7-9-sinf algebra va geometriya misolida
II-BOB. NOSTANDART MASALALARNI YECHISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI IJODIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING METODIK JIHATLARI
Download 495.58 Kb.
|
Диссертация Алпомиш
II-BOB. NOSTANDART MASALALARNI YECHISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI IJODIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING METODIK JIHATLARI
2.1-§ Nostandart masalalarni yechish metodikasining asosiy bosqichlari. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, olimlar (Y.M.Kolyagin, V.N.Andreyev, V.G. Razumovskiy va boshqalar)[37,] o‘quvchilarda bilishga oid masalalarni yechishda evristik, produktiv, reproduktiv va maxsus metodlardan muvaffoqiyatli foydalanganlar. Shu bilan birga nostandart mazmundagi masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilar ijodiy tafakkurlarini rivojlantirish shart-sharoitlarini ochib berish lozim. Demak har qanday masalani to‘g‘ri yechimi tizimlashgan ketma- ketlikni talab qiladi. Masalalar yechish-matematikani rivojlantirishning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Olib borilgan borilgan tadqiqotimizdan, o‘quvchilar javoblari tahlilidan quyidagicha xulosa chiqarishga imkon berdi. Haqiqatdan o‘quvchilarning matematik bilimi ularning masalalarni yechishi bilan baholanadi. Hatto og‘zaki so‘roqlarda ham hisoblashga, yasashga va isbotlashga doir masalalar beriladi. Odatda masalalar o‘qituvchining ko‘rsatmasi orqali yechiladi va aniq usul o‘quvchilarga taklif etiladi. Bu shunisi bilan tushunarliki, darslikdagi masalalar o‘quv dasturiga mos tuziladi va nazariy bilimlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. O‘qituvchi dars jarayonida isbotlangan teoremani mustahkamlash uchun, aynan shu teorema orqali masalalar yechishga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilarni ko‘zlagan maqsadga yo‘naltirish uchun odatda masalalarni yechishni ba’zi usullarini aytib berishi va bir yoki ikkita unga doir masala yechib ko‘rsatishi kerak. Shundan keyin o‘xshash misollarni o‘quvchilarga beriladi. Ammo o‘quvchilarning qobiliyatlari va temperamenti har xil bo‘ladi. Biri tez tasavvur qilsa, boshqasi sekinroq o‘rganadi, ba’zilariga savollar berib yordam beriladi. Masalani yechish bo‘yicha o‘qituvchining tavsiyalari kuch ta’siri ostida bo‘lmasligi kerak, aks holda o‘quvchida o‘zini bilimiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Ularda sekin asta matematikaga bo‘lgan qiziqish so‘nadi. Natijada ular o‘zlarini ojiz sezishadi va oqibatda orqada qolishadi. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchilar orasida qobiliyatlilari ham bo‘lib, agar ularga mustaqil fikr yuritishlari uchun sharoit yaratib berilsa, kelajakda juda ko‘p yutuqlarga erishishlari mumkin. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ushbu muammoni hal etish, ya’ni, agar o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim usullarini tadbiq qilish hamda nostandart masalalar bilan birgalikda olib borilsa, matematika fani bo‘yicha namunali amaliy mashg‘ulotlar tizimini yaratish imkonini beradi. Hottoki, oddiy masalalarni yechish o‘quvchilar biladigan ma’lum qoidalar va usullarga hamma vaqt ham mos kelavermaydi. Shuning uchun yechimni izlash hamisha ijodiy fikrlashni talab etadi. “Nostandart masalalar” atamasini fanda keng ma’noda ishlatilishiga o‘quvchi e’tiborini qaratish zarur. Bu atamaga quyidagicha ta’rif beriladi. Download 495.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling