7-9-sinf algebra va geometriya misolida


-§.O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirishda va rivojlantirishda nostandart masalalardan foydalanishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari


Download 495.58 Kb.
bet7/31
Sana20.06.2023
Hajmi495.58 Kb.
#1629587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
Диссертация Алпомиш

1.1-§.O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirishda va rivojlantirishda nostandart masalalardan foydalanishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari.
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uning izchilligini va uzliksizligini ta’minlashga erishish, maktab
o‘quvchilari ta’lim –tarbiyasini o‘rganish, yosh avlodni yetuk barkamol qilib tarbiyalash, ijodiy faoliyatga yo‘naltirish masalalari yetuk matafakkir hamda
ilg‘or pedagoglarning diqqat e’tiborini tortib kelgan. Yosh avlod ta’lim-
tarbiyasini tashkil K.Ushinskiy, A.
etishning ushbu jihati o‘z davrida Y. A. Komenskiy, D. Avloniy, A.Shomuriy, M.G.Davlatshin, J.Ikromov,
N.R.G‘aybullayev[68], E.G‘.G‘oziyev[28], B.R.Qodirov[35], M.SH.Mamatov[40], T.U.O‘tapov[62] U.J.Sodikov[52-55], N.SH.Ibragimov[32] va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
Fan va texnikaning jadal rivojlanishi mustaqil mamlakatimizda sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni qiyofasining tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Hozirgi zamon ishlab chiqarishdagi ko‘pgina kasblar faqat ma’lumotli kishilargina emas, yuksak rivojlangan, ijodiy qobiliyatga ega kasb egalarini jalb qilishni talab qilmoqda. Zamon talabiga mos mutaxassis yaratish uchun faqat bilim va tushinishning o‘zi yetarli emas, balki ijodiy tafakkur zarurati ham yotadi.
Ijodiy tafakkur shaxs tafakkurining individual xususiyati sifatida subyektning
atrof muhitdagi voqea va hodisalarga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Fikr rivoji jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosiy xarakterlovchi kuchi bo‘lgani uchun, o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur .
Ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning ilmiy-nazariy asosi bo‘lgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan biri o‘quvchilarda mustaqil ijodiy tafakkurni rivojlantirish sanaladi. Buning uchun esa, ta’lim-tarbiya jarayoniga rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rivojlantiruvchi texnologiyaning xususiyatlari:
-o‘quvchilarning fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi;
-o‘quv jarayonini asosini mustaqil faoliyat tashkil etadi;
-o‘quvchilar induvidual qiziqishlari va qobiliyatlari rivojlanadi.
O‘quvchilarda ijodiy tafakkur ko‘nikmalarining tarkib toptirish va rivojlantirishda mustaqil, tahliliy va mantiiqiy tizimli fikr yuritish ko‘nikmalari asos bo‘ladi.
YE.N.Ilin[31], R.G.Xazankin va boshqalar ko‘pgina o‘qituvchilarning ijodiy tajribalaridan ko‘rinadiki, ular motivlashtirishga kata ahamiyat berishgan.
Bunday faoliyat natijasida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari o‘sadi, bilishga oid qiziqishlari uyg‘onadi hamda qisqa vaqt ichida o‘quv materialining katta
qismini o‘zlashtirishga erishadilar.
O‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini tobora o‘stira borish birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, matematik qobiliyatni rivojlantirish, o‘quvchilarda ijodiy tafakkurlarni rivojlantirish bilan bevosita bog‘liqdir. Hozirgi zamon psixologiyasida ijodiy tafakkurlarni rivojlantirish asosida qobiliyatlarni rivojlantirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Matematik qobiliyatlarni rivojlantirish muammosi umuman shaxsning rivojlanish muammosidir.
S.L.Rubinshteyn qobiliyatlar haqidagi masalani umuman insonning rivojlanishi to‘g‘risidagi masala bilan aynan bir deb hisoblaydi, bu haqda u shunday yozadi: “inson “tajriba” orttirishdan farq qilib, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydi-xuddi shu uning qobiliyatlari rivojlanishidir”[50-51].
Akademik A.N. Kolmogorov matematik qobiliyatlar ayrim tomonlarini rivojlantirishning matematik faoliyat uchun ahamiyati haqida gapirar ekan,-
«ulardan birining nihoyat
darajada taraqqiy qilishi kutilmagan ajoyib
kashfiyotga olib kelishga imkon beradi...»-deb qayd etadi [36].
So‘nggi bog‘liqligi
yillarda psixolog haqidagi masalani
olimlar qobiliyatlar bilan ijodiyotning o‘zaro ilgari surmoqdalar. V.A.Krutetskiy ana shu
ma’noda matematik qobiliyatlarni bunday tushunadi: «Maktab kursi doirasida matematikani o‘rganish qobiliyati deganda biz, o‘quv materialini ijodiy o‘zlashtirish va masalalarni (jumladan, murakkab va original masalalarni) mustaqil yechish qobiliyatini anglaymiz»[38].
Y.A.Samarin xususiyatlarini
qobiliyatlar ta’rifini keltirganda ularning o‘ziga xos quyidagicha ta’riflaydi: «Qobiliyatga ega
bo‘lgan inson, ega bo‘lgan inson
to‘g‘rirog‘i foliyatning u yoki bu turi qobiliyatlariga
ma’lum darajada mazkur faoliyat turini xarakterlaydigan
bilimlar,
ushbu
ko‘nikmalarning kerakli tizimini birmuncha tez egallaydi hamda
faoliyatda yuksak mahoratga erishadi, ya’ni unga ijodiyotning maksimal
elementini kiritadi». Boshqa o‘rinda u to‘g‘ridan- to‘g‘ri: «ijodiy aql va aqliy qobiliyat tushunchalari bir-biriga to‘g‘ri keladi» - deb ta’kidlaydi.
A.T.Kovalev va V.N.Myasishchevlar qobiliyatlarning ijodiy tomoni haqidagi masalaga bir necha marta to‘xtalib o‘tishadi.
Darhaqiqat, bugungi kunda maktab o‘quvchilaridagi ijodiy tafakkurlarni rivojlanishi bo‘yicha olingan yozma ish natijalariga ko‘ra o‘quvchini biror o‘rtacha qiyinlik darajasidagi masalani mustaqil yechishi maktab talabi darajasida emas. Olib borilgan tajriba-sinovdan maqsad o‘quvchilarning bu boradagi bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan. Masala yechish jarayonida o‘quvchilar bunday masalalarni to‘g‘ri yecha olmasliklari aniqlandi. Maslaga
tashkil qilgan o‘quvchilar
to‘g‘ri fikr yuritgan o‘quvchilar esa, ya’ni masalani elementlarga ajratgan,
hech
to‘g‘ri yetib bo‘lsa,
kelishdi. Bu esa, qaysiki o‘quvchida aslida unda matematik qobiliyat
ular orasidagi bog‘lanishlarni qiynalmasdan uning yechimiga ijodiy tafakkur shakllangan mavjudligini bildiradi.
Shunday
qilib, matematik qobiliyatlarni rivojlantirish to‘g‘risidagi masalani
ijodiy bo‘lib
ko‘nikmalarga bog‘lamasdan ko‘rib chiqish mumkin emasligi muqarrar qolmoqda. Chunki ijodiy ko‘nikmalarning shakllanishi ijodiy tafakkurlarni
rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, bular insonning muayyan foaliyat turiga iste’dodliligini shakllantirish jarayoninig ikki tomoni hisoblanadi.
Shuningdek, fazoviy tasavvurlar va fazoviy xayoliy matematik tushunchalarning va mantiqiy tafakkurning roli metodistlar, L.M.Fridman, N.R.G‘aybullayev, A.Arziqulov, M.Boynazarov, Q.S.Jumaniyozov va boshqa metodist olimlarning ilmiy izlanishlarida ham mukammal ochib berilgan. Fikrlash amallari turlarining yangi funksiyalari bilan birgalikda tasavvurlar yangi xususiyatlarga erishmoqda. Matematik tafakkurda ikki tomon farq qilinadi. Aql sof mantiqiy tuzilishlar asosida muayyan dalillardan zaruriy xulosa qilishga intiladigan vaqtdagi ijodiy tafakkur va aql biror geometrik shaklda u yoki bu fikrni gavdalantirishga intiladigan vaqtdagi geometrik tafakkurga bo‘linadi. Shu ma’noda matematik qobiliyat haqida gapirilganidek, obrazli tafakkurda namoyon bo‘ladigan geometrik intuitsiya to‘g‘risida ham fikr yuritish mumkin.
Matematik qobiliyatlar va ularni rivojlantirish muammosi bo‘yicha
psixologik va pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida quyidagilarga alohida rioya qilish lozim:
1. Maktab matematika ta’limi jarayonida
o‘quvchilarning matematik o‘zlashtirish, original
qobiliyati deganda, masalalarni ijodiy
o‘quv materiallarini ijodiy
ko‘nikmalar asosida mustaqil yechishni va shu asosda
o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishini tushunish lozim.
muammosi ta’lim va tarbiyaning bir majmuali muammo bo‘lishi kerak,
2. Ijodiy tafakkurlarni rivojlantirish qancha vazifalarini o‘z ichiga oladigan ulardan eng muhimlari quyidagilar:
-mantiqiy tafakkurning rivojlanishi;
-idrok qilishni taraqqiy ettirish;
-ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nostandart masalalar yechishdan foydalanish shu sohadagi bilimni aniqlashga
o‘rgangan formulani to‘g‘ri qo‘llay bilishga imkon yaratadi, o‘quvchilarni barcha bilish jarayonlarini-idrok, xotira, tafakkur va xayolni rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa o‘quvchida maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik, talabchanlik, kabi sifatlarini tarbiyalaydi.

Download 495.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling