7-Amaliy mashg’ulot: Aholini dori vositalarta‘minotida muruvvat yordam tizimining o’rni va ahamiyati. I. Mavzuning maqsadi


Keltirilayotgan muruvvat yordamiga qo’yiladigan asosiy talablar


Download 20.96 Kb.
bet3/5
Sana21.04.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1368589
1   2   3   4   5
Bog'liq
7- amaliy mashg\'ulot

Keltirilayotgan muruvvat yordamiga qo’yiladigan asosiy talablar.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ko’rinishidagi muruvvat yordamiga bo’lgan ehtiyojini O’zR SSV aniqlaydi.
Muruvvat yordamni qabul qiluvchilar va yoki donorlar O’zR SSVga ariza bilan murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:
- transport yuk xatlari;
- invoys;
- yukning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar yoki buning imkoni bo’lmaganda, kelib chiqish manbasining ishonchliligi, to’g’ri saqlanganligi va sifatliligi haqidagi donorning kafolat xati;
- donor va qabul qiluvchi o’rtasidagi bitimning nushasi.
Hujjatlarni O’zR SSVning doimiy faoliyatdagi tarmoq qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqiladi va xulosa beriladi. Muruvvat yordamdagi dori vositalarining faol moddalari va qo’llanish usullari, O’zbekiston Respublikasida qo’llanilayotganlari bilan imkon qadar o’xshash
bo’lishi kerak.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi donor tashkilot tomonidan davlat yoki rus tilida taqdim etiladi. Barcha muruvvat yordami ko’rinishida taqdim etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni etkazib berish halqaro qoidalarga mos ravishda qadoqlangan bo’lishi kerak va har bir qutida quti ichdagi tovarlarning ro’yxati keltirilgan kuzatuv hujjatlari bo’lishi kerak. Dori vositalarining hujjatlarida dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi
(XPN), uning tarkibi, miqdori, partiya raqami, saqlash sharoitlari ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Dori vositalari joylangan qutilarning og’irligi 50kg dan ortmasligi lozim. Yuborilayotgan muruvvat yordamining pul ko’rinishidagi qiymati faqatgina bojxona rasmiyatchiligi uchungina qo’llaniladi. Muruvvat yordamining qiymati dori vositalari, tibbiy buyumlarning yoki ularning ekvivalenti O’zbekiston Respublikasi ulgurji bozoridagi qiymatiga muvofiq aniqlanadi. Ba‘zi hollarda, buning imkoni bo’masa, donor tomonidan mustaqil ravishda ushbu dori vositasining jahon ulgurji bozoridagi farmatsevtik ekvivalenti aniqlanadi. Muruvvat yordamining xalqaro yo’nalishidagi transportirovkasi, saqlanishi, bojxona to’lovlari, omborxona harajatlari, ortib-tushurish harajatlari donor tashkiloti tomonidan to’lanadi.

Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling