7-Amaliy mashg’ulot: Aholini dori vositalarta‘minotida muruvvat yordam tizimining o’rni va ahamiyati. I. Mavzuning maqsadi


Muruvvat yordami oluvchilar quyidagilarga majburdir


Download 20.96 Kb.
bet5/5
Sana21.04.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1368589
1   2   3   4   5
Bog'liq
7- amaliy mashg\'ulot

Muruvvat yordami oluvchilar quyidagilarga majburdir:
- Ozbekiston Respublikasi me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan barcha me‘yor va talablarga amal qilishga;
- muruvvat yordami bo’yicha keltirilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni belgilangan shakllarda hisobini olib borishga, hamda hisobot topshirishga;
- muruvvat yordamini to’g’ri va but saqlashni, maqsadga muvofiq ishlatishni va to’g’ri taqsimlashni ta‘minlashga. Qabul qiluvchi yoki donor muruvvat yordamini olib kirish uchun ruxsatnoma olishga quyidagi hujjatlarni DVTTSNQ BBga, zarurat bo’lganda DSENMga taqdim etishi kerak:
- 1-ilovaga muvofiq ariza;
- bitimlarni, yo’l-transport yuk xatlarini, invoyslarni;
- Departamentning muruvvat yordami yukiga tegishliligi haqidagi xulosasini;
- 2-ilovaga muvofiq dori shakli, miqdori va saqlash muddati ko’rsatilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro’yxatini;
- barcha holatlarda qo’llash bo’yicha yo’riqnomani; Qabul qiluvchi yoki donor muruvvat yordamning sifati haqida xulosa olish uchun DVTTSNQ BB ga, zarurat bo’lganda DSENMga quyidagilarni taqdim etadi:
- sifat nazoratini o’tkazish haqida ariza;
- 2-ilovaga muvofiq dori shakli, miqdori va saqlash muddati ko’rsatilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro’yxatini.
- dori preparatini ishlab chiqaruvchining seriya setifikatini. Barcha sertifikatlar ingliz tilida, davlat yoki rus tilidagi tarjimasi bilan taqdim etilishi lozim.
- barcha holatlarda qo’llash bo’yicha yo’riqnomalarini;
- sifat sertifikatining nushasini, buning imkoni bo’lsa, manbaning ishonchliligi, to’g’ri saqlangandigi va sifatliligi haqida donorning xatini. Donor yoki qabul qiluvchi muruvvat yordami kiritilayotganda O’zbekiston Respublikasi bojxonasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Departamentning yuk muruvvat yordamga tegishliligi haqida xulosasi;
- O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining (yoki hududiy bo’linmasining) xati;
- O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va donor o’rtasidagi bitim nushasi;
- DVTTSNQ BBning kiritish haqidagi ruhsatnomasini va dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati haqidagi xulosa;
- invoys;
- qabul qiluvchining xati;
- yo’l-transport yuk xatlari.
Muruvvat yordamini qabul qilish, bojxonada rasmiylashtirish, tashish, omborxonada saqlash, inventarizatsiya, qo’riqlash va karantin muolajalarini o’tkazish, to’g’ri taqsimlash va ulardan samarali foydalanish uchun javobgarlik quyidagilarga yuklanadi:
- O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Muruvvat yordam bo’yicha tarmoq hay‘atiga;
- DPM ning doimiy faoliyatdagi hay‘atiga va DSENM hamda muruvvat yordamdan maqsadli foydalanish uchun mas‘ul bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga;
- muruvvat yordam bo’yicha hududiy hay‘atga.
Bojxonada yuk rasmiylashtirilgandan so’ng, dori vositalari va tibbiy buyumlar Siyosati Markazi hodimlari, viloyatlar Sog’liqni saqlash muassasalarining bosh farmatsevtlari, donor tashkilot vakillari ishtirokida muruvvat yordami miqdoriy va sifat bo’yicha qabul qilinib, 3-ilovaga asosan dalolatnoma tuziladi. So’ngra barcha tovarlar ―Muruvvat yordami‖ deb markirovka qilinadi va oluvchini rekvizitlari
yoziladi. Bemorga muruvvat dori vositalari buyurilganda uning kasallik varaqasi yoki ambulatoriya harita (karta)sida ham ―Muruvvat yordam‖ deb yozib qo’yiladi. DPM va DSENMlarining DFH muruvvat yordamini qabul qilganlarida ham tovarni miqdoriy va sifati bo’yicha qabul qiladilar va dalolatnomada 4-ilovaga muvofiq nomi, partiya raqami, seriyasi, miqdori, dori shakli, dozasi, ishlab chiqaruvchining nomi, qadoqdagi soni, saqlash sharoiti va saqlash muddati ko’rsatiladi. O’zining dorixonasiga ega bo’lgan statsionar DPMda dori vositalari va tibbiy buyumlarni bo’limlarga berish, hisobga olish va nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1999 yil 18 dekabrdan 639-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Tartib bo’yicha amalga oshiriladi. Muruvvat yordamini qabul qilgan tashkilotlar giyohvand vositalari psixotrop moddalar va prekursorlarini,saqlash, berish, hisobga olishni O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2001 yil 28 dekabrdagi 527-sonli buyrug’iga asosan amalga oshiriladi.
DPMlarida muruvvat yordamiga olingan tovarlarni pullik xizmat bo’yicha davolanayotgan bemorlarga ishlatishga haqlidirlar, lekin davolanish to’lovlari hisoblanganda muruvvat yordami bo’yicha keltirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning qiymati hamda tibbiy texnikadan foydalanish xizmati to’lov qiymatiga qo’shilmaydi. Davolanishni uyda davom ettiruvchi ambulator va statsionar bemorlarga
muruvvat yordami bo’yicha keltirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni DPMlardan berib yuborishga haqlidirlar. Muruvvat yordamini to’g’ri ishlatilish, hisobga olish va nazorat qilinishiga DPMning rahbarlari shaxsan javobgardirlar Muruvvat yordami ko’rinishida taqdim etilgan barcha dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni etkazib berish halqaro qoidalarga mos ravishda qadoqlangan va har bir qutida quti ichidagi tovarlarning ro’yxati keltirilgan kuzatuv hujjatlari bo’lishi kerak. Dori vositalarining hujjatlarida dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi (XPN), uning tarkibi, miqdori, partiya raqami, saqlash sharoitlari ko’rsatilgan bo’lishi shart. Dori vositalar joylangan qutilarning og’irligi 50kg dan ortmasligi lozim. Muruvvat yordamining xalqaro yo’nalishidagi transportirovkasi, saqlanishi,
bojxona to’lovlari, omborxona harajatlari, ortib-tushurish harajatlari donor tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi
Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ko’rinishidagi muruvvat yordamining sifatini nazorat qilish
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi
Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi
Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling