7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Falsafa tarixida mazmun va shakl kaegoriyasiga munosabat


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Falsafa tarixida mazmun va shakl kaegoriyasiga munosabat. Falsafa tarixida mazmun 
va shakl masalasiga turlicha yondashish, ularning birligi, voqelikda tutgan o‗rni, bilish 
jarayonidagi rolini har xil izohlashlar bo‗lgan. Faylasuflardan ayrimlari shakl va mazmunning 
mavjudligini inkor etsalar, boshqalari uning o‗zaro birligini anglamaganlar. Jumladan, Aristotelь 
marmardan haykal yo‗nayotgan haykaltaroshni kuzatar ekan, shakl mazmundan bo‗lak va 
mustaqil mavjud bo‗ladi, unga mazmun tashqaridan kiritiladi, shu tufayli marmar jonlanadi, 
degan xulosaga kelgan. I. Kant esa mazmun va shaklni faqat inson aqli, tafakkurining mahsuli, 
natijasi deb tushundi. F.Gegelь mazmun va shakl dialektikasini tan olgan bo‗lsa ham, lekin 
mazmun ham, shakl ham mutlaq g‗oya rivojlanishining bosqichlari, turli ko‗rinishlardagi 
ifodasidir, deb fikr yuritgan. Іozirgi zamon falsafasi vakillaridan biri, fizik olim 
E.Shredingerning fikricha, voqelikda narsalardan mustaqil shakllargina mavjud, jumladan, 
"elementar" zarralarning moddiylikka aloqasi yo‗q, ular har qachongiday, sof shakldir va olamda 
shakldan bo‗lak hech nima bo‗lishi mumkin emas. 
Mazmun va shaklning o‗zaro aloqadorlikda mavjud bo‗lishi, olamning muayyan 
tomonlarini ifodalovchi zaruriy munosabatlar birligiga asoslanadi. Mazmun va shakl olamning 
barcha sohalarida, tabiatda, mikro va makrodunyoda, ijtimoiy hayotda hamda tafakkur 
jarayonida keng amal qiladi. 
Butun va qism. O‗zaro bog‗langan soddaroq narsalardan tashkil topadigan har qanday 
predmetning murakkab tuzilishini ifodalovchi falsafiy kategoriyalarning ayrim nisbatan ajralmas 
majmuini tashkil etadi. Butun va qism olam va undagi narsalarning tarkibiy tuzilishini anglatadi. 
Butun va qismfalsafiy kategoriyalari butun narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning 
muayyan tartibda joylashgan va o‗zaro bog‗langan yagonalikning ifodasidir. Єism butun 
tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‗z vazifasi (funktsiyasi)ni bajara oladigan alohidalikdir. 
Ushbu tushunchalarning umumlashishi obyektiv olamdag‗i xilma-xillikning mohiyatan yaxlitligi 
bilan ifodalanadi. Biroq ular alohida-aloxida holatda ham voqelikdagi biron-bir reallikni idrok 
etishga imkon tug‗diradi. Obyektiv olam bepoyon bo‗lgani va u juda ko‗p nisbiy butunliklardan 
tashkil topgani uchun butun boshqa butunlikning qismi bo‗lishi, qismi esa boshqa elementlarga 
nisbatan butun vazifasini o‗tashi ham mumkin.
Masalan, Er shari o‗zi butunlik bo‗lib, bu makondagi boshqa barcha narsa, hodisa, 
jarayonlar uning qismlaridir. Єuyosh sistemasiga nisbatan Er qism bo‗lsa, Galaktikaning bir 
zarrasi — elementidir. Er sharidagi jonsiz va jonli jismlar uni tashkil etgan qism ekanligi haqida 
fikr yuritilganda, ularni kontekst (matn)dan ajratgan holda talqin etish jiddiy xatoliklarni, 
g‗ayriilmiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Chunonchi, odamzot jonli tabiatdagi yagona bir 
tur, ya‘ni bitta butunlikdir. Uning milliy (etnik), irqiy, sinfiy, diniy va boshqa tafovutlari shu 
sotsial butunlikning turlicha namoyon bo‗lishi, binobarin, ular ham biologik, ham sotsial 
mavjudot bo‗lgan odamzot turiga nisbatan qismlardir. «Butun» va «sistema», «qism» va 
«element» tushunchalaridagi umumiylik bilan birga tafovutni ham anglash muhimdir.
. Predmetni (butunni) tashkil etuvchi narsalar uning qismlari hisoblanadi. Butunni tashkil 
etuvchi qismlarni birlashtiradigan aloqa predmetga yaxlitlik baxsh etadi, ya‘ni butunga xos 
bo‗lgan, lekin uni tashkil etuvchi qismlarga ularning tarqoqlik holatiga xos bo‗lmagan integrativ 
xossalar va qonuniyatlar paydo bo‗lishiga olib keladi. Binobarin, butun o‗zini tashkil etuvchi 
qismlarning birligidir. U o‗z qismlarining o‗zaro aloqasi tufayli mavjud bo‗lib, bu aloqaning 
barqarorligi mazkur butunning tuzilishida o‗z ifodasini topadi.
Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma‘lum bo‗lgan. Butunni 
o‗rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilashda yuzaga kelgan ziddiyatlarni echish qiyinchilik 
tug‗dirgan. Ma‘lumki, Dekart o‗zining metod haqidagi mulohazalarida har qanday predmetni 
o‗rganishni bilish vazifasini echish uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo‗lsa, 
shuncha qismga ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig‗indisi deyish 
ham mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to‗g‗ri, chunki butun o‗zini tashkil etuvchi 
qismlarning oddiy yig‗indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish materiallari bir 
uyumga to‗kilsa, bino paydo bo‗lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv butunning ustunligini tan 


115 
olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni bilishdan oldin keladi. Ammo 
butunning o‗ziga xosligi uni tashkil etuvchi qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari 
ham butundan kelib chiqmaydi. Natijada qoniqarli echimini topish mushkul bo‗lgan yaxlitlik 
antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi fikrlarning har birini amaliyotdan olingan 
misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan olingan misol bilan rad etish mumkin. 
Masalan, butun qismlarning yig‗indisidir, degan qoidaga butun o‗zini tashkil etuvchi qismlar 
yig‗indisidan ko‗proqdir, degan qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo‗ladi, 
degan fikrga butun o‗zining qismlaridan oldinroq paydo bo‗ladi, chunki ularga yangi xossalar 
baxsh etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar bilish metodologiyasida ham bilishning 
qarama-qarshi mo‗ljallarida o‗z ifodasini topadi: butunni bilish uning qismlarini bilish orqali 
amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish 
mahsuli sifatida faqat butun haqidagi bilimga muvofiq anglanishi mumkin. Yaxlitlik 
jumboqlariga, xususan, quyidagi hodisa misol bo‗ladi: har bir atom yadrosining og‗irligi uning 
tarkibiy qismlari og‗irligining yig‗indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu 
hodisa massa va energiyaning ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik jumboqlari 
nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni echish butun va qismning 
aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar birligini tan olishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism 
butunga bog‗liq bo‗ladi, u butundan yangi xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko‗proq 
darajada – ular o‗rtasidagi aloqaning xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi.
Qismlar o‗rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini, uning 
yaxlitligini belgilaydi. Yaxlitlik qismlarning shunday bir aloqasiki, unda butun qismlarining 
birligini ta‘minlanadi, buning natijasida butun tizimlilik, uyushqoqlik xususiyatini kasb etadi. 
Qismlar aloqasining tipi yaxlitlik tipini belgilaydi. Aloqaning strukturaviy (tuzilishning 
aloqalari), funktsional (predmetning faoliyat usulini tavsiflovchi), genetik tiplari yaxlitlikning 
tegishli tiplarini tashkil etadi. Yaxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi: 
1. Mexanik yaxlitlik. Bu erda qismning butunga kamroq bog‗liqligi va butunning qismga 
sezilarli darajada bog‗liqligi kuzatiladi. Masalan, avtomobilь g‗ildiragi yoki ruli uning 
harakatlanishini ta‘minlovchi qismlardir, lekin ular o‗z sifatida avtomobildan qat‘iy nazar 
mavjud bo‗lishi mumkin.
2. Noorganik yaxlitlik. Bu erda qismlarning butunga bog‗liqligi ortadi, butunning qismga 
bog‗liqligi esa kamayadi. Q0ismlarning barqaror aloqasi har bir elementga o‗z xossalarini 
saqlash va nisbatan o‗zgarmas bo‗lib qolish imkonini beradi. Masalan, elektron atom tarkibida 
ham, undan tashqarida ham (harakatlanayotgan elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli 
o‗zgarishsiz qoladi.
3. Organik yaxlitlik. Organik dunyoda nafaqat qismlarning o‗zaro mosligiga, balki 
ularning subordinatsiyasiga ham duch kelish mumkin. Organik tizimlarning qismlari butundan 
tashqarida mavjud bo‗lmaydi. Tanadan uzilgan qo‗l faqat nomigagina qo‗l sanalishini Aristotelь 
qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.
Yaxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni tashkil etuvchi 
qismlarni, balki qismlar o‗rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish orqali amalga oshirilishini 
ko‗rsatadi.
Demak butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashuvi 
va o‗zaro bog‗langan yagonalikning ifodasi. qism – butun tarkibiga kiradigan, uning 
tarkibidagina o‗z vazifasi (funktsiyasi)ni bajara oladigan alohidalik.
Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H
2
O molekulalarining qismlari – vodorodning ikki 
atomi va kislorodning bir atomi. Butun o‗z qismlarining oddiy yig‗indisidan iborat emas. 
Ma‘lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‗sqinlik 
qiladi.
Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan yondashadi. Butun 
hosil bo‗lganda qismlar xossalarining yig‗indisidan iborat bo‗lmagan yangi sifat vujudga keladi; 
shunga qaramay u qismlar – ularning miqdori va o‗zaro aloqaning muayyan tipi bilan 


116 
belgilanadi. Shu sababli dialektika butunni bilish faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud 
bo‗lgan taqdirda samarali bo‗lishi mumkin va aksincha, qismlarni o‗rganish butunga doir oldingi 
bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi.
Butunning uch tipi ma‘lum: 
a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va undan 
deyarli o‗zgarmasdan chiqadi); 
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko‗rinishi o‗zgarsa; 
v) organik butun, agar qismlar o‗z-o‗zidan rivojlansa (tirik organizmlar).
"Butun-qism" munosabatlaridagi elementlarni tahlil etganda, ularning ikki turi borligini 
nazarda tutish lozim. Bular boshlang‗ich elementlar va qism elementlaridir. Boshlang‗ich 
elementlar butun tarkibida o‗ziga xos mustaqil bir butunlik sifatida namoyon bo‗lsa, qism 
elementlar faqat butundan ajralmagan holda gavdalanadi. Masalan, odam tanasi bir necha 
boshlang‗ich elementlardan tashkil topgan bir butun sistemadir: bosh miya, yurak, asab tizimi va 
boshqalar tarkibdagi mustaqil sistemalar bo‗lib, ular bir necha qism elementlardan iborat. Butun 
va qismni talqin etishda ulardan birining rolini mutlaqlashtirmaslik lozim. Chunonchi, butun 
qismlardan iborat yoki butun qismlarga nisbatan ustun deyish to‗g‗ri emas. Zero, miqdoriy 
jihatdan butun qismlar yig‗indisidan kattaroq hajmga ega. Boshqacha aytganda, qism butunsiz, 
butun esa qismsiz bo‗lmaydi. Ularni diachektik birlikda olib qarash va munosabat 
bildirilgandagina to‗g‗ri xulosalarga kelish mumkin. Ijtimoiy hayotda individ (qism) 
manfaatlarini jamiyat (butun) manfaatlaridan ustun qo‗yish ham, aksincha, jamiyat manfaatlarini 
individ manfaatlaridan ustun qo‗yish ham ijtimoiy taraqqiyot va inson kamolotiga jiddiy zarar 
etkazadi. Jamiyat va individ bir vaqtning o‗zida maqsad hamda vosita sifatida namoyon bo‗lib, 
ular bir-birlari manfaatlari uyg‗unligi sharoitidagina ravnaq topishi mumkin. Jamiyat (butun) 
individlarsiz mavjud bo‗lmagani kabi individlar (qismlar) ham jamiyat (butun)siz yashay 
olmaydi 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling