7- mavzu. Korxona xarajatlari Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash Korxona ishlab chiqarish xarajatlari turlari


Download 145.75 Kb.
bet8/8
Sana13.11.2023
Hajmi145.75 Kb.
#1771427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7- mavzu. Korxona xarajatlari

- mehnat xarajatlari;
- ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar;
- asosiy vositalarning eskirishi;
- boshqa xarajatlar.
6. Sanoat mahsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko‘rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashkari xarajatlarni tejash maxsulot tannarxini pasaytirishning muhim manbalari xisoblanadi. Material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, kimmatbaxo materiallarni arzon, lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarni qisqartirish kerak bo‘ladi.
Xizmat ko‘rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma`muriy-boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag‘larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. Unumsiz xarajatlarni (jarima to‘lash, penya va x.k.) tugatish maxsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni uyushtirishni yaxshilash maxsulot tannarxini pasaytirishni ta`minlovchi omil hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti maxsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish, avtomatlashtirish, kimyolash maxsulot tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko‘rsatkichlari - ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, maxsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o‘z aksini topadi.
Maxsulot tannarxini hisoblashdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - uni ishlab chiqarishga sarflangan xaqiqiy xarajatlarni tegishli xujjatlarda o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli aks ettirish xamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatishdir.
Baho kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jixatdan asoslangan baxo va baxolash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri xisoblanadi.
Baho bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo‘yiladi.
Baho-tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Bahoning turlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari quyidagilardir:
• ulgurji baholar. Ular firmalar o‘z maxsulotlarini katta xajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganligida ko‘llaniladi. Ulgurji baxo korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni, zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur;
• chakana baxolar. Ulardan tovarlami bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy shaxsiy mulk egalari do‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan baxolar kiradi. Chakana baho darajasi aholining real daromadlari bilan belgilanadi.
• xarid baxolari qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi.
• dunyo baxolari xalqaro savdo munosabatlarida ko‘llaniladi.
Baxolar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o‘z vazifa- lari orqali ta’sir etadi.
Download 145.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling