7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Zaruriyat va tasodif dialektikasi
Download 0,61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Zaruriyat va tasodif dialektikasi ikki muhim jihatni nazarda tutadi. Birinchidan, tasodif
rivojlanish jarayonida zaruriyatga aylanishi mumkin (u yoki bu biologik turning qonuniy belgilari avval tasodifiy og‗ishlar sifatida paydo bo‗ladi va to‗planib boradi, so‗ngra ularning asosida tirik organizmning zaruriy sifatlari shakllanadi). Ikkinchidan, zaruriyat son-sanoqsiz tasodiflar orqali o‗ziga yo‗l ochadi. Masalan, jamiyatning rivojlanishi turli maqsadlarni ko‗zlovchi, fe‘l-atvori har xil bo‗lgan kishilar faoliyati bilan belgilanadi. Bu maqsadlar va intilishlarning aloqai, chatishuvi va to‗qnashuvi pirovard natijada rivojlanishning zaruriy, muqarrar xususiyatga ega bo‗lgan muayyan yo‗nalishiga olib keladi. Dialektikaning barcha qonunlari va kategoriyalari kabi, zaruriyat va tasodif obyektiv voqelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning funktsiyalari teng qimmatga ega emas. Bilishda tasodif doim boshlang‗ich instantsiya sifatida, zaruriyat – maqsad sifatida amal qiladi. Bilish faoliyati tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi. Zaruriyat va tasodif dialektikasida ichki va tashqi narsalar tushunchalari nisbatdosh ekanligini e‘tiborga olish muhimdir. Bir jihatdan ichki bo‗lgan narsa boshqa bir jihatdan tashqi xususiyat kasb etadi. Masalan, sayyoralarning quyosh sistemasi orbitalari bo‗ylab harakati bu sayyoralarni o‗zaro bog‗lovchi va ular aylanayotgan orbitalar shaklini belgilovchi ichki munosabatlar bilan belgilanadi. Quyosh sistemasiga nisbatan boshqa kosmik obyektlar tashqi muhitni tashkil etadi. Ammo quyosh sistemasi galaktika elementi bo‗lib, yulduzlararo makonda muayyan o‗rin egallaydi. Shu sababli ayni shu obyektlar quyosh sistemasi sayyoralari evolyutsiyasining ham, ularga yaqin kosmik jismlar evolyutsiyasining ham ichki manbai hisoblanadi. Shu boisdan zaruriyat va tasodif tushunchalari ham nisbatdoshdir: bir jihatdan tasodifiy bo‗lgan narsa boshqa bir jihatdan zaruriy hisoblanadi. Zaruriyat va tasodif qarama-qarshiliklar bo‗lsa-da, lekin ular birdir. Har qanday hodisa ichki zaruriyat tufayli yuz beradi, ammo uning yuz berishi ko‗p sonli tashqi omillar bilan bog‗liq bo‗lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda to‗ldiradi. Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof holda mavjud bo‗lmasligini anglatadi. Tasodif – zaruriyatning namoyon bo‗lish shaklidir. Zaruriyat, sabab, qonunni kashf etish – ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish demakdir. Bir qarashda zaruriyat sababiyatga zid bo‗lib tuyuladi. Bu ziddiyat yo tasodifiy hodisa sababga ega emasligi bilan, yo tasodifiy hodisalar umuman bo‗lmasligi bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy hodisa ham muayyan sababga ega bo‗ladi Shunday qilib, tasodif va zaruriyat – bu imkoniyatni voqelikka aylantirishning har xil usullari. Ammo dunyoda «sof» tasodif ham, «sof» zaruriyat ham mavjud emas. Amalda 130 obyektlar mavjud bo‗lgan sharoitlar kuzatib bo‗lmaydigan darajada ko‗p sonli, ularning hammasini hech qachon to‗liq hisobga olish mumkin emas. Biron-bir konkret obyektni va uning o‗zgarishlarini o‗rganar ekanmiz, biz doim bu obyektning mavjudligini belgilovchi sharoitlarning bir qisminigina hisobga olamiz, voqealar rivojiga ta‘siri ahamiyatsiz darajada oz bo‗lgan boshqa sharoitlarni esa e‘tibordan soqit etamiz. Ammo ayrim sharoitlarga nisbatan tasodifiy bo‗lgan voqea boshqa sharoitlarga nisbatan zaruriy bo‗ladi. Masalan, bilьyard soqqasining harakati u olgan turtki sharoiti bilan belgilanadi; lekin uning harakatiga bilьyard stolining titrashi, stol yuzasining notekisligi va hokazolar ta‘sir ko‗rsatishi mumkinligini hisobga olsak, soqqaning haqiqiy traektoriyasida tasodif elementi paydo bo‗ladi. Shunday qilib, har bir voqea qaysidir jihatdan tasodifiy, qaysidir jihatdan esa zaruriy hisoblanadi. Tasodifning zaruriyat bilan aloqasi o‗zgaruvchan sharoitlarda yuz beruvchi ommaviy jarayonlarni o‗rganish chog‗ida ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi. Masalan, bozorda narxlarning o‗zgarishlari tasodifiy, lekin o‗rta hisobda bu narxlar tovarlar qiymatiga zarur darajada mos kelishi lozim. Ko‗p sonli ommaviy tasodifiy voqealarda statistik qonuniyatlar namoyon bo‗ladiki, ularga muvofiq bu voqealarning butun yig‗indisi zarur darajada u yoki bu xossalarga ega bo‗ladi. Bu erda tasodif zaruriyatning namoyon bo‗lish shakli sifatida amal qiladi. Demak, zaruriyat va tasodif voqealar rivoji davomida sodir bo‗ladigan hodisalarni tavsiflaydigan, obyektiv olamdagi aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriyalar. Falsafaning boshqa kategoriyalari singari zaruriyat va tasodiflarning mazmuni hamda umumiy xususiyatlari haqidagi masala hozirga qadar o‗tgan ko‗plab faylasuflarning e‘tiborini o‗ziga jalb etgan edi. Ba‘zi faylasuflar voqelikdagi narsa, hodisalar muayyan sabablar asosida sodir bo‗lar ekan, demak, olamda tasodif bo‗lmaydi, har qanday hodisa ma‘lum sabablar tufayli yuzaga keladigan zaruriyatdir deb qaragan. Dunyoda tasodifga o‗rin yo‗q, mavjudlik va taraqqiyotni birgina zaruriyat belgilaydi, deb hisoblaganlar. Download 0,61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling