 
Tuzatib bo‗lmaydigan oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o‗ylamasdan sodir etgan 
qilmishidan afsus chekmagan odam topilmasa kerak. Ba‘zan imkonsizlik boy berilgan imkoniyat 
tarzida mavjud bo‗ladi. Bu holda imkoniyat imkonsiz bo‗lmagan narsa sifatida va ayni vaqtda 
zarur bo‗lmagan narsa sifatida namoyon bo‗ladi.
Har bir predmet ko‗p sonli aloqalar yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi muayyan muhitda 
mavjud bo‗ladi. Shu sababli muhim yoki ikkinchi darajali, tasodifiy yoki zaruriy bo‗lishi 
mumkin bo‗lgan ko‗p sonli imkoniyatlar mavjuddir. Imkoniyatning ro‗yobga chiqishida ichki va 
zaruriy aloqalar muhim rol o‗ynaydi, ammo uning ro‗yobga chiqish shartlari, garchi ular 
tasodifiy xususiyatga ega bo‗lsa-da, rivojlanish jarayoniga sezilarli darajada, ba‘zan hal qiluvchi 
ta‘sir ko‗rsatadi. Ayni shu sababli voqelik ham zaruriy va tasodifiyning birligi hisoblanadi.
Imkoniyat va voqelik bir-biridan farqlanadi, lekin ularni ayrim olingan holda 
mutlaqlashtirish yaramaydi, bir-biridan ajratib qo‗yish ham xatodir. Ammo falsafa tarixida 
imkoniyat va voqelikni dunyodan ajratib, uning mazmunini inkor etish, imkoniyat va voqelik 
faqat ruhning, g‗oyaning, tafakkurning mahsulidir, sezgilarning yig‗indisidir, inson istak-
irodasining ko‗rinishidir, deb tushuntirishlar bo‗lgan. Zamonaviy falsafa imkoniyat va voqelikni 
ilmiy tushuntirib, bu kategoriyalar dunyodagi aloqadorlik va rivojlanishning muhim xususiyat, 
tomonlarini ifodalaydi, olamdagi narsalarning bir shakldan ikkinchi shaklga o‗tishini, 
taraqqiyotning oddiydan murakkabga qarab yo‗nalishini, eskilik bilan yangilik o‗rtasidagi 
qarama-qarshi munosabatlarni bildiradi. deb hisoblaydi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling