7-Amaliy mashg’ulot: Aholini dori vositalarta‘minotida muruvvat yordam tizimining o’rni va ahamiyati.
I. Mavzuning maqsadi: O’zbekiston Respublikasiga muruvvat yordam tizimi orqali kirib kelayotgan dorilar va TB haqida, ularning ishlatilishi va monitoringi haqida ma‘lumot bilan talabalarni tanishtirish.
II. Mavzuning ahamiyati: Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ko’rinishidagi muruvvat yordam tizimi haqidagi ko’nikmalarni shakllantirish.
III. Sinov testlari
1. Muruvvat yordamni qabul qiluvchilar va (yoki) donorlar O’zR SSVga ariza bilan murojaat etadilar va qanday hujjatlarni ilova qiladilar?
A. transport yuk xatlari, invoys, yukning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar, donor va qabul qiluvchi o’rtasidagi bitimning nushasi.
B. donor va qabul qiluvchi o’rtasidagi bitimning nushasi, yukning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar.
C. yukning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar, invoys.
D. Invoys, transport yuk xatlari.
E. yo’l xarakatlariga bog’liq ravishda o’zgaradi.
2. Hujjatlarni kim tomonidan ko’rib chiqiladi va xulosa beriladi?
A. O’zR SSVning doimiy faoliyatdagi tarmoq qo’mitasi
B. Sud-med ekspertizasi
C. Kimyo lobarotoriyalari
D. DVTTSNQ BB
3. Muruvvat yordamdagi dori vositalarining faol moddalari va qo’llanish usullari, O’zbekiston Respublikasida qo’llanilayotganlari bilan qanday bo’lishi kerak?
A. imkon qadar o’xshash
B. qarama-qarshi
C. to’g’ri javob keltirilmagan
4. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi donor tashkilot tomonidan qaysi tilda taqdim etiladi?
A. davlat yoki rus
B. rus
C. balans
D. davlat
E. ingliz
5. Dori vositalarining hujjatlarida dori vositalarining nimalari bo’lishi kerak?
A. xalqaro patentlanmagan nomi (XPN), uning tarkibi, miqdori, partiya raqami, saqlash sharoitlari ko’rsatilgan
B. sertifikatlari, xalqaro patentlanmagan nomi (XPN)
C. xalqaro patentlanmagan nomi (XPN), saqlash sharoitlari ko’rsatilgan
D. xalqaro patentlanmagan nomi (XPN), miqdori
Do'stlaringiz bilan baham: |