6. Dori vositalari joylangan qutilarning og’irligi necha kg dan ortmasligi lozim?
A. 50
B. 40
C. 30
D. 20
7. Muruvvat yordamining qiymati dori vositalari, tibbiy buyumlarning yoki ularning ekvivalenti O’zbekiston Respublikasi qaysi bozoridagi qiymatiga muvofiq aniqlanadi?
A. ulgurji
B. chakana
C. birja
D. ulgurji va chakana.
8. Muruvvat yordamining xalqaro yo’nalishidagi transportirovkasi, saqlanishi, bojxona to’lovlari, omborxona harajatlari, ortib-tushurish harajatlari kim tomonidan to’lanadi?
A. donor tashkiloti
B. O’zR SSV
C. Davolash-proflaktika muassasalari
D. Byujet
9. Barcha muruvvat yordami ko’rinishidagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning saqlash muddatlari O’zbekiston Respublikasiga kirib kelishidan boshlab qancha bo’lishi kerak?
A. kamida 1 yil
B. kamida 2 yil
C. kamida 3 yil
D. kamida 4 yil
IV. Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar.
1. Muruvvat yordam deganda nimani tushunasiz?
2. Sponsorlik faoliyatini muruvat yordamdan farqi bormi?
3. Muruvvat yordamni tashkil etilishiga doir qanday buyruqlarni bilasiz?
4. Import tovar-qanday tovar?
5. Eskport nima?
6. SSVning 157-chi buyrug’i nima haqida?
7. SSVning 86 –buyrug’i nima haqida?
8. Muruvvat yo’li orqali keltirilgan tibbiy tovarlarni pullik xizmat ko’rsatuvchi
shifoxonalar olishi mumkinmi?
9. Muruvvat yo’li orqali keltirilgan tibbiy tovarlar shifohonalarda qanday
rasmiylashtiriladi?
10. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining muruvvat yordamni tashkil etilishida
qanday o’rni bor?
11. DPMlarda muruvvat yordam yo’li orqali kelgan DV va TB kim tomondan
nazorat qilinadi?
12.Sog’liqni saqlash vazirligida qanday idora muruvvat yordam bo’yicha
mas‘ul hisoblanadi?
V. Axborot qismi. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining muruvvat yordamni berish haqidagi qo’llanmasi, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15-noyabrdagi 251-sonli Qarori, hamda boshqa amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |