7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi


XX asrda tabiat voqeligi: ekologik tanglik


Download 109.6 Kb.
bet5/25
Sana06.04.2023
Hajmi109.6 Kb.
#1330444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
7 мавзу Жамият ва инсон фалсафаси

XX asrda tabiat voqeligi: ekologik tanglik. So‘nggi yuz yil ichida odamlarning tabiat bilan o‘zaro munosabatlarida hayratomuz o‘zgarishlar yuz berdi. Bir tomondan, miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro aloqadorligi qonuni amal qilib, inson faoliyatining asrlar mobaynida zimdan yig‘ilib kelgan salbiy oqibatlari jamuljam holda yangicha sifat kasb etdi. Bu ilgari yashovchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘pgina hududlar yaydoq sahroga aylanishida, atmosfera, suv havzalari va shu kabilarning halokatga eltadigan tarzda ifloslanishida namoyon bo‘ldi. Xususan, hozirgi vaqtda butun quruqlik yuzasining 40% dan ko‘prog‘ini sahrolar egallagan. Stratosferaning ozon pardasidagi teshiklar, oqava suvlar tashlanadigan «ariqlar»ga aylanib qolgan kichik va katta daryolar ham bir lahzada paydo bo‘lgani yo‘q.
Ayni vaqtda, sayyora tobora ko‘payib borayotgan odamlarga haddan tashqari tor, «kichkina» bo‘lib qoldi. Bugungi kunda quruqlik, suv yoki fazoning inson ta’siridan xoli bo‘lgan bironta ham qismi qolgani yo‘q. Tabiatga salbiy antropogen ta’sir darajasi ortida tabiiy muhit tanazzuli orqaga qaytarib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etadigan chegaraga yetmoqda. Bunday holat ekologik tanglik sifatida tavsiflanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, tabiiy sistemalar haddan tashqari zo‘riqishi, atrof muhit (suv, havo, tuproq) ifloslanishining muayyan me’yorlari misli ko‘rilmagan darajada buzilishi natijasida tabiiy jarayonlarda muvozanatning buzilishi yuz beradi. Pirovardida ekologik tizimlar doirasida o‘zaro aloqalar va «jamiyat-tabiat» sistemasining ko‘pgina parametrlari izdan chiqadi.
Ekologiyaning kelib chiqishi. «Ekologiya» atamasi etimologik jihatdan yunoncha oikos – uy, boshpana va logos – ta’limot so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, keng ma’noda yashash muhitiga ega bo‘lgan jonli organizm (yoki jonli organizmlar, mavjudotlar) tashkil etgan har qanday sistemani anglatadi. Bu atamani nemis biologi E.Gekkel 1869 yilda biologiyaning vazifasi jonli organizmlarning atrof muhit bilan o‘zaro aloqasini o‘rganishdan iborat bo‘lgan bo‘limlaridan birini belgilash uchun ilmiy muomalaga kiritgan. Ekologiya masalalari uzoq vaqt mobaynida faqat tabiiy fanlar, avvalo biologiya doirasida o‘rganildi. So‘ngra, jamiyatning tabiat bilan munosabatlarida iqtisodiy, ijtimoiy va hatto siyosiy jihatlar aniqlanishiga qarab, ekologiya ijtimoiy fanlarning ham predmetiga aylandi. Ilk ijtimoiy va falsafiy tadqiqotlarning o‘ziyoq jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasi muammolari – bu avvalo jamiyatning, uning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining, shakllangan qadriyatlar tizimi hamda atrof muhit va insonning undagi o‘rni haqidagi tasavvurlarning muammolari ekanligini tasdiqladi.
Bugungi kunda «ijtimoiy ekologiya» deb nomlangan ilmiy tadqiqotlar sohasi vujudga keldi, «ekologiya» atamasi esa biologiya fanlari doirasidan ancha chetga chiqib, juda tez va keng tarqaldi. Ijtimoiy ekologiya ilmiy va falsafiy bilimlar sohasi sifatida yaqindagina – XX asr 60-yillarining oxiridan 80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda vujudga kelgan. Ekologik muammolar keskinlashuviga qarab ular yanada faolroq o‘rganila boshlandi. Ijtimoiy ekologiyadan tashqari, ilmiy bilimning boshqa, butunlay yangi sohalari, chunonchi: inson ekologiyasi, global ekologiya, shahar ekologiyasi yuzaga keldi. Ayrim kishilar va jamiyatning atrof muhit bilan o‘zaro aloqasi jabhasida ekologik muammolar ko‘p jihatdan falsafiy ma’no kasb etdi, chunki u inson borlig‘ining fundamental asoslariga daxldordir, Yerdagi hayotning betakrorligi va uning biologik rang-barangligini saqlash zarurligi haqidagi masalani yangidan qo‘ydi.
Bunday ekologik muammolarni falsafiy anglab yetish o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Zero, falsafa tabiat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida yuzaga keluvchi ayrim muammolarni hal qilmaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan muayyan tavsiyalar bermaydi. Bu maxsus fanlarning vazifasidir. Falsafaning roli esa – muayyan natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish, yuz berayotgan jarayonlar dinamikasi va tendensiyalarini aniqlash, tabiiy o‘zaro aloqalar, tarixiy bog‘liqliklarni aniqlash va shu kabilarga muvofiq falsafiy xulosalar chiqarishdan iborat, unda muhim tushunchalar aniqlanadi, asosiy tamoyillar belgilanadi, bu nafaqat bilish maqsadlari, ekologik ta’lim ishiga xizmat qiladi, balki tabiatni muhofaza qilish borasida muayyan vazifalarni hal qiluvchi ayrim fanlar uchun metodologik tayanch hisoblanadi.
Hozirgi davr bu tabiiy muvozanatga jiddiy tuzatish kiritdi. Endi ishlab chiqarishning yangi turi – tabiiy muhitning o‘zini ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishga zarurat tug‘ildi, bu esa inson nafaqat ijtimoiy jarayonlarda, balki o‘ziga bo‘ysunuvchi tabiiy jarayonlarda ham faol asosga aylanganini anglatadi.
Jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasida yuz bergan o‘zgarishlar mohiyati, shuningdek bunday o‘zaro aloqaning istiqbollarini taniqli rus olimi V.I.Vernadskiy (1863-1945) XX asrning 30-40-yillarida ilmiy jihatdan ancha teran yoritib berdi. U insonning tabiatni o‘zgartiruvchi faoliyati ta’sirida biosferada dunyo miqyosida yuz bergan sifat o‘zgarishlariga birinchilardan bo‘lib e’tiborni qaratdi va mazkur faollikning misli ko‘rilmagan miqyosi va shakllarini tahlil qilib, hozirgi bosqichda insoniyat qudratli geologik kuchga aylanadi, degan xulosaga keldi1.
Vernadskiy jamiyatga jonli va jonsiz tabiatning birligi sifatida, inson faol sub’ekt sifatida hukmronlik qiluvchi yaxlit sistema sifatida yondashib, jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasida inson faoliyati ta’sirida yuz bergan sifat o‘zgarishlarini ilmiy asoslashga harakat qildi. Jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasida insonning oqilona faoliyati eng muhim omilga aylanadigan holatga erishishni u «noosfera» (yunon. noos – aql, idrok va sphaira – soha), ya’ni aql-idrok sohasi deb nomladi. Shundan beri noosfera insonning har qanday o‘zgartiruvchi faoliyati tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy tushunishga asoslanadigan va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlari bilan muvofiqlashtiriladigan materiya mavjudligi barcha shakllari birlashuvining oliy bosqichi sifatida tushuniladi. Boshqacha aytganda, bu «jamiyat-tabiat» sistemasi tadrijiy rivojlanishining oliy bosqichi, hali mavjud bo‘lmagan, lekin shakllana boshlagan va agar insoniyat bo‘hronlar yuz berishini xohlamasa va kelajakda munosib hayot kechirishni istasa, albatta mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan bosqichdir.
«Noosfera» atamasi ilk bor XX asrning 20-yillaridan fransuz olimlar E.Lerua va P.Teyyar de Sharden tomonidan ishlatila boshladi. Ular noosferaga ideal tuzilma, sayyoraning biosferadan tashqaridagi alohida «tafakkur pardasi» sifatida qaradilar. V.I.Vernadskiy «noosfera» tushunchasiga butunlay boshqacha ma’no yukladi. Mazkur atamani 30-yillarning boshlarida qabul qilib, u noosferaga biosferani va umuman tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan inson faoliyati natijasi sifatida yondashdi.
Aksariyat tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bunday bosqichga erishish jamiyat va tabiat bir yo‘nalishda – o‘zaro aloqasini optimallashtirish yo‘lida tadrijiy rivojlanishni taqozo etadi. Mushtarak rivojlanishga tabiat va jamiyat koevolyusiyasi deb ataladi va noosferaga erishish uning tadrijiy yakuni hisoblanadi.

Download 109.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling