7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi


Biologizatorlik yoki naturalistik yondashuv


Download 109.6 Kb.
bet17/25
Sana06.04.2023
Hajmi109.6 Kb.
#1330444
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
7 мавзу Жамият ва инсон фалсафаси

1. Biologizatorlik yoki naturalistik yondashuv. Bu yondashuv tarafdorlarining fikricha, insonning mohiyati - bu uning tabiiy asosi bo‘lmish biologik jismlar va insonning tirikligini ta’minlovchi har xil organlarning xususiyatlaridan iboratdir. Bunda insonning mohiyatini belgilovchi ijtimoiy va ma’naviy jihatlar qarab chiqilmasdan, faqat biologik jihatlar asos qilib olinadi. Bunday qarashlarni hind falsafasi chorvak maktabining, yangi dunyo Yevropa faylasuflari J.Lametri (mexanitsizm), T.Gobbs (mexanitsizm), L.Feyerbax va boshqalar izdoshlari yoqlab chiqdilar.
2. Teologik yondoshuv. Bu Yerda insonning mohiyati «jon» masalasiga bog‘lab tushuntiriladi. U biologik jism ­- tanaga qarama qarshi qo‘yiladi va inson mohiyatning ijtimoiy jihati bu yerda odatdagiday qarab chiqilmaydi. Inson ruh (ilohiy asos), jon (ilohiy asosning aks ettirilishi, odamning «men»ligi, uning ongi), jismi (tabiiy asos) uyg‘unligi sifatida tushuniladi.
3. Sotsiologizatorlik yondoshuv. Bu yerda inson mohiyati ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida qaraladi. Inson mohiyatining ma’naviy jihati ijtimoiy jihatga o‘xshatiladi va insonning biologik tabiatiga bog‘liq holda qo‘yiladi. Inson ijtimoiy munosabatlarga qo‘shilgan aqlli biologik mavjudot sifatida tushuniladi va inson mohiyatining shakllanishi, rivojlanishi butunlay ularga bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblanadi. Bu nuqtai nazar nemis faylasuf-materialisti K.Marks va uning ko‘p sonni izdoshlariga tegishlidir.
Bu uchta yondoshuvda boshqalar zarariga, inson mohiyatining jihatlaridan biriga (biologik, ma’naviy yoki ijtimoiy) haddan tashqari e’tibor qaratilganligini kuzatish mumkin. Shunday ekan, qayd qilingan yondashuvlar bir tomonlamadir. Hozirgi kunda inson mohiyatining har xil jihatlarini birlashtiradigan, sotsiokosmik yondashuv eng qiziqarli bo‘lib ko‘rinmoqda.
4. Sotsiokosmik yondashuv. Bu yerda inson mohiyatining uchta jihati – ma’naviy, ijtimoiy, biologik tomonlari bor deb taxmin qilinadi. Ma’naviy yoki kosmik jihat insonning ma’naviy mohiyati bilan bog‘liq. Ijtimoiy jihat madaniy ta’sir natijasida jamiyatda shakllangan inson shaxsiga bog‘liq. Biologik yoki moddiy jihat insonning biologik jismi va tabiiy (tug‘ma, sezgi) intilishlariga bog‘liq.

Download 109.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling