7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi
Download 109.6 Kb.
|
7 мавзу Жамият ва инсон фалсафаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ong
Ma’naviy kichik tizim. Odamlarning ma’naviy faoliyati jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Odamlar ongli mavjudotlar bo‘lib, ular o‘z tafakkuri bilan ijtimoiylikning barcha ko‘rinishlarini anglab yetadi. Bu jarayonda olimlar, rassomlar, jurnalistlar, turli partiyalar va harakatlarning mafkurachilari va shu kabilarning ixtisoslashgan kasbiy ma’naviy faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Ularning nisbatan mustaqil kasbiy faoliyati ijtimoiy hayotning turli jabhalariga xizmat ko‘rsatadi.
Jamiyat ma’naviy kichik tizimining vujudga kelishi rang-barang ijtimoiy va shaxsiy ma’naviy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ularning eng muhimlari – ma’rifiy, axloqiy, estetik, diniy ehtiyojlardir. Ularni qondirish axborot va kommunikatsiya turli vositalarining mavjudligini nazarda tutadi. Axborot va kommunikatsiya ham shaxs va jamiyatning muhim ma’naviy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Ma’naviy muloqotga bo‘lgan ehtiyoj ma’naviy ehtiyojlar orasida alohida o‘rin egallaydi. Jamiyatda bu ehtiyojlarni qondiradigan ma’naviy ishlab chiqarishning alohida tarmoqlari va institutlari asta-sekin vujudga keladi. Bular: fan, axborot va kommunikatsiya, ta’lim-tarbiya sohasi, adabiyot va san’at kabilar. Ular turli ma’naviy ehtiyojlarni qondirishni nazarda tutadi. Masalan, Fan, ya’ni ilmiy institutlar va olimlarning turli-tuman birlashmalari tabiat, jamiyat va insonni o‘rganish bilan shug‘ullanadi va shu tariqa odamlar faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlaydi. Ijtimoiy ong ma’naviy kichik tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. U bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, fikrlar, dunyoqarashga doir mo‘ljallar, qadriyatlar va hokazolarning butun rang-barangligida namoyon bo‘ladi. Ong ijtimoiy hayotda ijtimoiy ong va individual ong ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ong - jamiyatning ob’ektiv ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini, moddiy hayot sharoitlarini o‘zida aks ettiruvchi va uning ta’sirida shakllanadigan, jamiyatning umumiy ma’naviy hayot darajasini ifodalovchi his, tuyg‘u, odatlar va axloq, g‘oyalar va qarashlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy ongning tuzilishi quyidagi ikki darajalarni o‘z ichiga oladi: kundalik ong va nazariy ong; ijtimoiy psixologiya (ruhiyat) va mafkura. Ijtimoiy ong shakl va mazmun jihatidan rang-barangdir. Ijtimoiy ongning ilmiy, diniy, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, falsafiy shakllari farqlanadi. Ular o‘zi aks ettiruvchi hodisalar mazmuni, moddiylashuv shakli va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra farq qiladi. Ijtimoiy ong shakllari ko‘p darajali tuzilmalar bo‘lib, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan oddiy va nazariy darajalarni, ijtimoiy psixologiya va mafkurani o‘z ichiga oladi. Download 109.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling