7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi


Download 109.6 Kb.
bet14/25
Sana06.04.2023
Hajmi109.6 Kb.
#1330444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
7 мавзу Жамият ва инсон фалсафаси

4-savol bayoni: Инсон кўплаб фанлар ўрганадиган предметдир. Биология уни Homo sapiens тури сифатида қарайди. Педагогика учун у тарбия объекти, социология учун - турли муносабатлар субъекти, культурология учун - маданиятнинг объекти ва субъекти, иқтисодий назария учун - асосий ишлаб чиқариш кучи ва ҳоказо.
Табиий фанлар орасида анъанавий (биология, антропология, медицина ва бошқалар) билан бир қаторда нисбатан янги фанлар (олий нерв тизими фаолияти физиологияси, соматология, сексология ва ҳока­зо) пайдо бўлди. Ижтимоий билим соҳасида ҳам «эски» фанлар (психология, социология, тилшунослик, этика) қаторида «янги» фанлар (аксиология, герменевтика) кабилар фаолият кўрсатишади.
ХХ асрда илмий билимнинг шиддатли ривожи, параллел тарзда борувчи фанларнинг фаол дифференциацияси ва интеграцияси табиий-илмий ва ижтимоий фанлар чегарасида бир қатор янги фанларнинг: биоэтика ва тиббиёт этикаси, социобиология, психофизиология ва бошқаларнинг юзага келишига сабаб бўлди. Бу ҳол фалсафанинг инсон муаммоларини кўриб чиқишдаги методологик роли ҳақидаги масалани янада долзарб этиб қўяди.
Биз юқорида айтиб ўтганимиздек, инсон кўп фанлар томонидан предмет сифатида қаралади, шу сабабли бизнинг олдимизда муҳим бир вазифа – инсон муаммосининг айнан фалсафий аспектларини очиб бериш туради.
Инсон муаммосининг фалсафага оид масалалари деб қуйида­ги­ларни ҳисоблаш мумкин: а) инсон моҳияти; б) инсонда ижтимоийлик ва биологик (табиийлик)нинг нисбати; в) шахснинг эркинлиги; г) инсоннинг мавжуд бўлиши (борлиғи) ва моҳиятининг диалектикаси; д) инсон ҳаётининг мақсад ва маъноси.
Aslida falsafa inson muammosini o‘rganar ekan, u eng avvalo, insonni borliqning o‘ziga xos bir shakli sifatida olib, uni eng murakkab borliq sifatida, uning o‘ziga xos eng muhim tomonlari, xususiyatlarini, uni borliqning boshqa shakllari va ko‘rinishlari bilan o‘zaro bog‘lanishlarini, aloqadorlik tomonlarini hamda ulardan tub farqlarini qarab chiqishi lozim. Shu sababli faylasuflar qadimdan boshlab insonning o‘ziga xos muhim, boshqa barcha tirik mavjudotlardan farq qildiruvchi xususiyati deb, uning aqlini tushunganlar. Shu tufayli ular insonni dastlab o‘z asarlarida «aqlli mavjudot», «aqlli hayvon» deb ta’riflaganlar. Keyinchalik jamiyatning taraqqiyoti asosida ular insonni «siyosiy hayvon», «ijodkor hayvon», «tarixning ijodkori», «gapiradigan, tilga va nutqqa ega hayvon», “dunyoga diniy munosabatda bo‘luvchi mavjudot», deb izohlay boshlagan. Ma’lum davrlardan keyin esa ba’zi faylasuflar insonni «ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan, xulq-atvorga ega bo‘lgan mavjudot», deb tushuntira boshlaydilar.
Falsafa inson borlig‘ini olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Inson — o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Inson shunday murakkab va ko‘p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma’nodosh bo‘lsa ham, bir-biridan farqlanadi.
Falsafiy qiziqishlari markazida tabiat va inson mohiyati to‘g‘risidagi masala turuvchi fan «Falsafiy antropologiya» deb ataladi. Yunoncha sophia – donishmandlik, anthropos – inson va logos – ta’limot so‘zlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya» atamasi etimologik jihatdan inson haqidagi falsafiy ta’limotni anglatadi. Falsafiy antropologiya insonning alohida borliq manbai sifatida kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi va mavjudligining o‘ziga xos xususiyatlari, inson hayotining mazmuni, odam zotining jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy aloqalari, shaxs kamoloti, ma’naviyatiga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi. Falsafiy bilimning tarkibiy qismi sifatida falsafiy antropologiya ijtimoiy falsafa, axloq, sotsiologiya va psixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bilan birgalikda inson haqidagi fanlar majmuini tashkil etadi.
Hozirgi zamon G‘arb falsafasining yo‘nalishi sifatidagi falsafiy antropologiya XX asrning 20-yillarida dastlab nemis faylasufi va sotsiologi M.Sheler (1874-1928) asarlarida ishlab chiqilgan va germaniyalik faylasuf X.Plesner (1892-1985), nemis mutafakkuri A.Gelen (1904-1976) asarlarida rivojlantirilgan.

Download 109.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling