7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Sistema, element, struktura
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Sistema, element, struktura. Butun va qism kategoriyalarini sistema, struktura, element
kategoriyalari to‗ldiradi va rivojlantiradi. Butun hajm jihatidan «sistema» tushunchasiga teng. Sistema – o‗zaro bog‗langan qismlardan tarkib topgan butun tizim. Qadimgi yunon falsafasida sistema (tizim) tushunchasi borliqning tartibliligi va yaxlitligi sifatida tavsiflangan. Hozirgi talqinda sistema muayyan yaxlitlikni tashkil etuvchi qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo‗lgan elementlarning organik to‗plami sifatida tavsiflanadi. Sistema (yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir-birining o‗rtasida qonuniy aloqa yoki o‗zaro aloqa mavjud bo‗lgan muayyan elementlar yig‗indisi. Har qanday sistemaning strukturasi avvalo uning tarkibiy elementlariga bog‗liq bo‗ladi. O‗z navbatida, elementlarning xossalari ham ko‗p jihatdan o‗zlari hosil qilgan sistemaning strukturasi bilan belgilanadi. Biroq, sistema o‗z tarkibida nisbatan mustaqil butunliklarni ham qamrab oladi. So‗ngra "butun" deganda, sistemali tashkillanishdagi o‗ziga xos birlikka urg‗u berilsa, "sistema"da xilma- xillikdagi birlik tushuniladi. Agar butun qismlardan tashkil topsa, sistemaga struktura va elementlar xosdir. Єism o‗z holicha faqat butun doirasidagina ma‘lum ma‘no kasb etadi, u butunning sifat muayyanligi belgilarini o‗zida aks ettiradi va mustaqil ravishda mavjud bo‗la olmaydi. Hodisalarning makon, vaqt, sifat va miqdor jihatlarini o‗rganish asosida ularni sistemali tavsiflash imkoniyati paydo bo‗ladi. Tizimli yondashuv hodisa uning amalga oshirilgan tahlil natijasida farqlangan atributlarining sintetik birligi sifatida qaralishini nazarda tutadi. Tizim – differentsiatsiyalangan, lekin shu bilan bir vaqtda yaxlit birlik. Sistema va element tushunchalari butun va qism kategoriyalariga yaqin turadi. Ammo ular ayniy tushunchalar emas. Xususan, qism bo‗linadi, element – esa sistemaning boshqa qismlarga ajralmaydigan komponenti hisoblanadi. Shuningdek sistema butun bilan ham solishtirilishi mumkin va xuddi butun kabi, qismlarning aloqadorligi, tartibliligi va uyushqoqligi bilan tavsiflanadi. Ammo butunni o‗rganishda uning o‗ziga xos xususiyatini, sifat jihatidan muayyanligini aniqlash vazifasi birinchi o‗ringa chiqadi. 117 Sistemali yondashuv sistemalarning sifat jihatidan o‗ziga xosligidan qat‘iy nazar, ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda tutadi. Ayni shu sababli sistemalar juda keng miqyosda qo‗llaniladi. Ammo har qanday obyektni o‗rganishga nisbatan sistemali yondashuv doim ham samarali emas. Biron-bir ro‗zg‗or buyumi (qoshiq yoki choynak, yozuv daftari va sh.k.)ni sistemali o‗rganishning hojati yo‗q. Ba‘zan shunday bir «tadqiqotlar» uchraydiki, ularda sistemalar nazariyasi atamalari ishlatilgan bo‗lsa-da, ularni yaratgan soxta olimlar tavsiflanayotgan obyekt talqiniga biron-bir yangi narsa kiritmaydi. Hozirgi zamon fanida sistemali yondashuvning ikki yo‗li qo‗llaniladi: birinchi – sistemalar tushunchasini muayyan tarzda formallashtirish va ularning fan tilida tavsiflanadigan umumiy belgilarini aniqlash; ikkinchi – muayyan sistemalarning tipologik tahlilidan foydalanish kabilardir Sistemaning har bir qismi ham tizim («kichik tizim») sifatida qaralishi mumkin. Ammo qismlar yanada kichikroq qismlarga ajartilganda oxir-oqibatda tizimning eng sodda, bilishning mazkur darajasida boshqa bo‗linmaydigan qismlari – elementlar olinadi. Element –(lot. elementum – birlamchi modda) – butunning nisbatan bo‗linmas qismi. Qism tushunchasi o‗z hajmiga ko‗ra «element» tushunchasidan kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo‗linmas qism. Bunda «qism» butun tushunchasi bilan, «element» esa – struktura tushunchasi bilan munosabatga kirishadi. Element narsaning boshqa bo‗linmaydigan zarrasini anglatuvchi kategoriya. Xususan, modda atomlardan tashkil topadi va atomlar moddaning elementlari hisoblanadi. Ammo bizga ma‘lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? Shuning uchunki, elementar zarralar moddaning emas, balki turli-tuman maydonlarning elementlari hisoblanadi. Element qismdan farqli o‗laroq, har qanday sistemaning muayyan tarkibiy qismi bo‗lib, materiya rivoji tashkillanish darajasining nisbatan navbatdagi quyiroq darajasiga o‗tish chegarasini anglatadi. Element sistemaga nisbatan har doim boshqa sifatdagi obyekt ham bo‗la oladi. Masalan, xozirgi rivojlangan mamlakatlardagi davlat tuzilishi sistemasi nisbatan mustaqil harakat qiluvchi to‗rt element (hokimiyat)dan tashkil topadi: qonun chiqaruvchi organ, ijroiya organi, sud organi va ommaviy axborot vositalari. Davlat sistemasi doirasida, bir-birining ishlariga aralashmay, faqat o‗ziga xos funktsiyalarni bajarganlari takdirdagina bunday davlat sistemasi hayotiy, ta‘sirli va qudratli bo‗ladi. Mabodo o‗sha to‗rt elementga bir butunning tarkibiy qismlari sifatida qaralsa va munosabat bildirilsa, ularning samarali ishlashiga jiddiy putur etadi. Elementlar sifatida narsalar, jarayonlar, xossalar, kattaliklar va hodisalarning boshqa har qanday xususiyatlari amal qilishi mumkin. Elementlar o‗rtasidagi munosabatlar yig‗indisi tizimning strukturasini tashkil etadi. Hamonki narsalar va jarayonlarni turli usulda qismlarga ajratish mumkin ekan, ular strukturalarning rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Hodisalarni o‗rganishga nisbatan tizimli-strukturaviy yondashilganda «yaxlitlik effekti»ni e‘tiborga olish lozim: butun doimo uning qismlari yig‗indisidan kattaroq narsadir. Ayni hol u tashkillashtirilgani, ya‘ni tizim elementlarini bir butunga birlashtiradigan tizim yaratuvchi, tartibga soluvchi aloqalarning mavjudligi bilan izohlanadi. Bu aloqalar qancha kuchli bo‗lsa, tizimning yaxlitlik darajasi shuncha katta bo‗ladi. Tizimlarni o‗rganishda ularning xossalarini ularning qismlari xossalariga bog‗lash mumkin emasligini hisobga olishni talab etuvchi yaxlitlik tamoyili tizimli yondashuvning asosiy tamoyillaridan biridir. Narsalar va jarayonlarni harakatdagi tizimlar sifatida o‗rganish ikki jihatni farqlash imkonini beradi. 1. Tizimda yuz berayotgan elementlar va strukturaning o‗zgarishlari bir-birining o‗rnini shunday to‗ldiradiki, tizimning o‗zi o‗zgarishsiz qoladi yoki tsiklli o‗zgaradi, ya‘ni muntazam ravishda ayni bir holatga qaytadi. Bu statsionar tizimlar deb ataladi. Ularga, masalan, gomeostatik tizimlar, tebratuvchi (ostsillyatsiya qiluvchi) tizimlar – o‗zgaruvchan yulduzlar, ishlayotgan yurak va shu kabilar kiradi. 2. Elementlar va strukturaning o‗zgarishi natijasida tizimda orqaga qaytarib bo‗lmaydigan sifat o‗zgarishlari yuz beradi. Pirovardida tizim o‗zining dastlabki holatidan butunlay boshqacha 118 shakl-shamoyil va mazmun kasb etadi. Bu nostatsionar yoki evolyutsiya qiluvchi tizimlar deb ataladi. Ularni biz o‗z atrofimizda ko‗p kuzatamiz: bular yuluzlar, sayyoralar, geologik tuzilmalar, jonli organizmlar va h.k. Berk (tashqi muhit bilan o‗zaro aloqa qilmaydigan) tizimlar statsionar holatga evolyutsiya qiladi. Bu holat zarralarning tartibsiz harakati bilan tavsiflanadi va turg‗un hisoblanadi, chunki bunday harakat natijasida u o‗zgarmaydi. Ammo mutlaqo berk tizimlar tabiatda mavjud emas. Amalda mavjud bo‗lgan tizimlarning barchasi ochiqdir. Statsionar va evolyutsiya qiluvchi ochiq tizimlar o‗rtasidagi farq nisbiydir. U ko‗p jihatdan kuzatish vaqtiga bog‗liq. Masalan,quyosh sistemasi yoki bizning Galaktika statsionar deb tasavvur qilinadi, chunki ularda yuz beruvchi o‗zgarishlar inson hayoti va hatto insoniyatning mavjudlik davri bilan taqqoslaganda juda sust kechadi. Ammo millionlab va milliardlab yillar ichida bu sistemalarda orqaga qaytarib bo‗lmaydigan o‗zgarishlar baribir yuz beradi. Yoki boshqa bir misol. Hozirgi zamon kosmologiyasida Metagalaktika (bizni qurshagan barcha astronomik obyektlarni qamrab olgan kosmik sistema) nostatsionar sistema sifatida qaraladi; taxminan 20 mlrd yil oldin o‗ta zich jismning portlashi natijasida vujudga kelgan bu sistema shundan beri tinimsiz kengayib bormoqda. Ammo vaqt o‗tishi bilan kengayish siqilishga o‗tishi va Metagalaktika «pulьsatsiya qiluvchi» statsionar sistemaga aylanishi mumkin. Biz tizimni kuzatayotgan davr mobaynida unda yuz bergan orqaga qaytarib bo‗lmaydigan o‗zgarishlar ularni e‘tiborga olmaslik mumkin bo‗lgan darajada oz bo‗lgan taqdirda biz odatda ularni mavhumlashtiramiz va tizimni statsionar deb hisoblaymiz. Shu sababli barcha obyektlar pirovard natijada evolyutsiya qiluvchi tizimlar hisoblanadi (garchi uzoq vaqt mobaynida deyarli o‗zgarishsiz statsionar holatda bo‗lishi mumkin bo‗lsa ham). Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling