7-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘G‘itlash mashinalarining turlari, vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayonlari
ROU-6 mashinasini ishga tayyorlash
Download 215.13 Kb. Pdf ko'rish
|
7-Amaliy mashg‘ulot 1-bosqich
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Ish bo‘yicha hisobotda
ROU-6 mashinasini ishga tayyorlash
jarayoni ularning butligi, uzellarning to‘g‘ri yig‘ilganligi, o‘g‘it sepuvchi ishchiqismlari va harakat beradigan tizimlarning texnik holati, shinalardagi bosimni tekshirish, mashina qismlarini moylash, uni traktorning quvvat olish valiga ulash hamda texnologik sozlashlarni bajarishdan iborat. SHu bilan birga erga solinadigan mahalliy o‘g‘itlar bir jinsli mayda zarrali, sochiluvchan bo‘lmog‘i lozim. SHunga ko‘ra, nam tortib, mushtdek qotib va yopishib qumoqlashib qolgan mahalliy o‘g‘itlarni sochishdan oldidan mavjud ish uskunalari yordamida maydalash lozim. O‘g‘itlarni faqat sepish oldidan maydalash va aralashtirish tavsiya etiladi. Mazkur agrotexnik ta’lablarni to‘liq bajarilishi hamda mashinalarning maromida ishlashi uchun dalalarda har-xil baland-pastliklar uchramasligi, ular o‘simlik qoldiqlaridan tozalangan bo‘lishi hamda chuqur sug‘orish ariqlari va suv yuvib ketgan joylar tekislangan bo‘lishi lozim. O‘g‘it sepish yo‘nalishi dalaning shudgorlash yo‘nalishiga mos kelishi kerak. Erga solinadigan mahalliy o‘g‘itlar bir jinsli mayda zarrali, lekin kukunga aylanmagan, qumoqlashib qolmaydigan va sochiluvchan bo‘lmog‘i lozim. SHunga ko‘ra yopishib qumoqloshib qolgan mahalliy o‘g‘itlarni sepishdan oldin mavjud ish uskunalari bilan maydalash lozim. Ularni faqat erga solish oldidan maydalash va aralashtirish tavsiya etiladi. 4.Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi, kerakli jihozlar, mahalliy o‘g‘it sepish texnologiyasi va agrotexnik talablar, o‘g‘it sepish mashinasining vazifasi, tuzilishi (30 b-rasm) va uni ishga tayyorlash tartibi ko‘rsatilishi kerak. Nazorat savollari: 1. Mahalliy o‘g‘itlar soladigan agregatning tarkibini ayting va uni ishga tayyorlashda qanday tadbirlar amalga oshiriladi? 2. ROU-6 mashinasida sepiladigan o‘g‘it miqdori qanday rostlanadi? 3. Mahalliy o‘g‘it solish ishlariga qanday agrotexnik talablar qo‘yiladi? 4. ROU-6 mahalliy o‘g‘it sepgichning ishlash jarayonini tushuntiring. Download 215.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling