7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi
Ijtimoiy rivojlanish va geografik muhit
Download 109.6 Kb.
|
7 мавзу Жамият ва инсон фалсафаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik maktablar
Ijtimoiy rivojlanish va geografik muhitning o‘zaro ta’siri. Aksariyat olimlar fikriga ko‘ra, geografik muhit jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy tuzilishini belgilovchi asosiy omil hisoblanmasa-da, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish sur’atini jadallashtirib yoki pasaytirib, tarixiy jarayonga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, XX asrga qadar odamlarning iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyati yuksalgani sari ularning ishlab chiqarish va ijtimoiy hayoti geografik muhit va tabiatning stixiyali kuchlariga kamroq bog‘liq bo‘lib borgan.
XX asr vaziyatni butunlay o‘zgartirdi: u nafaqat ko‘rsatilgan qonuniyatni buzdi, balki uni teskari burib yubordi; ya’ni insoniyat umumbashariy hodisaga aylangach, uning iqtisodiy o‘sishi geografik muhitning tabiiy chegaralariga kelib taqaldi. Bu muhit o‘z maydoni va resurslari jihatidan odamlar ishlab chiqarish faoliyatining tobora o‘sib borayotgan hozirgi miqyosi uchun haddan tashqari kichkina bo‘lib qoldi. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, oxirgi uch o‘n yillikning o‘zida jahonda insoniyat o‘zining oldingi butun tarixi mobaynida iste’mol qilgan miqdorda xom ashyo ishlatilgan. Iqtisodiy o‘sishning mavjud sur’atlari saqlangan taqdirda, yaqin o‘n yilliklarda sanoat ishlab chiqarishi yana ikki-uch baravar ko‘payishi mumkin bo‘lib, bu juda ko‘p miqdorda qo‘shimcha tabiiy resurslarni talab qiladi. Shunday qilib, bugungi kunda geografik muhitning o‘zgarishida yetakchi rol insonga o‘tdi, biroq ayni vaqtda u yuqorida zikr etilgan tabiiy to‘siqlarga duch kelib, XX asr boshida qo‘lga kiritilgan geografik muhitga nisbatan o‘z mustaqilligini yo‘qotdi. Jamiyat rivojlanishida geografik muhitning rolini asoslashga bo‘lgan qiziqish asrlar mobaynida saqlanib qolayotgani va vaqti-vaqti bilan kuchayib turishi, ayni shu hol bilan izohlanadi. Geografik maktablar. Bu sohada to‘plangan g‘oyalar majmui turli davrlarda ancha mashhur bo‘lgan «geografik determinizm», «ijtimoiy determinizm» va «geosiyosat» konsepsiyalarini o‘z ichiga olgan geografik maktabni tashkil etadi. \Inson faoliyati tabiiy muhitga to‘la bog‘liq degan g‘oyani isbotlashga harakat qiluvchi qarashlar mexanistik geografik determinizmdir. Bu oqimning asoschisi va atoqli namoyandasi fransuz ma’rifatchi faylasufi Sh.L.Monteske (1689-1755)dir. «Qonunlar ruhi» deb nomlangan asarida u o‘z konsepsiyasini atroflicha bayon etdi. Bu ta’limotga muvofiq odamlar hayoti, ularning axloqi, qonunlari, odatlari va hatto siyosiy tuzumi ular yashaydigan geografik muhit va iqlim sharoitidan kelib chiqadi. U tabiat odamlarni tug‘ilgandan teng qilib yaratishini tan olib, so‘ng ularni geografik determinizm nuqtai nazaridan farqlaydi. Ingliz iqtisodchisi T.R.Maltus (1766-1834) bunday g‘oyalarni rivojlantirib, ijtimoiy rivojlanishning yana bir tabiiy omili bo‘lgan demografik masalaga e’tibor qaratdi va keng tarqalgan konsepsiyani ilgari surdi. Bu konsepsiyaga muvofiq aholi sonini uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab tartibga soluvchi «tabiiy qonun» paydo bo‘ldi. Mazkur qonunga binoan sayyoramizdagi odamlar soni geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari esa faqat arifmetik progressiya bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda aholi haddan tashqari ko‘payib ketishiga olib keladi va ijtimoiy tangliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Maltus ijtimoiy rivojlanish tabiatning abadiy qonunlari hukmiga qat’iy bo‘ysunishini qayd etadi. Maltusning ocharchilik, epidemiyalar va urushlar aholi haddan tashqari ko‘payib ketishining oldini oluvchi tabiiy omillar hisoblanishi haqidagi xulosalari nafaqat o‘z tarafdorlarini, balki faol muxoliflarini ham topdi. Maltus g‘oyalarining izdoshlari o‘z o‘tmishdoshining o‘ta sovuq xulosalaridan xalos bo‘lib, uning ta’limotini XX asr boshida yuz bergan «demografik portlash» to‘lqinida vujudga kelgan neomaltuschilik ko‘rinishida davom ettirdilar. Download 109.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling