7-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘G‘itlash mashinalarining turlari, vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayonlari


ROU-6 mashinasini ishga tayyorlash


Download 215.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana11.10.2023
Hajmi215.13 Kb.
#1697539
1   2   3
Bog'liq
7-Amaliy mashg‘ulot 1-bosqich

ROU-6 mashinasini ishga tayyorlash
jarayoni ularning butligi, uzellarning
to‘g‘ri yig‘ilganligi, o‘g‘it sepuvchi ishchiqismlari va harakat beradigan
tizimlarning texnik holati, shinalardagi bosimni tekshirish, mashina qismlarini
moylash, uni traktorning quvvat olish valiga ulash hamda texnologik sozlashlarni
bajarishdan iborat.
SHu bilan birga erga solinadigan mahalliy o‘g‘itlar bir jinsli mayda zarrali,
sochiluvchan bo‘lmog‘i lozim. SHunga ko‘ra, nam tortib, mushtdek qotib va
yopishib qumoqlashib qolgan mahalliy o‘g‘itlarni sochishdan oldidan mavjud ish
uskunalari yordamida maydalash lozim. O‘g‘itlarni faqat sepish oldidan maydalash
va aralashtirish tavsiya etiladi.
Mazkur agrotexnik ta’lablarni to‘liq bajarilishi hamda mashinalarning
maromida ishlashi uchun dalalarda har-xil baland-pastliklar uchramasligi, ular


o‘simlik qoldiqlaridan tozalangan bo‘lishi hamda chuqur sug‘orish ariqlari va suv
yuvib ketgan joylar tekislangan bo‘lishi lozim.
O‘g‘it sepish yo‘nalishi dalaning shudgorlash yo‘nalishiga mos kelishi
kerak. Erga solinadigan mahalliy o‘g‘itlar bir jinsli mayda zarrali, lekin kukunga
aylanmagan, qumoqlashib qolmaydigan va sochiluvchan bo‘lmog‘i lozim. SHunga
ko‘ra yopishib qumoqloshib qolgan mahalliy o‘g‘itlarni sepishdan oldin mavjud
ish uskunalari bilan maydalash lozim. Ularni faqat erga solish oldidan maydalash
va aralashtirish tavsiya etiladi.
4.Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi, kerakli jihozlar, mahalliy o‘g‘it
sepish texnologiyasi va agrotexnik talablar, o‘g‘it sepish mashinasining vazifasi,
tuzilishi (30 b-rasm) va uni ishga tayyorlash tartibi ko‘rsatilishi kerak.
Nazorat savollari:
1. Mahalliy o‘g‘itlar soladigan agregatning tarkibini ayting va uni ishga
tayyorlashda qanday tadbirlar amalga oshiriladi?
2. ROU-6 mashinasida sepiladigan o‘g‘it miqdori qanday rostlanadi?
3. Mahalliy o‘g‘it solish ishlariga qanday agrotexnik talablar qo‘yiladi?
4. ROU-6 mahalliy o‘g‘it sepgichning ishlash jarayonini tushuntiring.

Download 215.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling