7- mavzu. Korxona xarajatlari Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash Korxona ishlab chiqarish xarajatlari turlari


Download 145.75 Kb.
bet4/8
Sana13.11.2023
Hajmi145.75 Kb.
#1771427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7- mavzu. Korxona xarajatlari

- yoqilg‘i va energiya;
- sotib olinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor maxsulotlar;
- qadoqlash va o‘rov materiallari;
- ehtiyot qismlar;
- boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
- tabiiy xomashyodan foydalanish bilan bog‘liq soliq, yig‘im va boshqa to‘lovlar;
- ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar;
- tabiiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan yo‘qotishlar.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklanish) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing bo‘yicha tasdiqlangan normalar, qonun xujjatlariga muvofik amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya xam shu jumlaga kiradi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib xisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo‘ladi.
Mehnatga xaq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar:
- amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari;
- xodimlarga natural to‘lov shaklida beriluvchi maxsulotlar qiymati;
- ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beriluvchi mukofot va boshqa to‘lovlar;
- har yillik mehnat va o‘quv ta`tili uchun amalga oshiriluvchi to‘lovlar;
- qonunchilikka asosangan ba`zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va x.k.;
- shtatlar qisqarishi tufayli ishdan bo‘shatilgan xodimlarga to‘lanuvchi mablag‘lar.

Download 145.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling