7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Tasodif rivojlanishning tadrijiy jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan asosi va kelib
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Tasodif rivojlanishning tadrijiy jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan asosi va kelib
chiqish sababi mazkur hodisaning ichki mohiyati, muhim tomoni bilan emas, balki tashqi jarayon va aloqa, omillar bilan belgilanadigan hodisadir. Tasodif – obyektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; muayyan sharoitda bo‗lishi ham, bo‗lmasligi ham mumkin bo‗lgan narsa tasodifiy hisoblanadi. Tasodif voqelikning asosan tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar va mazkur hodisa uchun ikkinchi darajali omillar ta‘sirida paydo bo‗luvchi holatlarini aks ettiradi. Masalan, biror o‗simlik urug‗ining shu turdagi o‗simlik urug‗i bo‗lmagan joyga tushib qolishi va uning yangi sharoitda unib-o‗sishi tasodifdir. Chunki, urug‗ni bir joydan ikkinchi 127 joyga eltib qo‗yilganligi, uni avvalgiga qaraganda boshqacharoq sharoitga tushib qolganligining sababi urug‗ning o‗zida ham emas, shuningdek, uning ichki mohiyati bilan ham belgilanmaydi. Yana misol: muayyan hududdagi hosilning do‗l yog‗ishi tufayli nobud bo‗lishi, qurg‗oqchilik sababli xo‗jalikda ro‗y beradigan hosildorlikning pasayishi umumiylikni anglatmaydigan tasodif, ayrimlikdir. Binobarin, zaruriyat rivojlanish jarayonida qat‘iy izchillikda, muayyan tartib va shaklda voqea bo‗ladi. Tasodif esa ayni sharoitda ro‗y berishi ham mumkin ro‗y bermasligi ham mumkin. Ro‗y berganda ayni shu shaklda ro‗y berishi shart bo‗lmagan hodisalar munosabatining ichki tartibi bilan izchil aloqador bo‗lmagan hodisadir. Biroq zaruriyat va tasodif o‗rtasidagi mazkur ziddiyat ularning o‗zaro aloqadorlik dialektikasini inkor etmaydi. Bu aloqadorlik, avvalo, zaruriyat va tasodifni sof holda mavjud bo‗lmasdan, balki bir voqeaning bir munosabatda tasodif sifatida, ikkinchi bir holda zaruriyat sifatida ifodalanishida namoyon bo‗ladi. So‗ngra, zaruriyatning tasodifga aylanishi yoki tasodifning zaruriyat bilan almashinishi yoxud zaruriyat tasodiflar orqali o‗ziga yo‗l ochishi aniq shart-sharoitga bog‗liq. Voqealarning zaruriy jarayoni bilan bog‗liq bo‗lmagan va barcha jihatlari bilan mutlaq xarakterdagi tasodif bo‗lmaydi. Va aksincha, zaruriyatni to‗ldiradigan ifodalanish shakli hisoblangan tasodiflarsiz "sof" zaruriyatning o‗zi ham bo‗lmaydi. Tarixiy tajriba, fanning rivojlanishi jarayonida muayyan, konkret sharoitda tadqiqotchilar tomonidan biron bir kashfiyotning ochilishini misolga olaylik: ingliz olimi A.Fleming tomonidan pentsillinning kashf qilinishi, M.Shleyden va Shvann tomonidan tirik organizmlarning hujayra tuzilishidan iborat ekanining isbotlanishi, G.Gerts tomonidan yorug‗lik elektromagnit nazariyasining kashf etilishi kabi faktlar ham zaruriy, ham tasodifdir. Buning zaruriyatligi shundaki, jamiyat va ijtimoiy tafakkurning mazkur davrdagi rivojlanish darajasi, ijtimoiy ehtiyoj va talab, fan taraqqiyoti sohasida qo‗lga kiritilgan yutuqlar shunday kashfiyotlarning kashf etilishiga sharoit hamda imkoniyat yaratgan edi. Uning tasodifligi kashfiyotlarning mazkur olimlar tomonidan kashf etilishidir, holbuki, buni boshqa tadqiqotchilar ham ertami-kechmi amalga oshirishlari mumkin edi. Zaruriyat va tasodif ayrim narsa va hodisalarga nisbatan ham, voqealar tizimida ham muayyan birlik dialektikasida, aloqadorlikda mavjud bo‗ladi. Zaruriyat mazkur hodisa, jarayon va holatning barqaror, ichki, takrorlanuvchi tomonini anglatsa, tasodif uning nisbiy, o‗tkinchi, ayrim tomoni va shaklini ifodalaydi. Zaruriyatning voqealar bag‗rida yashiringanligini va u o‗ziga tasodiflar orqali yo‗l ochishga e‘tibor berib, yuzaki qaraganda, olamda tasodiflar hukm surayotgandek ko‗rinsa ham, aslida bu tasodiflar hamma vaqt ichki, yashirin qonunlarga bo‗ysungan bo‗ladi. Bunday holda tasodif mazkur zaruriyatning qo‗shimchasi va ro‗y berish formasidir. Tasodif zamirida narsaning mohiyati emas, balki unga boshqa narsalar va hodisalarning ta‘siri yotadi. Zaruriyat va tasodif tushunchalariga ta‘rif berishda odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. Shu sababli u yuz berishi yoki yuz bermasligi mumkin. Tasodif yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‗lgan narsa sifatida ta‘riflanadi. Zaruriyat va tasodifning qarama-qarshiligi – ichki va tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi omillar bilan belgilanadigan aloqa tipidir. Tasodif beqaror va vaqtinchadir, ammo u sababsiz yuz bermaydi, zaruriyat va tasodif dialektik tarzda o‗zaro bog‗liqdir: voqea bir jihatdan zaruriyat bo‗lsa, boshqa jihatdan tasodif ham bo‗ladi. Zaruriyat va tasodif bir-biriga aylanishi ham mumkin: bir sharoitda zaruriyat bo‗lgan narsa o‗zgargan boshqa bir sharoitda tasodif bo‗lishi mumkin va aksincha. Tasodif zaruriyatni to‗ldiradi, uning namoyon bo‗lish shakli hisoblanadi. Ko‗p tasodiflar orqasida hamisha obyektiv zaruriyat qonuniyati yashiringan bo‗ladi. Ilmiy va amaliy faoliyatda zaruriyat va tasodifning obyektiv dialektikasini nazarda tutish kerak. Fanning vazifasi tasodifiy voqealar orasida yashirinib yotgan ichki zaruriyatni bilishdan iboratdir. Lekin fan tasodiflarni ham inkor qila olmaydi. Tasodiflar mavjud bo‗lib, voqelik jarayonlarining oqimiga qandaydir ta‘sir 128 ko‗rsatar ekan, fan ularning ham taraqqiyotdagi rolini hisobga olishi, insonni ko‗ngilsiz tasodiflar ta‘siridan himoya qilishi lozim. Birinchidan, zaruriyat va tasodif kategoriyalari sof inson tafakkurigagina xos, tajriba jarayonida inson voqelikka kiritadigan subyektiv tushunchalar emas, balki olamga xos bo‗lgan munosabat va aloqadorlik shakllaridir. Ikkinchidan, zaruriyat va tasodif voqealar zanjiridagi shunday halqalarki, ulardan birisiz ikkinchisini tasavvur etish, biriga ortiqcha e‘tibor berib, boshqasini e‘tibordan chetda qoldirish sira mumkin emas. Bilish va amaliy faoliyatda birgina zaruriyatni tan olib, tasodifni inkor etish — fatalizmga olib kelganidek, olamda qonuniyat va zaruriyat amal qilmaydi, u faqat turli tasodiflardangina iborat deyish, gnoseologik volyuntarizmga olib keladi. Uchinchidan, zaruriyatni sababiy aloqalar, «sababiyat» tushunchasi bilan aynanlashtirish, tenglashtirish yaramaydi, tasodifni sababsizlikning oqibati deb bilish noto‗g‗ridir. Sababiy aloqalar xilma-xil bo‗lib, shart-sharoitga ko‗ra ulardan ayrimlari zaruriy hodisalarni tug‗dirsa, boshqalari (tashqi, asosiy bo‗lmagan sabablar) tasodifiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Demak, zaruriyat va tasodif, avvalo, voqelikdagi ayrim narsa, hodisalar dialektikasini xarakterlovchi, ayni paytda taraqqiyot jarayonidagi turli hodisa, jarayonlar nisbatini ifodalovchi o‗zaro munosabat hamda aloqadorlik shakllaridir. Atrofga nazar tashlar ekanmiz, tabiiyki, bir qarashda hodisalar tizimidagi qaysi bir hodisa zaruriy, qaysi biri tasodifiy ekanligini ajratish qiyin. Kuzatish, amaliy tajriba asosida hodisalarning ichki va tashqi, muhim va muhim bo‗lmagan tomon, belgilarini aniqlab borish tufayli zaruriyat hamda tasodifni umumiy aloqadorlik holatining o‗ziga xos shakllari sifatida bilish, farqlay olish mumkin. Zaruriyat va tasodif aloqadorligining yana bir muhim tomoni, vaziyatga ko‗ra, ularning o‗zaro o‗rin almashishi, ya‘ni zaruriyatning tasodifga, o‗tish holatidir. Falsafada tasodif bo‗lgan joyda zaruriyat bo‗lmaydi, zaruriyat bo‗lgan joyda tasodif bo‗lmaydi, deb hisoblash bu kategoriyalarning o‗zaro aloqadorligini ko‗rmaslik, ularning bir- biriga o‗tishini tan olmaslikdan iboratdir. Aslida zaruriyat bilan tasodifni birgalikda, bir-birini taqozo etgan holatda tekshirib o‗rganishgina bizga ilmiy haqiqatni bilishga imkon beradi. Masalan, tabiiy muhit, iqlim sharoiti ta‘sirida tirik organizmlarda ayrim belgi, xususiyatlarning paydo bo‗lishini tasodif deb, keyinchalik u belgi irsiy sifat belgilariga aylanishini zaruriyat, deb hisoblash kerak. Zaruriyat va tasodifning bunday o‗zaro aloqadorligi, bir butunligi hamda o‗zaro o‗rin almashish holati olamga xos qonunlarning xususiyati bilan belgilanadi. Ilmiy hamda amaliy faoliyatda zaruriyat va tasodif dialektikasini nazarda tutish g‗oyatda muhimdir. Inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hodisalar sistemasida zaruriy va tasodifiy aloqalarni payqay bilish, tasodiflar orasida yashiringan ichki qonuniyat, zaruriyatni ochish, olamning murakkab sirlarini bilishda undan maqsadga muvofiq foydalanishda amaliy ahamiyatga egadir. Fan tomonidan zaruriyatni bilishni asosiy maqsad qilib qo‗yilganligi, tasodiflarning rolini inkor etilayotganligini anglatmaydi. Tasodiflar ham obyektiv voqelikda amal qiladigan ma‘lum hodisalar guruhida nisbiy mustaqillik mavqeiga ega va muayyan zaruriyatning yuzaga chiqishini tezlatishi yoki sekinlatishi mumkin bo‗lgan aloqadorlik shaklidir. Turli ko‗rinishlarda amal qiluvchi tasodiflarni kuzatish va tadqiq etish, ularning ichki qonuniyatini ochish insoniyat uchun noqulay bo‗lgan holat va voqealarning oldini olish imkonini beradi. Tasodiflarni o‗rganish tabiat sirlarini chuqurroq ochish, jamiyat hodisalarini yanada to‗g‗riroq tushunish, ularni maqsadga muvofiq yo‗naltirish va boshqarishga imkon beradi. Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida tasodiflar kishilarga turlicha ta‘sir ko‗rsatgan bo‗lishi kerak. Chunonchi, ibtidoiy kishining hayoti tasodifga to‗la edi, ammo jamiyat va fan rivojlanib borishi bilan odamlar tasodiflar hukmronligidan qutula bordi. Bizning sharoitimizda amal qiladigan ba‘zi tasodiflar ob-havo noqulayliklari, qurg‗oqchilik, suv toshqinlari, zilzila singari tabiiy hodisalar bilan bog‗liqdir. Tabiiy va ijtimoiy voqelikdagi tasodiflarni o‗rganish hodisalarning zaruriy va qonuniy aloqalari mohiyatini ochishga, olam haqida to‗laroq va ilmiy haqiqatni anglashga, tasodiflar qarshisida ojiz bo‗lib qolmasdan ish ko‗rishga imkon yaratadi. 129 Tasodifni ilmiy tushunish fan va amaliyot uchun olam hodisalarini ilmiy tarzda bilish, o‗rganish uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu falsafiy kategoriyalar narsalar va hodisalarning bir-biri bilan har xil tipdagi aloqalarini aks ettiradi. Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida paydo bo‗ladimi? Yo‗q, dunyoda tasodifiy voqealar, hodisalar ham bor. Narsalar mavjudligining zaruriyligi yoki tasodifiyligi muammosi xususida ikki nuqtai nazar mavjud. Ularning biri zaruriyatni mutlaqlashtiradi: dunyoda hech qanday tasodif yo‗q, hamma narsa muqarrar tarzda yuz beradi. Bu nuqtai nazar tasodifni rad etib, fatalizmga yo‗l ochadi. Fatalizm – taqdirga, hamma narsa oldindan belgilanganiga bo‗lgan ishonch. Boshqa bir nuqtai nazar tasodifning ahamiyatini oshirib ko‗rsatadi. Bu erda, aksincha, voqelikdan har qanday ichki aloqalar, narsalarning obyektiv belgilanganligi chiqarib tashlanadi: dunyoda faqat tasodif hukm suradi. Ilmiy dunyoqarash birinchi nuqtai nazarni ham, ikkinchi nuqtai nazarni ham tan olmaydi. Zaruriyat va tasodif alohida-alohida mavjud bo‗lmaydi. Ularning o‗zaro aloqasi shundan iboratki, tasodif zaruriyatning namoyon bo‗lish shakli sifatida va uning to‗ldiruvchisi sifatida amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. Ularda bu islohotlarni yo‗lga soluvchi muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling