7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Imkoniyat va voqelik. Qonunlar sharoit o‗zgarganda obyektlar bilan nima yuz berishini
belgilaydi. Obyektning qandayligi (uning mavjud sharoitdagi aktual borlig‘i) va u qanday bo‗lishi mumkinligi (o‗zgargan sharoitda uning potentsial borlig‘i qandayligi) o‗rtasidagi farq bizning tafakkurimizda «voqelik» va «imkoniyat» kategoriyalari yordamida ifodalanadi. Harakatlanish jarayonida voqelik va imkoniyat bir-biriga o‗tadi: imkoniyat voqelikka aylanadi, yangi voqelik esa yangi imkoniyatlarni yaratadi. Voqelikning o‗zgarish jarayonini tushunish va kelajakni oldindan ko‗ra bilish uchun mumkin bo‗lgan narsalarni mumkin bo‗lmagan narsalardan farqlay bilish kerak. Buning uchun mazkur voqelikda amal qiluvchi qonunlarni bilish lozim. Ular voqelikning ayrim o‗zgarishlariga yo‗l qo‗yadi, ayrimlarini esa taqiqlaydi. Bu qonunlarga muvofiq bo‗lgan narsalar bo‗lishi mumkin, ularga zid bo‗lgan narsalar esa bo‗lishi mumkin emas. Imkoniyat va voqelik rivojlanish jarayonidagi shunday bog‗liqlikki, ulardan biri ikkinchisisiz yuzaga kelishi sira mumkin emas. Birinchisi o‗z bag‗rida zaruriy ravishda ro‗yobga chiqishi lozim bo‗lgan voqelikning kurtagini yashirib, rivojlanishining ibtidosi hisoblanadi. Ikkinchisi esa, hodisalar rivojining etuklik darajasini anglatadi, ya‘ni ular bir butun taraqqiyot jarayonining dialektik qarama-qarshi tomonlarini xarakterlaydi. Imkoniyat va voqelik dialektikasining muhim xususiyatlaridan yana biri sharoit hamda vaziyatga ko‗ra imkoniyatning voqelikka, voqelikning imkoniyatga o‗tish holatidir. Masalan, tabiatda kimyoviy elementlarning ilk birikmalaridan hayotning dastlabki shakllari bo‗lmish bir hujayrali tirik organizmlar kelib chiqishi tufayli keyinroq ulardan hayotning murakkab shakllari yuzaga keldi. Bunda ham biz imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniyat ekanini ko‗ramiz. Imkoniyat va voqelikning boshqa kategoriyalar bilan umumiyligi shundaki, bular ham mazkur kategoriyalar singari dunyoni aks ettiradi, umumiy tarzda amal qiladi. Ammo boshqa kategoriyalardan farqli tomoni ham borki, bu — voqelikdagi rivojlanish va o‗zgarish jarayonining umumiy, muhim, ayrim tomon hamda tendentsiyalarini ifodalabgina qolmay, balki rivojlanish jarayonining ichki jihatini ko‗rsatadi, bir butunligini ochib, rivojlanishning quyi va 131 yuqori bosqichlari o‗rtasidagi dialektik munosabatni ko‗rsatadi. Imkoniyat va voqelik kategoriyalarida borliqning o‗zgaruvchanligi, dinamikasi, uning o‗zgarish tendentsiyalari o‗z aksini topadi. Imkoniyat – voqelik o‗zgarishining bu voqelik qonunlariga zid bo‗lmagan varianti. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling