7- mavzu. Hayot sug’urtasi (2 soat)


Hayotni sug'urta qildirish bo'yicha asosiy polis turlari


Download 31.45 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi31.45 Kb.
#1384202
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Ma\'ruza

Hayotni sug'urta qildirish bo'yicha asosiy polis turlari
Odatda odamlar yoki oila a'zolarini o'zining bevaqt o'limidan himoya qilish uchun, yoki kelajakda belgilangan moliyaviy vazifalarni bajarish uchun investitsiyalar sifatida hayotni sug'urta qildirish haqida
Muddatli sug'urta odatda belgilangan muddat davomida oʻlim holati ro'y berishidan himoya qilish uchun foydalaniladi va shu muddatga shartnoma tuziladi. Agar ushbu vaqt muddati davomida oʻlim holati ro'y bermasa, hech qanday to'lov amalga oshirilmaydi va sug'urta qildiruvchi kiritilgan mukofot pulini qaytarib olmaydi. Shu sababdan sug'urta mukofotlari juda past bo'lishi mumkin, chunki ular o'lim bo'yicha da'volamni qoplashga to'liq ketadi va agarda shartnomaning amal qilish muddati tugagan paytga kelib, sug'urta qildiruvchi tirik bo'lgan hollarda qaytarilmaydi.
Umrbod sug'urta qildirish asosan u taqdim etadigan himoya uchun foydalaniladi. Sug'urta summasi sug'urta qildirgan shaxsning o'limi bilan to'lanadi. Bunday shartnomalar uzoq muddatli boʻlishi sababli, ular investitsion tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi va shartnoma amal qilishining ma'lum bir bosqichida polis daromad keltira boshlaydi (muddatli sug'urtadan farqli ravishda). Bunday polislar joriy qiymatga (qayta sotib olish summasi) ega bo'lib, odatda bu sug'urta mukofotlari toʻlangan dastlabki ikki-uch yildan soʻg ro'y beradi.
Qolgan umrni investitsion shartnomalarga o'xshab ketadi. Qolgan umrni sug'urta qildirish polislarida kelajakda belgilangan vaqt mahalida yoki shu muddat tugagunga qadar o'lim holati ro'y berganda sug'urta summasi to'lanishi ko'zda tutiladi. Ular uchun, xuddi umrbod sug'urta polislari kabi, qayta sotib olish summasi mavjud boʻladi.
Investitsion polislar
Sug'urta qiluvchining nuqtai nazaridan, muddatli sug'urtada investitsion element umuman mavjud emas. Bu polislar faqat himoya uchun mo'ljallangan va sug'urta qoplami cheklangan muddatda amal qilishi sababli hayotni sug'urta qildirish bo'yicha kompaniyadan to'lov muqarrar sanalmaydi.
Daromadli polislar turi sug'urta qildiruvchiga sug'urta Polislarning ushbu kompaniyasi oladigan foydani taqsimlashda ishtirok etishga imkon beradi. Hayotni sug'urta qildirish bo'yicha kompaniya har yili o'z aktivlari va majburiyatlarini baholaydi va sug'urta summasiga qo'shimcha sifatida olingan barcha foydadan bonus yoki mukofot hisoblab chiqadi. Bu qo'shimcha to'lovlar sug'urta qildiruvchining o'limi yoki polis bo'yicha to'lov muddati kelmagunga qadar olinishi mumkin emas.
Amaliyotda bonus to'lovlarining turli xil variantlari uchraydi, lekin mazkur darslikda shuni ta'kidlash kifoyaki, ular odatda har yili sug'urta summalaridan foiz shaklida belgilanadi. Bu bonuslar yoki sug'urta summasidan, yoki ilgari hisoblangan bonuslarni hisobga olgan holda sug'urta summasidan hisoblab chiqilishi mumkin.
Hayotni sug'urta qilish bo'yicha kompaniya qo'shimcha ravishda yakuniy bonus» tayinlashi mumkin boʻlib, u faqat sug'urta qildiruvchining o'limi yoki polis bo'yicha to'lov muddati kelgan holdagina to'lanadi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, qolgan ummi sug'urta qildirish polislari va umrbod sug'urta polislari qayta sotib olish summasiga ega, shu sababli bu polislar bo'yicha bonuslar hisoblab chiqiladi, lekin ular kamroq boʻladi va odatda ular uchun yakuniy bonus foydalanilmaydi.
Pirovardida daromadli polislar quyidagilarni ta'minlaydi; kelishilgan muddat kelgan yoki o'lim holati ro'y berganda kafolatlangan summa, yillik bonuslar, kelishilgan muddat kelgan yoki o'lim holati ro'y berganda qo'shiladigan yakuniy bonus, qayta xarid qilish summasi, jumladan, yillik bonuslarning ma'lum bir qismi.
bir xil bo'lgan daromadsiz polislardan yuqori bo'ladi va bu ular Daromadli polislar bo'yicha mukofotlar odatda sug'urta summasi keltiradigan qo'shimcha daromadlarni aks ettiradi.

Download 31.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling