7- mavzu: Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olish Reja
Globallashuv jarayonlarining ijobiy natijalari
Download 19.49 Kb.
|
7- mavzu Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldin
Globallashuv jarayonlarining ijobiy natijalari
va salbiy oqibatlari. Ushbu mavzuni yoritishda falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilmlardan biri ekanligiga, falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos tushuncha ekanligiga, u olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo`qlik kabi ko`plab muammolar haqidagi fan ekanligiga e'tiborni qaratish lozim. «Falsafa» atamasi yunoncha «filosofiya» so`zidan olingan bo`lib, «donishmandlikni sevish» ma'nosida ishlatiladi. Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy maslalar bilan shug`ullanishidan qat'iy nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to`g`risidagi ilm hisoblangan. Shu ma'noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o`rni haqidagi qarashlar tizimi ekanligini talabalar anglab etishlari zarur bo`ladi. Shu bilan birga talabalar bir narsani yaxshi anglashlari zarur bo`ladiki, u ham bo`lsa falsafa fanining birinchi bo`lib, sharqda paydo bo`lganligini, ya'ni falsafa fanining vatani Osiyo ekanligini anglab etishlari zarur, holbuki «filosofiya» yunonchadan olingan bo`lsada, bu falsafaning vatani Yunoniston, ya'ni Evropa emasligini anglab etishlari muhimdir. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan. Masalan, Abu Nasr Forobiyning «filosofiya» so`zini «hikmatni qadrlash», deb talqin etganligiga talabalar e'tiborini qaratish zarur bo`ladi. Shu bilan bir narsani anglab etish lozimki, falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo`lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarini tanqidiy baholashni taqazo etadi. Bu 12 ham bo`lsa tanqidiy yondoshuv va vorislik fasafaning muhim xususiyatlaridan ekanligini anglashdir. Har bir falsafiy g`oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o`z davri xususiyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun Aflotun, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqalar o’z davri ruhidan kelib chiqib falsafiy g’oyalarni ilgari surganlar. Bir vaqtlar falsafa «fanlarning fani» mavqeini olganligiga e'tiborni qaratib, talabalarga shuni ta'kidlash lozimki, falsafa hech qachon da'vogar bo`lmagan. Gap shundaki, fanlar klassifikatsiyasiga ko`ra, xususiy va umumiy fanlarga bo`linadi. Barcha fanlar xususiy fanlar yoki spetsifik fanlar deb ataladi. Falsafa esa, umumiy fanlar majmuasini tashkil etadi. Shuning uchun falsafa fani barcha fanlar uchun metodologik asos rolini bajaradi. Demak, falsafa fani tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o`rganadi. Shu jihatdan olganda, falsafa fani barcha fanlar, xususan ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan dialektik birlik va aloqadorlikdadir. Ijtimoiy - gumanitar fanlarsiz falsafani to`liq tushunib bo`lmaganidek falsafasiz ham bu fanlar taraqqiyotini bilish, tushunib etish mumkin emas. Falsafaning boshqa fanlarga ta'sirini bilmoq uchun, metodologiya sifatidagi ahamiyatini anglamoq uchun dunyoqarash tushunchasining mohiyatini anglamoq zarur. Dunyoqarash - kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va tizimlaridan iborat. Dunyoqarash ayrim kishilar, ijtimoiy guruh, sinf yoki umuman jamiyatining faoliyati yo`nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi. Dunyoqarash o`zining tub mohiyatiga ko`ra mifologik, diniy, falsafiy turlarga bo`linadi. Mifologiya - kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichida bo`lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Voqelikni bilishning, dunyoga qarashning o`ziga xos usuli bo`lgan mifning xususiyati shuki, hamma narsa va hodisalar unda bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko`chirish mumkin bo`ladi. Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida jonlantirib tasvirlab ko`rsatishga asoslangan. Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga osonlik bilan ko`chirilganligi sababli u xayolga keng maydon ochib beradi va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qg`anday o`zgarishlar qilishi va jasoratlar ko`rsatish mumkin bo`ladi. Har qanday mifologiya tabiat kuchlarini tasavvurida va tasavvur yordamida engadi, o`ziga bo`ysundiradi va shakllantiradi. Download 19.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling