7- mavzu. Hayot sug’urtasi (2 soat)


Download 31.45 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi31.45 Kb.
#1384202
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Ma\'ruza

7.2. Hayot sug’urtasi turlari
Oila daromadlarini sug'urta qildirish Sug'urta qoplamining ushbu turi, o'z nomidan ko'rinib turibdiki, boquvchini yo'qotish holatlarida oila uchun daromadni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Sug'urta summasi oila boquvchisi vafot etgan paytdan boshlab to shartnoma yakunlangunga qadar qismlab to'lab boriladi. Ba'zida joriy qiymat yoki kelishib olingan summa qismlab to'lash o'rniga boquvchi vafot etishi bilan bir martada toʻlanishi mumkin.
Bu muddatli sug'urta qildirishning nisbatan arzon varianti hisoblanadi, chunki sug'urta qildiruvchi qanchalik uzoq yashasa, u o'lgan taqdirda shunchalik kam pul to'lash zarur bo'ladi.
Polislarning ushbu turi, ehtimol, boqimandalarni himoya qilish uchun eng to'g'ri keladi, lekin bu polislarni xarid qilish ham VICH- infeksiya va OITS keng tarqalib ketganligi tufayli oxirgi paytlarda qiyinlashgan.


Umrbod polislar
Umrbod polislarni ikkita asosiy jihat ajratib turadi:
Polis bo'yicha sug'urta summasi sug'urta qildiruvchi shaxs o'lganidan so'ng to'lanadi; sug'urta mukofotlari muddatli sug'urta holatidan ko'ra yuqor boʻladi, chunki da'vo albatta o'ringa ega bo'ladi. Bu doimiy polislar bo'lib, yakunlanish muddati bilan chegaralanmaydi va ushbu polis bo'yicha baribir pul to'lanishi sababli u ssuda uchun durustgina ta'minot bo'lib xizmat qilishi mumkin. Umrbod polislarning bir necha xil turlari mavjud.
Daromadsiz umrbod polislar Daromadsiz umrbod polislar uchun quyidagilar xosdir: amal qilish muddati davomida sug'urta mukofotlari to'lab borilishi.
Ayrim polislarda 80 yoki 85 yoshdan keyin sug'urta mukofotlari to'lash ko'zda tutilmaydi, lekin agar bunday polisni shu yoshda xarid qilinadigan bo'lsa, sug'urta mukofotlari unchalik yuqori bo'lmaydi, chunki ular qisqa vaqt davomida to'lanish ehtimoli katta.
Daromadli umrbod polislar
Polislarning ushbu turi daromadsiz umrbod polislarga o'xshab ketadi va faqatgina polisda kelishib olingan va sug'urta qildiruvchi o'lganida to'lanadigan qo'shimcha bonuslar bilan farq qiladi. Sug'urta mukofotlari shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida to'lanishi yoki u 80-85 yoshga yetganda to'xtatilishi mumkin.
Arzon umrbod polislar
Polislaming ushbu turida o'lim holatida kafolatlangan sug'urta summasi, lekin polisning amal qilish davri davomida bonuslar hisobiga yildan-yilga o'sib boradigan va nihoyat, belgilangan paytga kelib kafolatlangan sug'urta summasiga yetadigan va undan ortib ham ketib ketadigan bazaviy sug'urta summasi kichikroq bo'lishini ko'zda tutadi. O'lim holatida sug'urta to'lovi o'lim ro'y bergan paytga kelib to'plangan katta summadan kelib chiqib belgilanadi. Sug'urta mukofotlari oddiy daromadli umrbod polislar bo'yicha sug'urta mukofotidan kamdir.
Qolgan umrni sug'urta qildirish polislari Polislaning yana bir asosiy turi qolgan ummi sug'urta qildirish polislari hisoblanadi.
Ularning asosiy xususiyatlari quyidagicha: sug'urta summasi polis amal qilishi yakun topadigan oldindan kelishib olingan sanada yoki sug'urta qildiruvchining o'limi undan oldinroq ro'y bergan paytda to'lanadi;

Download 31.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling