7- mavzu. Korxona xarajatlari Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash Korxona ishlab chiqarish xarajatlari turlari


Download 145.75 Kb.
bet1/8
Sana13.11.2023
Hajmi145.75 Kb.
#1771427
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7- mavzu. Korxona xarajatlari


7- mavzu. Korxona xarajatlari
1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
2.Korxona ishlab chiqarish xarajatlari turlari
3.Yillik ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi
4. Iqtisodiy elementlar va kalkulyatsiya bandlari bo‘yicha xarajatlar
5.Uchastka, sex, ishlab chiqarish, zavod mahsulotining tannarxi.
6.Sanoat mahsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshiradi. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari korxonaga maxsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya’ni maxsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra:
- ishlab chiqarish xarajatlari;
- noishlab chiqarish xarajatlari.
2. Ishlab chiqarish resurslarining manbaiga ko‘ra:
- ichki xarajatlar;
- tashqi xarajatlar.
3. Maxsulot ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishiga nisbatan:
- doimiy xarajatlar;
- o‘zgaruvchan xarajatlar.
4. Maxsulot tannarxiga olib borilishi jixatidan:
- bevosita xarajatlar;
- bilvosita xarajatlar.
5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan:
- maxsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- davr xarajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar;

Download 145.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling