7- mavzu. Hayot sug’urtasi (2 soat)


Hayotni sug'urta qildirish


Download 31.45 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi31.45 Kb.
#1384202
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Ma\'ruza

Hayotni sug'urta qildirish
Hayotni sug'urta qildirish bo'yicha polislar, nomidan ko'rinib turganidek, sug'urta qildirgan muayyan shaxsning hayotiga asoslanadi va bu shaxs vafot etgan taqdirda to'lovlar bu polislar bo'yicha amalga oshiriladi. Muzokaralarning boshidayoq sug'urta qildiruvchining ismini aniqlab olish va polisning davom etish muddati davomida uning o'lish ehtiyojini baholash zarur. Polis asosida belgilangan harakatlarni amalga oshiradigan va polisning birlamchi sohibi bo'lgan shaxs sug'urta qildirgan shaxs deb ataladi.
Polislar quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin: -o'z hayotini sug'urta qildirish polislari, bunda sug'urta qildiruvchi va uning hayoti polis bo'yicha himoya qilingan shaxs bir kishi hisoblanadi. Masalan, boqimandalarni o'zining kutilmagan o'limida ta'minlash maqsadida boquvchi bunday polis xarid qilishi mumkin. Polislarning katta qismi shu guruhga kiradi;
uchinchi shaxsning hayotini sug'urta qildirish polislari, ular bo'yicha polis ushbu uchinchi shaxsning hayotidan sug'urta manfaati mavjudligi shartida sug'urta qildiruvchidan farq qiladigan shaxs hayotini himoya qiladi. Masalan, moddiy qaram shaxs o'z boquvchisining hayotini himoya qilish uchun bunday polis xarid qilishi mumkin.


Hayotni birgalikda sug'urta qildirish
Sug'urta qoplamasining boshqa shakli ikkita sug'urta qildiruvchi tomonidan foydalanilishi mumkin va odatda oila juftliklarini sug'urta qildirishda foydalaniladi. Nazariyada sug'urta manfaati mavjudligi shartida bundan ko'proq sonli sug'urta qildiruvchilar boʻlishiga ham yo'l qo'yiladi. Hayotni birgalikda sug'urta qildirishning bu turlari odatda birinchi o'limga yoki ikkinchi o'limga asoslanadi.
«birinchi o'lim bo'yicha» hayotni birgalikda sug'urta qildirish polisi sug'urta qildirgan ikki shaxsdan birining o'limidan so'ng sug'urta to'lovlari to'lanishini ko'zda tutadi. Birinchi o'lim bo'yicha hayotni birgalikda sug'urta qildirish va oilaviy daromadlarni sug'urta qildirish odatda oila manfaatlarini himoya qilish uchun foydalaniladi, ««ikkinchi o'lim bo'yicha» hayotni birgalikda sug'urta qildirish polisi (ba'zida oxirgi tirik qolganni sug'urta qildirish polisi deb ham ataladi) ko'pincha meros solig'ining katta ekanligidan himoya qilish chorasi sifatida, ba'zida esa investitsiya tariqasida foydalaniladi.
«Birinchi o'lim bo'yicha» hayotni birgalikda sug'urta qildirish polisi ikkinchi o'lim bo'yicha» sug'urta qildirishdan qimmatroq, chunki to'lov da'vosi qisqa vaqt ichida qondiriladi, shunday ekan, sug'urta mukofoti kiritish muddati kamroq bo'ladi, investitsion daromad esa to'lov muddati keyinroq keladigan «ikkinchi o'lim bo'yicha polislari bilan taqqoslaganda kamroq boʻladi.



Download 31.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling