Yakkalik, xususiylik va umumiylik. Yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari
borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi
in‘ikosi hisoblanadi. Yakkalik tushunchasi zikr etilgan kategoriyalar mazmunini ochib beruvchi
asosiy tushunchadir. Yakkalik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya‘ni borliqning nisbatan
mustaqil, sifat jihatidan muayyan parchasi. U xossalar to‗plamiga ega. Yakkalik a) narsa va
hodisalar, ularning bir-biriga o‗xshash va farq qiluvchi tomonlarini; b) olamga xos munosabat va
aloqadorlikni, olam taraqqiyotining xususiyati, uning makon va zamondagi mavjudlik
shakllariga, har bir narsa yoki hodisaning ayrim belgilari hamda o‗zaro birlikni ifodalovchi
umumiy jihatlarini ifodalaydi.
Yakkalik – faqat mazkur obyektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya.
Yakkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu nisbatan
mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan individual betakror
belgilarni ham qayd etadi.
«Yakkalik» kategoriyasi olamdagi narsa, voqea va jarayonlarga xos bo‘lgan aniq,
yagona, takrorlanmaydigan belgilar hamda xususiyatlarni aks ettiradi. Mazkur kategoriya
tabiat va ijtimoiy hayotdagi alohida narsa, hodisa, juz‘iy fakt va yagona voqea haqidagi
tushunchalarni ham bildiradi. Masalan, har bir millatga xos madaniyatning til, urf-odat, an‘ana,
milliy xarakter, psixologiya kabi belgilari ayni shu shakl va mazmunda boshqa xalqlarda, to‗la-
to‗kis takrorlanishi mumkin bo‗lmagan ayrimlikdir. Shuningdek, tibbiyotda infarkt miokardi —
yurak-tomir kasalliklari sistemasida o‗ziga xos belgi va xususiyatlariga ko‗ra ayrimlikka misol
bo‗la oladi. Yakkalik kategoriyasi moddiy olam mavjudligi va undagi munosabatlarning faqat bir
tomonini ifodalaydi, xolos. Ayrim olingan voqea, hodisa, alohida predmet va jarayonlar, ularga
102
xos belgilar bilan, ayni paytda, materiyaning konkret ko‗rinishlari, voqea va protsesslarni
o‗xshash, aynan tomonlarini bildiruvchi umumiy belgilari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |