7-9-sinf algebra va geometriya misolida


Download 495.58 Kb.
bet26/31
Sana20.06.2023
Hajmi495.58 Kb.
#1629587
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Диссертация Алпомиш

III BОB BО‘YICHА XULОSА
  • Ilmiy tаdqiqоt ishi bо‘yichа о‘tkаzilgаn tаjribа-sinоv ishlаri yоrdаmidа

  • qо‘yilgаn ilmiy fаrаzning, mаqsаd vа vаzifаlаrning hаqqоniyligi аsоslаndi.
  • О‘tkаzilgаn tаjribа-sinоv ishlаrimiz о‘quvchilаr ijоdiy fаоliyаtlаrini shаkllаntirish vа ijоdiy tаfаkkurlаrini rivоjlаntirish bо‘yichа tаklif qilingаn vа ishlаb chiqilgаn metоdikаning sаmаrаdоrligini kо‘rsаtdi. О‘quvchilаr о‘quv-ijоdiy fаоliyаtini tаshkil qilish bо‘yichа ishlаb chiqilgаn mаntiqiy tuzilmаning

sаmаrаdоrligi tekshirib kо‘rildi. Mаntiqiy kоmpоnentlаr: mаqsаdli, mаzmunli, metоdik,
tuzilmаning tаrkibigа quyidаgi mаtemаtikа о‘qitish jаrаyоnidа
о‘quvchilаr ijоdiy qоbiliyаtini rivоjlаntirish mоnitоringi kаbilаr kiritilgаn.
  • Tаjribа-sinоv ishlаri dаvоmidа mаtemаtikа о‘qitishning V.I.Аndreyev tоmоnidаn tаklif qilingаn metоdikаdаn mоslаshtirish аsоsidа fоydаlаnildi. Tаjribа –

  • sinоv ishlаri аsоsаn, 3 tа bоsqichdа аmаlgа оshirildi: bоshlаng‘ich, оrаliq vа yаkunlоvchi bоsqichlаr.
  • Pedаgоgik tаjribа-sinоv nаtijаlаrini xi-kvаdrаt metоdi аsоsidа bаjаrish sаmаrаdоrligi аn’аnаviy о‘qitishgа qаrаgаndа 14 fоizgа оshishi vа о‘quvchilаrning

  • ijоdiy qоbiliyаtlаrining rivоjlаnishigа ijоbiy tа’sir qilishi isbоtlаndi. Pedаgоgik tаjribа-sinоv nаtijаlаri tаdqiqоt ilmiy fаrаzining tо‘g‘ri vа аsоsli ekаnligini tаsdiqlаdi.

XULOSALAR
Matematikani o‘qitishda nostandart masalalar orqali o‘quvchilar ijodiy tafakkurlarini rivojlantirish metodikasi mavzusida olib borilgan ilmiy-nazariy va uslubiy-amaliy tadqiqotlar asosida quyidagi xulosalar taqdim etildi:
O‘tkazilgan tahliliy, ilmiy-nazariy va uslubiy-amaliy tadqiqotlar asosida
maktabda matemamatika o‘qitish davomida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda masalaviy yondashuv metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi aniqlandi. Olib borilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar, mavzuga oid ilmiy izlanishlarning natijasi shuni ko‘rsatdiki, dastlabki ilgari surilgan ilmiy faraz to‘la o‘z tasdig‘ini topdi.
Matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni tizimli, muntazam maqsadga yo‘naltirilgan holda nostandart, mazmundagi muammoli matematik masalalarni o‘rgatish ularda ijodiy sifatlarni rivojlantirishga samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Bunday masalalardan foydalanish o‘quvchilarda ijodiy tafakkurlarni rivojlantirishga xizmat qilib, egallangan bilimlar, tajribalar va shaxsiy sifatlari ularda masalalarni yechish g‘oyalarini shakllanishiga, o‘z xatti-harakatlarini prognozlash, nazorat qilish va faoliyatlarini tanqidiy baholash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Psixologik-pedagogik va ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish asosida
o‘quvchilarda ijodiy tafakkurlarni rivojlantirish muammosining hozirgi kundagi ahvoli mufassal o‘rganildi. Jumladan, o‘quvchilarni nostandart masalalarni yechishga o‘rgatishda ularda tayanch bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish zarurligini taqazo qilishi aniqlandi. Ijodiy tafakkurlarni rivojlantirish o‘quvchilarda ta’sirchan motivlarni tarbiyalashga, o‘z kuchiga ishonishni shakllantirishni, dars davomida ijobiy psixologik muhitni, matematikani o‘rganishga va o‘quv faoliyatini egallashga intilishni taqazo etadi.
O‘quvchilarda bilishga qiziqishni, mustaqillikni va ma’naviy, ijodiy sifatlarni
tarbiyalashga yo‘naltirilgan nostandart mazmundagi masalalar tizimi ishlab chiqildi va taklif etildi. nostandart mazmundagi masalalarni turli usullar orqali yechishning
bosqichlari ishlab chiqildi va har bir bosqichda zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatib berildi.
O‘qituvchilar uchun nostandart mazmundagi masalalardan foydalanish metodikasi shakllantirildi va zarur tavsiyalar berildi.
Ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov
ishlari o‘tkazildi. Tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichi nostandart mazmundagi masalalardan maqsadga yo‘naltirilgan holda muntazam foydalanish o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning samarali vositasi ekanligi asoslandi.

Download 495.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling