7-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘G‘itlash mashinalarining turlari, vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayonlari


Download 215.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.10.2023
Hajmi215.13 Kb.
#1697539
1   2   3
Bog'liq
7-Amaliy mashg‘ulot 1-bosqich

Agrotexnik 
talablar:
sepilgan o’g’itning belgilangan me’yordan farqi,
ko’pi bilan 5%; agregat harakat yo’nalishi va qamrov kengligi bo’yicha o’g’it
sepilishining notekisligi, ko’pi bilan 25%; yonma-yon o’tishlardagi bir-birini
qoplash ( agregat ish qarovibo’yicha), ko’pi bilan 5%;mashina ish jarayonida
kuzovdagi o’g’it miqdorining kamayishi natijasida yuz beradigan o’g’it sepish
notekisligi, ko’pi bilan 10 % bo’lishi kerak.
O’zbekiston sharoitida asosan ROU-6 rusumli mahalliy o’g’it sepish
mashinasi (30-rasm) qo’llaniladi. U 6 tonnagacha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega
bo’lib, mahalliy o’g’itlar turiga qarab 4-8 metr kenglikda sepish imkoniyatiga ega.


a) b)
30-rasm. ROU-6 rusumli mahalliy o‘g‘it sochish mashinasining tuzilishi (a)
va uni o‘g‘it sochishga sozlash tartibi (b):
1 va 7-transportyor; 2-pastki baraban; 3-shnekli baraban;
4- krivoship mexanizmi; 5-tishli xrapovik; 6-krivoship; 8-shatun;
Mashinaning ish jarayoni quyidagicha bajariladi. Mahalliy o‘g‘it kuzovning
tubi vazifasini bajaruvchi zanjir-plankali transportyor 1 (30 a-rasm) orqali pastki
baraban 2 ga uzatiladi. Tishli ko‘rinishga ega bo‘lgan bu barabandan o‘g‘it uning
yuqorisida joylashgan go‘ng sochuvchi shnekli barabanga 3 uzatiladi. SHnekli
baraban o‘g‘itni tuproq yuzasiga bir tekis yoyib sepadi. Barabanlar traktorning
quvvat olish validan, transportyor esa krivoship-shatunli 4 va xrapovikli 5
mexanizmlar yordamida harakatlanadi.
Sochiladigan o‘g‘itning miqdori transportyor 7 (30 b -rasm) va agregat
tezliklariga bog‘liqdir. Transportyorning harakat tezligi krivoship 6 radiusini
o‘zgartirish bilan rostlanadi. Krivoship valining oxiriga ekssentrik korpus
mahkamlangan bo‘lib, u bolt bilan diskka bir-lashtirilgan. Diskni burish yo‘li
bilan krivoship radiusi L ni o‘zgar-tirish mumkin. Diskning shkalasida
raqamlar bo‘lib, har bir raqam krivoshipning bir aylanishida xrapovikning
qanchaga burilishini ko‘rsa-tadi. Masalan, gektariga 20 tonna go‘ng sochish
belgilangan bo‘lsa va traktor beshinchi yuritmada harakatlansa, diskdagi “5”
raqamini ekssentrik korpusdagi belgigacha surib, keyin disk va korpusni bir- 
biriga bolt-gayka bilan mahkamlash lozim.

Download 215.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling