7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
va bir-birini taqozo etishi g‘oyasi determinizm
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
va bir-birini taqozo etishi g‘oyasi determinizm tamoyilida o‗z aksini topadi. Bu tamoyilga
binoan tabiatda hamma narsa sababning hukmiga bo‗ysunadi. Sabab tushunchasi insonga uning rivojlanishi dastlabki bosqichlaridayoq ma‘lum bo‗lgan. Tabiiy hodisalarning kelib chiqishini tushuntiruvchi sabablarni aniqlashga bo‗lgan ilk urinishlarga mifologiyada, so‗ngra dinda duch kelish mumkin. Keyinchalik sabablarning falsafiy va ilmiy izohi yuzaga keladi. Sabab (lot. causa – sabab) shunday bir hodisaki, u boshqa bir hodisa – oqibatni bevosita belgilaydi, yuzaga keltiradi. Sabab olamning harakati va muayyan vaqt doirasida bo‗lgan o‗zgarishdan so‗ng ikkinchi boshqa bir natijaning zaruran kelib chiqishini ta‘minlovchi asosiy hodisani anglatadi. Oqibat esa hodisalar zanjirida sababning ta‘siridan vujudga keladigan yangi hodisadir, sababning natijasidir. Sabab va oqibat aloqai obyektiv xarakterga ega bo‗lib, u narsa, hodisalar orasidagi aloqalarda amal qiladi. Masalan, ming yillar davomida Er kurrasidagi iqlim sharoitining o‗zgarib borishi o‗simlik va hayvonot dunyosining o‗zgarishiga sabab bo‗ldi. Yoki qadim zamonlardan boshlab mehnat qurollarining takomillashtiriluvi mehnat unumdorligining oshishiga, ishlab chiqarishning rivojiga, pirovardida esa insoniyat taraqqiyotiga ham sabab bo‗ldi. Narsa va hodisalararo sababiy aloqalarning yana bir muhim xususiyati shundaki, ular umumiy xarakterga ega. Tabiat va ijtimoiy hayotda sababsiz birorta hodisa yoki voqea sodir bo‗lishi mumkin emas. Erning Єuyoshga nisbatan hozirgi holatda joylanishi hamda Er sharining sirt tuzilishi va uning ham Єuyosh, ham o‗z o‗qi atrofida aylanishi sayyoramizda iqlim sharoitini o‗zgarib turishiga sababdir. Binobarin, sababiyat yoki sababiy aloqalar voqelikdagi barcha narsa va hodisalarda umumiy, qonuniy, istisnosiz amal qiluvchi munosabatlardir Sababiyat. Sababiyat mohiyatini bir hodisaning boshqa hodisani yuzaga keltirishi, sababning oqibatni yaratishi tashkil etadi. Oddiy ong sababiyat jarayonini soddalashtiradi: sabab faol tomon, oqibat – passiv tomon sifatida tasavvur qilinadi, sabab oqibatdan oldin keladi. D.Yum bunday tasavvurlarni tanqid qilar ekan, - u sabablar mavjudligiga shubha qiladi, aniqrog‗i buni inkor etadi: «Bir hodisa ayrim holda boshqa hodisadan oldin kelishidan ularning biri – sabab, ikkinchisi – harakat degan xulosa chiqarish aqlga muvofiq emas. Ularning birikuvi tasodifiy bo‗lishi mumkin, balki bir hodisa yuz berganida boshqa bir hodisaning mavjudligi haqida xulosa chiqarish uchun hech qanday asos yo‗qdir. Shunga qaramay... insonni bunday xulosa chiqarishga majbur qiluvchi qandaydir tamoyil mavjud. Bu tamoyil odatdir...‖, deb qayd etadi. Sabablar mavjudligining inkorini Yum shu bilan tushuntiradiki, sababning oqibatni yuzaga keltirish jarayonini biz bevosita kuzata olmaymiz. Sabab haqida biz yuz bergan oqibatga qarab xulosa chiqaramiz, ammo bu voqea chindan ham ayrim sababning oqibatimi, degan savolga biz aniq javob bera olmaymiz, chunki sabab-oqibat aloqasi mavjudligini biz sinov yo‗li bilan hech qachon tasdiqlay olmaymiz. Hozirgi zamon fani sabab obyektlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqa bo‗lib, uning oqibatida o‗zaro aloqaga kirishgan obyektlarning ikkalasi ham o‗zgarishini aniqlash imkonini beradi deb hisoblaydi. Masalan, Erga yirik meteoritlar tushishiga ulkan ekologik falokatlar sabab bo‗lgan. Bir qarashda Er jabrlangan passiv tomon, meteorit esa – faol tomon bo‗lgan. Amalda klassik mexanika qonunlariga muvofiq Er va meteoritning to‗qnashuvi yuz bergan. Buning oqibatida 120 ikkala jismda tegishli deformatsiyalar yuzaga kelgan. Amaliyot har qanday hodisaning vujudga kelishi biron-bir omil yoki omillar bilan belgilanishini ko‗rsatadi. Demak yuz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi. Sabab ta‘sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi. Falsafa tarixida sabab va oqibat to‗g‗risida xilma-xil qarashlar shakllangan. Masalan, ba‘zi faylasuflar nazdida sabab ma‘lum shart-sharoitlar yig‗indisidangina iborat. Chunonchi, ingliz pozitivisti D. Mill: "...sabab ma‘lum oqibatning kelib chiqishini belgilaydigan ijobiy va salbiy holatlarning yig‗indisi, har xil tasodiflarning majmuidir", deydi. Bu fikrning bahsli ekanligi shundaki, sababni D. Mill ba‘zi "holatlar", "tasodif"larning mexanik yig‗indisidan iborat, deb qaraydi, sababning o‗z mohiyatiga ko‗ra, ichki, umumiy, zaruriy aloqadorlik shakli ekanligini e‘tiborga olmaydi. Sababiyatning eng sodda shakli elementar sababiy aloqadir. Bu ikki hodisa – sabab A va oqibat V o‗rtasidagi aloqa bo‗lib, unda birinchi hodisa ikkinchi hodisani yaratadi, vujudga keltiradi: A Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling