7-9-sinf algebra va geometriya misolida
Download 495.58 Kb.
|
Диссертация Алпомиш
KIRISH
Tadqiqotning dolzarbligini: Jahonda matematika ta’limining rivojlanish tendensiyalari (insonparvarlashtirish, gumanitarlashtirish, texnologiyalashtirish) ko‘rsatishicha, o‘qitishning zamonaviy shakllari va texnologiyalari milliy, mintaqaviy va global miqyoslarda jadal rivojlanmoqda. Xususan, Yevropa mamlakatlari va AQShda «Merit» (o‘rta maktabga iqtidorli bolalarni tanlash), PISA (o‘quvchilarni xalqaro baholash) dasturlari, Dalton-reja (individual o‘qitish tizimi) keng qo‘llanilmoqda. O‘quvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish jarayonida kompetensiyaviy yondashuv asosida modernizatsiyalashtirilgan matematik nostandart masalalar tizimidan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda matematik ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, uning ilmiy- metodik, axborot-dasturiy ta’minotining konseptual asoslarini, an’anaviy o‘qitishga muqobil texnologiyalar (face-to-face learning, F2F, «Distance Education» «E- Learning»)ni takomillashtirish borasidagi tadqiqotlar muhim o‘rin egallamoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishga imkon beruvchi ilmiy o‘quv-axborot resurslari bankini yaratish, ijodiy fikrlashining matematik apparatini kengaytirish, o‘qitishda bilish ehtiyojini faollashtiruvchi supertyutorlar (mashq qildiruvchi dasturlar) va «Blended Learning» metodini qo‘llash Vatanimiz intellektual resurslari salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish uchun keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratildi. Maktab o‘quvchilarining matematika fanidan jahon olimpiadalarida faol ishtirok etishini ta’minlash, mahorat darslari, seminarlar, treninglar, vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlarni tashkil etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respblikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida matematika va talab yuqori bo‘lgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu nuqtai- nazardan maktablarda matematikani o‘qitishda amalda qo‘llanilayotgan sinf-dars usuliga muqobil texnologiyalar (munosabatlar pedagogikasi, har tomonlama tarbiyalash, qat’iy belgilab qo‘yilgan dasturlar va darsliklarsiz o‘qitish, loyihalash va yuklamani ko‘paytirish metodi, kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan ijodiy topshiriqlar) orqali matematikani o‘qitishni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekicton Recpublikaci Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-con “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” farmoni, 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 29 aprelda "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmonlari, 2019 yil 9 iyuldagi «Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-sonli, 2021 yil 19 iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi N PQ-5188 sonli Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Download 495.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling