a) b)
30-rasm. ROU-6 rusumli mahalliy o‘g‘it sochish mashinasining tuzilishi (a)
va uni o‘g‘it sochishga sozlash tartibi (b):
1 va 7-transportyor; 2-pastki baraban; 3-shnekli baraban;
4- krivoship mexanizmi; 5-tishli xrapovik; 6-krivoship; 8-shatun;
Mashinaning ish jarayoni quyidagicha bajariladi. Mahalliy o‘g‘it
kuzovning
tubi vazifasini bajaruvchi zanjir-plankali transportyor 1 (30 a-rasm) orqali pastki
baraban 2 ga uzatiladi. Tishli ko‘rinishga ega bo‘lgan bu barabandan o‘g‘it uning
yuqorisida joylashgan go‘ng sochuvchi shnekli barabanga 3 uzatiladi.
SHnekli
baraban o‘g‘itni tuproq yuzasiga bir tekis yoyib sepadi. Barabanlar traktorning
quvvat olish validan, transportyor esa krivoship-shatunli 4 va xrapovikli 5
mexanizmlar yordamida harakatlanadi.
Sochiladigan o‘g‘itning miqdori transportyor 7 (30 b -rasm)
va agregat
tezliklariga bog‘liqdir. Transportyorning harakat tezligi krivoship 6 radiusini
o‘zgartirish bilan rostlanadi. Krivoship valining oxiriga ekssentrik korpus
mahkamlangan bo‘lib, u bolt bilan diskka bir-lashtirilgan. Diskni burish yo‘li
bilan krivoship radiusi L ni o‘zgar-tirish mumkin.
Diskning shkalasida
raqamlar bo‘lib, har bir raqam krivoshipning bir aylanishida xrapovikning
qanchaga burilishini ko‘rsa-tadi. Masalan, gektariga 20 tonna go‘ng sochish
belgilangan bo‘lsa va traktor beshinchi
yuritmada harakatlansa, diskdagi “5”
raqamini ekssentrik korpusdagi belgigacha surib, keyin disk va korpusni bir-
biriga bolt-gayka bilan mahkamlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: