7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Voqelik esa imkoniyatning nisbatdoshi bo‘lib, real holat va mavjud bo‘lgan
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Voqelik esa imkoniyatning nisbatdoshi bo‘lib, real holat va mavjud bo‘lgan
hodisalarni ifodalaydigan kategoriyadir.. Voqelik tushunchasi ikki ma‘noda ishlatiladi. Birinchidan, voqelik – bu mavjud borliq, biz yashayotgan dunyo, uning ongimizdagi in‘ikosidir. Voqelik tushunchasi ayrim predmetning borlig‗iga ham tegishlidir. Bu ma‘noda u obyektning holatini tavsiflovchi mazkur lahzadir. Ikkinchidan, voqelik ro‗yobga chiqqan imkoniyat sifatida tavsiflanadi. Bu ma‘noda voqelik tushunchasi imkoniyat kategoriyasining nisbatdoshi hisoblanadi. Ular bir-biriga o‗tuvchi qarama-qarshiliklardir. Imkoniyat potentsial, voqelik esa 134 aktualdir. Imkoniyat – abstrakt va mazmun jihatidan qashshoq tushuncha. Voqelik – muayyan va mazmunan boy tushuncha, chunki u ko‗p sonli xossalar, individual betakror jihatlarni o‗z ichiga oladi. Demak, voqelik olam qonunlarining zaruriyat asosida ro‗yobga chiqqan imkoniyatini, mavjud bo‗lgan narsa va hodisalarni bildiradi. Voqelik – amalga oshgan, aktuallashgan borliqni tavsiflovchi falsafiy kategoriya. Voqelik taraqqiyot davomida amalga oshgan imkoniyat bo‗lib, o‗z navbatida, yangidan- yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradigan chek-chegarasiz jarayondir. Imkoniyat va voqelik narsa, hodisa, voqealar rivojining ikki izchil darajasi, sababning oqibatga tomon harakati, tabiat, jamiyat, inson tafakkurining sababli aloqalari namoyon bo‗lishining ikki muqarrar bosqichidir. Voqelik keng va tor ma‘nolarda tushuniladi. Keng ma‘noda obyektiv olamning o‗zida mavjud bo‗lgan barcha turli-tuman narsalar, hodisalar, voqealar, jarayonlar yig‗indisi tushunilsa, tor ma‘noda ayrim narsa, hodisaning muayyan vaqt va muayyan sharoitdagi holati tushuniladi. Keng ma‘nodagi voqelik abadiy bo‗lsa, tor ma‘nodagi voqelik o‗tkinchi, vaqtinchalikdir. Voqelik borliqning mavjud holati bo‗lsa, imkoniyat esa ehtimollik bilan muqarrarlik oralig‗idagi holatdir, ya‘ni u hali aniq-ravshan voqelikka aylanmagan, ammo obyektiv olamda yuzaga kelish va rivojlanish maylini boshi-dan kechirayotgan reallikdir. Makro va mikroolamda imkoniyat va voqelik o‗z ichki qonunlari asosida biri ikkinchisiga o‗tib tursa, ijtimoiy sistemada bu aloqadorlik o‗ziga xos shaklda namoyon bo‗ladi. Chunonchi, ijtimoiy tizimlar rivojida aql sohibi — odamzot ishtirok etadi. Ayrim shaxslar va ijtimoiy guruhlar muayyan tarixiy davr hamda sharoitda aniq maqsad sari faoliyat ko‗rsatishlari uchun, jamiyat qonunlarining amal qilishini, ya‘ni imkoniyatni voqelikka aylanishining o‗ziga xos xususiyatlarini bilishlari zarur. Masalan, har bir millatning mustaqil taraqqiyot yo‗liga tushib olishi tarixiy-tadrijiy jarayon bo‗lsada, ana shu qonuniyatli jarayonni ro‗yobga chiqarish uchun shu millatga mansub ayrim shaxslar, qatlamlar va ijtimoiy guruxlarning milliy ehtiyojlarni anglashiga, imkoniyatni voqelikka o‗z vaqtida aylantira olish mahoratiga ham bog‗liq bo‗ladi. Agar tub milliy manfaatlar himoyachisi bo‗lgan shaxslar, siyosiy partiyalar va harakatlar real imkoniyat bilan mavhum imkoniyatning farqiga bormasalar, ularni bir-biriga aralashtirsalar, turli sotsial larzalarga sababchi bo‗ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling