7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Imkoniyat yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqishini ifodalovchi muayyan shart-


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Imkoniyat yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqishini ifodalovchi muayyan shart-
sharoit hamda vaziyat majmui, narsa, hodisaning ichki tabiatiga ko‘ra zaruriy ravishda 
reallashishi lozim bo‘lgan, biroq hali yuzaga chiqmagan voqelikdir. 
Hamonki ayni bir qonunlar turli sharoitlarda amal qilishi har xil natijalarga sabab bo‗lar 
ekan, u yoki bu imkoniyatning amalga oshishi uning qonunlarga muvofiqligiga ham, ularning 
amal qilish sharoitlariga ham bog‗liq bo‗ladi.
Imkoniyatlarning turlari. Real va formal, abstrakt va muayyan imkoniyatlar farqlanadi
Olam ko‗p qirrali, turli hodisalarga boy bo‗lganligi uchun ham imkoniyatning voqelikka 
aylanishi xilma-xil tarzda sodir bo‗lishi mumkin. Shunday ekan, nazariy va amaliy faoliyatda real 
imkoniyat bilan abstrakt yoki formal imkoniyatlarni ajrata bilish lozim. Real imkoniyat deb, 
voqealar rivojining tadrijiy va qonuniy natijasi sifatida, muayyan shart-sharoitda shubhasiz 
ro‗yobga chiqadigan imkoniyatga aytiladi. Biron-bir voqeaning mumkinligi uning voqelik 
qonunlariga muvofiqiligidangina emas, balki uning yuz berishi uchun sharoit mavjudligidan ham 
kelib chiqilishi real imkoniyatdir. Real imkoniyat imkoniyatni voqelikka aylantirishi mumkin 
bo‗lgan shart-sharoitlar mavjudligini anglatadi. 
Masalan, tabiatdan misol olsak: urug‗lik dondagi har bir hujayrada o‗simlikka aylanish 
imkoniyati mavjud bo‗ladi. Bu real imkoniyat bo‗lib ma‘lum shart-sharoit bo‗lsa va modda 
almashinish normal kechsa, yorug‗lik, havo harorati, namlik ta‘sirida, albatta, voqelikka aylanadi
Agar biron-bir voqeaning mumkinligi mavjud sharoitlarga bog‗liq bo‗lmagan holda, ya‘ni 
u qonunlarga zid emasligi bilangina belgilansa, bunday imkoniyat abstrakt imkoniyat deb ataladi 
(masalan, Erga o‗zga sayyoraliklar uchib kelishi mumkinligi). Abstrakt imkoniyatning 
mavjudligi uchun zarur sharoitlar tug‗ilgan (yoki yaratilgan) taqdirda u real imkoniyatga 
aylanadi. Xuddi shuningdek zarur sharoitlar yuzaga kelgan holda real imkoniyat voqelikka 
aylanadi. Ammo har qanday real imkoniyat amalga oshishi shart emas. Turli imkoniyatlarning 
amalga oshish ehtimoli har xil bo‗ladi. 
Abstrakt imkoniyat shunday imkoniyatdirki, o‗zi tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlar bilan 
bog‗liq bo‗ladi, lekin muayyan tarixiy sharoitda voqelikka aylanishi mumkin bo‗ladi ham, 
bo‗lmaydi ham. Masalan: sayyoramizning Galaktikadagi boshqa samoviy jismlar bilan 
to‗qnashib ketish ehtimoli bor. Bu hol bo‗lishi ham, bo‗lmasligi ham mumkin. 
Tasodifiy aloqa va munosabatlar bilan xarakterlanadigan, o‗zi taraqqiyot jarayonidan kelib 
chiqmaydigan va real asosga ega bo‗lmagan imkoniyat formal imkoniyat deyiladi. Ch Formal 
imkoniyat rivojlanishning tasodifiy omillari mahsulidir. unonchi, hozirgi davrda aqidaparastlar 
targ‗ib etayotgan islom xalifaligini tashkil etish g‗oyasi haqiqatdan yiroq, real voqelikka 
aylanishi mumkin bo‗lmagan holatdir. Masalan, rasman har bir fuqaro deputat, millioner yoki 
ko‗p bolali bo‗lishi mumkin. O‗z-o‗zidan ravshanki, aksariyat fuqarolar uchun bu imkoniyat 
voqelikka aylanmasligi ham mumkin. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling