7- mavzu: оilаning turlаri
Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlari
Download 2.05 Mb.
|
7- MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaning tuzilishi xarakteristikalari
Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlariOila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri - bu oilani jamiyatda moslashtirishdir (lotincha adapto - moslashish), yani oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish jaroyonining asosiy harakteri oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomiga bog`liq. Moslashish jarayonidagi holati. Oilaning ijtimoiy maqomini aniqlash uchun uning bir qator funksional harakterlari la azolarning individual xususiyatlarini bilish kerak. Oilaning tuzilishi xarakteristikalariNikohli sheriklarning mavjudligi (to‘la, rasman to‘la,,to‘la emas). Oilaning hayotiy sikli bosqichi (yosh, yetuk, qari). Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy...). Oiladagi avlodlar soni (bitta, yoki bir necha avlodlar). Bolalar soni (ko‘p bolali, kam bolali...). Oila a’zolarining individual xususiyatlari. Bularga ijtimoiy-demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining patologik odatlari kiradi hamda bolaning xarakteristikasi kiradi: yoshi, bola yoshiga munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy va psixologik rivojlanish darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyati; u boradigan ta’lim tashkilotlari, munosabat va o‘qitishdagi muvaffaqiyatlari: o‘zini tutishdagi chetlashishlar, patologik odatlari, ruhiy va psixik buzilishlar mavjudligi. Oila a’zolarining individual xususiyatlari uning tuzilishi va funksional ko‘rsatkichlari bilan birgalikda kompleks xarakteristikasini tashkil etadi – oila statusi (lotincha status-holati, vaziyati).
Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling