7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistemalarning o‘ziga xos xususiyatlari
- Sistemalarning tiplari.
- Sabab va oqibat
- . Hodisalarning umumiy o‘zaro bog‘liqligi
Struktura – (lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib) – narsalar va hodisalarning tarkibiy
qismlari o‗rtasidagi qonuniy aloqa usuli. Struktura sistemaning tuzilishi va ichki shakli, mazkur sistema elementlari o‗rtasidagi barqaror o‗zaro aloqalarning birligi. Sistemalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Sistemalarning muhim umumiy xususiyatlari sistemali yondashuvning bir qancha tamoyillarini ta‘riflash imkonini beradi. Birinchi – yaxlitlik tamoyili. Har qanday sistema ko‗p sonli elementlardan tashkil topadi, lekin ularning yig‗indisiga bog‗liq emas. Ikkinchi tamoyil – sistemali tuzilishining ierarxiyaviyligi: sistemaning har bir elementi murakkab tuzilishga ega bo‗lib, nisbatan mustaqil sistema sifatida qaraladi. Ayni vaqtda o‗rganilayotgan sistema murakkabroq sistema tarkibiga uning elementlaridan biri sifatida kiradi. Uchinchi tamoyil – sistemani tashkil etuvchi elementlar bir-biri bilan muayyan munosabatlarga kirishadi. Ularning orasida eng muhimlari sistema tashkil etuvchi, sistemaning yaxlitligini ta‘minlovchi elementlardir. Sistemani o‗rganish strukturaviy va funktsional yondashuvlardan foydalanishni nazarda tutadi. Strukturaviy yondashuv sistemani uning tuzilishi va shakli nuqtai nazaridan o‗rganish imkonini beradi. Funktsional yondashuv esa, sistemaning xulq-atvori va boshqa sistemalar bilan o‗zaro aloqalarini tadqiq etish uchun imkoniyat yaratadi. Sistemalarning o‗zaro aloqasi kauzal, aniq belgilangan va statistik, ya‘ni ehtimol tutilgan bo‗lishi mumkin. Sistemaning muhitdagi xulq-atvori aktiv va reaktiv bo‗lishi mumkin. Sistemaning aktiv xulq- atvori maqsadlar nuqtai nazaridan tavsiflanishi mumkin. Sistemalarning tiplari. Sistemalarning umumiy belgilari bilan bir qatorda, muayyan tiplari faqat o‗zigagina xos bo‗lgan tipologik belgilarga egadir. Masalan, belgilar sistemalarini o‗rganish bilan ilmiy bilimning alohida sohasi – semiotika shug‗ullanadi. U bizning til haqidagi, madaniyat turli tillarining o‗xshash jihatlari va farqlari haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada boyitadi. Kibernetika boshqaruvchi sistemalar xulq-atvorini o‗rganadiki, bu oqilona asoslangan boshqaruv sistemalarini yaratish imkonini beradi. O‗yinlar nazariyasi bizning konfliktlashayotgan sistemalar haqidagi tasavvurimizni ancha kengaytiradi, sinergetika esa o‗ta murakkab sistemalar xulq-atvorining qonuniyatlarini aniqlaydi. Shunday qilib, sistema, element va struktura kategoriyalari fan va falsafani yanada boyitib, muhim metodologik vazifani bajaradi. 119 Elementlari va strukturasining xususiyatiga ko‗ra sistemalarning har xil turlari farqlanadi. Obyektiv borliqda mavjud bo‗lgan moddiy sistemalarni va obyektiv borliqning inson ongidagi in‘ikosi hisoblangan ideal sistemalarni farqlash ayniqsa keng tarqalgan. Elementlari va aloqalarining soniga ko‗ra sodda va murakkab sistemalar farqlanadi. Sabab va oqibat olamdagi narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi, ta‘siri va aks ta‘sirini, voqelikka xos ana shunday munosabatlar jarayonidagi sabab hamda oqibat aloqaini ifodalaydigan kategoriyalardir. Qanday voqea yuz bermasin, barchasining o‗z sababi bor, degan edi Ibn Sino. To‗g‗ri olingan yo‗l yo‗lovchini tekisliklar orqali mo‗ljallangan manzilga olib keladi, xato va beparvolik uni sahroga olib boradi va halokatga giriftor etadi. Hodisalarning umumiy o‘zaro bog‘liqligi Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling