7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi


Tarixiy jarayonlarning xarakatlantiruvchi kuchlari


Download 109.6 Kb.
bet9/25
Sana06.04.2023
Hajmi109.6 Kb.
#1330444
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
7 мавзу Жамият ва инсон фалсафаси

Tarixiy jarayonlarning xarakatlantiruvchi kuchlari. Insoniyat tarixida tarixiy jarayonlarning xarakatlantiruvchi kuchlari muammolarining mohiyati, nimalarga bog‘liq? degan savol tug‘iladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, gap tarixiy determenizm, qandaydir tarixiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida ketadi. Faylasuflarning ko‘pchiligi bunday o‘zaro bog‘liqlik mavjud – jamiyat tarixiga ta’sir qiluvchi ma’lum omillar va kuchlar bor deb faraz qildilar. Ammo, bu kuch va omillarni tushunish har xildir.
Ba’zi mutaffakkirlar jamiyat tarixiy rivojlanishi uchun tabiiy omillarning ahamiyatini ko‘rsatdilar, masalan, fransuz tadqiqotchisi Monteske va Kuzen bunday omil deb tabiiy klimatik sharoitlarni hisoblaydi, rus tabiat tadqiqotchisi Mechnikov u yoki bu hududning suv sohasini (daryo, ko‘l, dengiz) inobatga olish kerak deydi. Nemis faylasufi Gegel tarixning asosiy kuchini insoniyat tarixi orqali o‘z maqsadlari – erkinlik va o‘zini bilishga erishish, mutlaq ruhning rivojlanishida deb biladi. Boshqa nemis faylasufi – Marks, aksincha, ma’naviy omillar ahamiyatini inkor qilib, moddiy omillar – (moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usuli, odamlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari, mulkka egalik qilish) ning hal qiluvchi rolini alohida ta’kidlaydi. XX asr G‘arb ssientlari insoniyat tarixi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fan va texnikaning rivojlanishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadilar.
Lekin tarixiy determinizm bo‘yicha ko‘p qarashlar bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi falsafada ko‘p omilli tarixiy determinizm konsepsiyasi mustahkamlanmoqda. Uning asosiy g‘oyasi shundaki, tarixning rivojlanishiga ma’naviy va moddiy kabi har xil omillar ta’sir qiladi. Shu bilan birga ma’lum omillarning konkret davrda, konkret millatlar tarixiga ta’sir jadalligi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, VII-IX asrlarda Arabiston yarim oroli qabilalarining tarixiy rivojloanishida yangi din – islom muhim rol o‘ynadi. Qadimgi slavyanlar hayotida bu davrda diniy omil bunday ahamiyatga ega bo‘lmadi. Geografik, moddiy va siyosiy omillar ohang berdilar.
Umuman, ko‘p omilli konsepsiyalar variantlaridan biriga binoan, tarixning xarakatlantiruvchi kuchlarini quyidagi sxemada ko‘rsatish mumkin.




Download 109.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling