7-Amaliy mashg’ulot: Aholini dori vositalarta‘minotida muruvvat yordam tizimining o’rni va ahamiyati. I. Mavzuning maqsadi


Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ko’rinishidagi muruvvat yordamining sifatiga qo’yiladigan talablar


Download 20.96 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1368589
1   2   3   4   5
Bog'liq
7- amaliy mashg\'ulot

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ko’rinishidagi muruvvat yordamining sifatiga qo’yiladigan talablar.
Muruvvat yordamining sifatini nazorat qilish O’zR SSV qoshidagi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi (DVTTSNQ BB) tomonidan, zarurat bo’lganda shuningdek, davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) tomonidan amalga oshiriladi. Muruvvat yordami ishonchli manbalardan qabul qilinishi kerak va donor davlat hamda O’zbekiston Respublikasining sifat talablariga javob berishi kerak. Muruvvat yordamining saqlash sharoiti dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun O’zR SSV tasdiqlagan talablariga mos bo’lishi kerak. Barcha muruvvat yordami ko’rinishidagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning saqlash muddatlari O’zbekiston Respublikasiga kirib kelishidan boshlab, kamida 1yil bo’lishi kerak. Respublika ichida taqsimot vaqtida 9 oydan kam bo’lmasligi lozim. Muruvvat yordami ko’rinishidagi tibbiy asbob-uskunalarning texnik holati ekspluatatsion talablarga (xarakteristika) loyiq bo’lishi kerak. Omborxona, shu jumladan muruvvat yordami berayotgan tashkilotlarning O’zbekiston Respublikasi hududidagi omborxonasi ham O,zbekiston Respublikasi
SSV tomonidan belgilangan sanitariya-gigiena va boshqa me‘yoriy talablarga javob berishi kerak. Dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish uchun namunalar DVTTSNQ BBning, zarurat bo’lganda, DSENM ma‘sul hodimi tomonidan tanlab olinadi. Muruvvat yordamning sifatini nazorat qilish to’lovlar undirilmasdan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Muruvvat yordami ko’rinishidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni etkazib berish tartibi, qabul qilish, hisob, hisobot, taqsimot va monitoring o’tkazishga qo’yiladigan talablar.
Muruvvat yordami donorlari quyidagilarga majburdir:
- Muruvvat yordami etkazib berish istaklari haqida oldindan xabar berishga;
- Oldindan kelishilgan jadval asosida, O’zbekiston Respublikasida tasdiqlangan ehtiyojlarga yoki klinik davolash hujjatlariga (protokol) mos ravishda tibbiy muruvvat yordamlarini etkazib berishga;
- O’zbekiston Respublikasida belgilangan qoida va talablarga amal qilishga.
Muruvvat yordami oluvchi DPMlar dasturlar va donorlarlar bilan kelishuvlar yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta‘lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot tahlil departamenti (keyinchalik departament) rahbarining qarori asosida aniqlanadi. Ushbu Departament muruvvat yordami bilan bog’liq bo’lgan masalalarni muvofiqlashtirishga ma‘sul hisoblanadi. Sog’liqni saqlash tizimining hududiy bo’linmalari tomonidan muruvvat yordami DPMlarning doimiy faoliyatdagi hay‘atlari (DFH) rahbari tomonidan tasdiqlangan buyurtmalari bo’yicha aniqlangan ehtiyoj asosida taqsimlanadi va dori vositalari va tibbiy buyumlari siyosati Markaziga ma‘lumot beriladi.

Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling