7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Zaruriyat va tasodif tushunchalari qadim zamonlardan beri faylasuflar e‘tiborini o‗ziga
tortib keladi. Qadimgi dunyo falsafasining Levkipp va Demokrit kabi vakillari yangi zamon falsafasining P.Golьbax, B.Spinoza kabi namoyandalari metafizik determinizm pozitsiyasida turganlari holda ana shunday qarashni ilgari surdilar. Levkipp biron-bir buyum sababsiz yuzaga kelmaydi, ammo u ma‘lum zamin, zaruriyat tufayli tug‗iladi, degan edi. Demokrit va P.Golьbax qarashida ham barcha hodisalar zaruriy bo‗lib, kishilar tabiat qonunlaridagi sababiy aloqalarning turini to‗la bilmaganliklari uchun tasodifga o‗rin beradilar, hodisalar sababi bilingan hamono tasodifiylik barham topadi, binobarin u subyektiv mazmundagi kategoriyadir, deb hisoblaganlar. Olam, undagi o‗zaro munosabat, aloqadorlikni, sababiyatni inkor etuvchi indeterministlar tabiiy va ijtimoiy olamda zaruriyat yo‗q, zaruriyat aqliy faoliyatning shakli (I. Kant), tafakkurga xos tushuncha (E. Max, K. Pirson), kishilar iroda va istagining namoyon bo‗lish natijasidir, deb hisoblaydi. XVII-XVIII asrlarda zaruriyat va tasodif talqinida tabiatda tasodif mavjud emas, degan tasavvur hukm surgan. Ingliz faylasufi T.Gobbs: «Ertaga yog‗adigan yomg‗ir zarur, ya‘ni zaruriy sabablar bilan belgilangan; lekin biz unga tasodifiy deb qaraymiz va uni shunday ataymiz, zero amalda mavjud sabablarni hali bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz ko‗ra olmaydigan narsa tasodifiy deb ataladi», deb qayd etgan. Shunga o‗xshash fikrni Golьbax ham ilgari suradi: «Tabiatda biron-bir hodisa tasodifan yuz berishi mumkin emas; hamma narsa muayyan qonunlarga bo‗ysunadi; bu qonunlar faqat muayyan oqibatlarning sabablar bilan zaruriy aloqasi hisoblanadi... Atomlarning tasodifiy birikishi haqida gapirish yoki ayrim oqibatlarni tasodif bilan bog‗lash jismlarning harakatlanishi, uchrashishi, birikishi yoki ajralishi qonunlarini bilmaslikni tan olish demakdir». Ko‗rib turganimizdek, tasodif sababi noma‘lum bo‗lgan zaruriyat sifatida talqin qilingan. Sababi aniqlangani zahoti tasodif zaruriyat sifatida namoyon bo‗ladi. Bu – mexanistik materializm talqini. Tasodif ilmiy nazariyalardan quvg‗in qilingan, u ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz omil deb hisoblangan. Tasodifning inkor etilishidan dunyoda hamma narsa zarur, degan xulosa kelib chiqadi. Mazkur yondashuvning tadrijiy oqibati o‗laroq fatalizm yuzaga keladi: nimaiki yuz bermasin, hatto ahamiyatsiz voqealar ham zarur, muqarrar bo‗lib, sabab-oqibat aloqalarining cheksiz zanjiridagi ajralmas bo‗g‗in hisoblanadi. Fatalistik tasavvur har qanday voqeani muqarrar deb biladi. XIX asr boshidagina zaruriyat va tasodifning aloqasi Gegelь dialektikasida ko‗rsatib berildi. Vaqt o‗tishi bilan ularning talqini o‗zgargan, ayrim faylasuflar tabiatda tasodifning mavjudligini istisno etgan bo‗lsa, ayrimlar uni mutlaqlashtirgan. Masalan, sinergetikada tasodif tushunchasi va uning o‗ta murakkab sistemalar o‗z-o‗zini tashkil etishidagi roli alohida, hatto ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Zaruriyat va tasodif kategoriyalari bir qator ilmiy yo‗nalishlar: biologiya, tibbiyot, huquqshunoslik, tarix va hokazolarda muhim metodologik aham iyatga egadir. Odamlar amaliy faoliyatida tasodif omili zaruriyatdan kamroq ahamiyat 126 kasb etmaydi. Ammo ularning dialektikasini, qarama-qarshilikka asoslangan birligini tushunish ayniqsa muhimdir. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling