7-amaliy mashg’ulot o'lchamlar zanjirini hisoblash tartibi
Download 93.52 Kb.
|
7-amalyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2. Masala.
- To’liqsiz o’zaroalmashinuv usuli e htimollik nazariyasi bo’yicha berkituvch zvenoning qo’yimi tubandagi formula bilan hisoblanadi
- Munozarauchunsavollar
11.1. Masala. O’lchamlar zanjiri 11.4 – rasmda ko’rsatilgan. Tashkil etuvchi zvenolarning qiymatlari,mm da: A1 = 35+0,16; A2 = 60-0,3; A3 = 20+0,13; A4 = 40+0,16
Yechimi: Nominal o’lchamni (11.2) formula bo’yicha aniqlaymiz Ao = (60+20) - (35+40) = 5 mm. Berkituvchizvenoqo’yimini (11.3) ifodagabinoantopamiz, (IT)Ao = 0,16 +0,3 + 0,13 + 0,16 = 0,75 mmgateng Berilgan sharoit uchun tashkil etuvchi o’lchamlarning chegaraviy og’ishlari mm.da quyidagi qiymatlarga ega bo’ladi: ES35=+0,16; ES60=0; ES20=+0,13; ES40=+0,16, EI35=0; EI60=-0,3; EI20=0; EI40=0. (11.4) va (11.5) formulalar bo’yicha quyidagilarni olamiz: ESAo=(ES60+ES20)-(EI35+EI40)=(0+0,13)-(0+0)= +0,13 mm; EIAo=(EI60+EI20)-(ES35+ES40)=(-0,3+0)-(0,16+0,16)=-0,62 mm. 11.4 -Rasm. a-detal eskizi va b-uning o’lchamlar zanjiri sxemasi Shunday qilib, berkituvchi zveno o’lchami: mm, 11.9 formula bo’yicha hisoblangan, qo’yim maydoni o’rtasining koordinatasi esa mm. boladi Amaliy maqsadlar uchun berkituvchi zveno o’lchamini qo’yim qiymati bo’yicha tashkil etuvchi zvenolar qo’yimlarini hisoblash juda ham muhim. Bunday hisoblashlarni ko’pincha sinash maqsadida bajariladi. O’lchamlar zanjirini hamma tashkil etuvchi zvenolariga shunday qo’yimlar tayinlanadiki, ularni ushlash texnologik qiyinchiliklarni vujudga keltirmaydi. Bundan keyin (11.3) va (11.11) formulalar bo’yicha berkituvchi zveno o’lchamini qo’yim maydoni va shu maydon o’rtasining koordinatasi aniqlanadi. Olingan qiymatlar berkituvchi zveno o’lchami va uning qo’yim maydoni o’rtasini koordinatasini talab etilgan konstruktorlik qo’yimlar bilan taqqoslanadi. Agar berkituvchi zvenoning olingan parametrlari konstruktorlik qo’yimdan ortsa, unda bitta yoki birnechta tashkil etuvchi zvenolar o’lchamlarining qo’yimlari kamaytirilib qat’iylashtiriladi. Bundan keyin esa o’lchamlar zanjiri qayta hisoblanadi. Shunday qilib, ketma-ket yaqinlashish usuli bilan izlangan qo’yimlar o’rnatiladi. Bayon etilgan uslub yana ham takomillashtirilishi mumkin. Bu yerda bitta zvenodan tashqari hamma zvenolar uchun qo’yimlar bir qancha qat’iylashtiriladi. Oxirgini-rostlovchi zveno deb yuritiladi. Rostlovchi zvenoning ( ) qo’yimini quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: . (11.12) Kattalashtiruvchi rostlovchi zveno qo’yim maydoni o’rtasining koordinatasi: (11.13) Kichiklashtiruvchi rostlovchi zveno qo’yim maydoni o’rtasining koordinatasi: (11.14) Rostlovchi zveno sifatida o’lchamlar zanjirining har qanday tashkil etuvchi zvenosi bo’lishi mumkin. Ko’pincha u shunday tanlanadiki, berilgan ishlab chiqarish sharoitida qa’tiy qo’yimni ushlash va o’lchash oson bo’lsin. Agarda o’lchamlar zanjirida zvenolar ko’p bo’lsa, unda tashkil etuvchi zvenolarga ko’proq qa’tiy qo’yimlarni birlamchi tayinlashni yengillashtirish uchun hisobning boshidayoq o’rtacha qo’yimni quyidagi formula bo’yicha aniqlashadi. (11.15) Bundan keyin esa ishlab chiqarish sharoitini hisobga olgan holda o’rtacha qo’yim u yoki bu tomonga o’zgartiriladi. O’rnatilgan qo’yimlar va chegaraviy og’ishlarni yakuniy tekshirish (11.3) va (11.11) formulalar bo’yicha olib boriladi. Taklif etilgan uslubni amaliy qo’llash to’g’risidagi savolni (2-masalada) ko’rib chiqamiz (11.5-pasm). 11.2. Masala.11.5, a-pasmda tishli uzatmani ajpaluvchi korpusning qismi keltirilgan. Detallar chiziqli o’lchamlarining qo’yimlari va chegaraviy og’ishlarini o’rnatish Ao tirqishi 1,0...1,75 mm oralig’ida ta’minlash zarur bo’lsin. Chiziqli o’lchamlar quyidagicha: A1=140 mm, A2=5 mm, A3=101 mm, A4=50 mm. O’lchamlar zanjirini berkituvchi zvenosi bo’lib, Ao = 1+0,75 mm tirqish hisoblanadi (11.5, b - pasm), uning uchun qo’yim (IT)Ao=0,75 mm, ESAo=+0,75 mm,EIAo= 0, EcAo=+0,375 mm Yechimi: Qo’yimning o’rtacha miqdori (11.15) formula bo’yicha = 0,75 / 6-1 = 0,15 mm, 11.5, a- rasmda keltirilgan detallar uchun o’rtacha qo’yimning shunday qiymati 11-kvalitet aniqlikdagi qo’yimlarga mos keladi. Bu yerda detallarni tayyorlashda hech qanday texnologik qiyinchiliklar kelib chiqmaydi. Shunga bog’liq holda detallarni hamma o’lchamlariga 11-kvalitet aniqlikdagi qo’yimlar tayinlash mumkin. Unda ma’lumotlardan quyidagi qiymatlarni mm.da olamiz: A1=140-0,25, A2=5-0,075, A3=101+0,22, A4=50+0,16, A5=5-0,075. (11.3) formula bo’yicha tekshirish ko’rsatadiki, o’lchamlar o’zgarishi (IT)A0h=0,25+0,075+0,22+0,16+0,075=0,78 mm ga teng, ya’ni berilgan qo’yim qiymatidan katta va uzatma ishlamaydigan bo’lib qoldi. Bunday holda zanjirdagi zvenolarning birortasiga, qolgan hamma zvenolarga qabul qilingan 11 kvalitet qo’yimlaridan ham aniqroq bo’lgan yangi qo’yimni tayinlash zarur. Bunday zveno sifatida A1=140 mm o’lchamni tanlab olamiz. Bu o’lchamni bajarish va o’lchash ham qiyinchilik tug’dirmaydi, chunkibu o’lchamning qo’yimi ham boshqa zvenolar qo’yimlari miqdoriga qaraganda eng kattasi bo’lganligi tufayli, uning miqdorini biroz kamaytirish texnologik jarayonning tamoilini o’zgartirmaydi. Unda zveno A1 rostlovchi bo’lib qoladi. 11.5-pasm: a-tishli uzatma korpusining o’lchamlik qismi; b-uning o’lchamlar zanjiri sxemasi. Uning yangi qo’yimini (11.12) formula bo’yicha aniqlaymiz. (IT)A1h=0,75-(0,075+0,22+0,16+0,075)=0,22 mm A1 zveno kichiklash- tiruvchi hisoblanadi. (11,13) ifodaga binoan uning qo’yim maydonini o’rtasi s 1 =(0,11+0,08)-(-0,0375-0,0375)=-0,11 mm A1 rostlovchi zvenoning chegaraviy qiymatlari ESA1=-0,11+ =0; EIA1=-0,11- = - 0,22 mm Shunday qilib, rostlovchi zveno o’lchami A1h=140-0,22mm. Xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun hisoblarni (11.2) formula bo’yicha tekshiramiz. A0max=(A3max+A4max)-(A1min+A2min+A5min)=(101,22+50,16)- (139,78+4,925+4,925)=1,75 mm; A0min=( A3min+ A4min)-( A1max+ A2max+ A5max)=(101+50)-(140+5+5)=1,0 mm, demak, hisoblashlar to’g’ri bajarilgan. Keltirilgan hisoblash “maksimum-minumim” usuli bo’yicha olib borildi. Bu usulning jiddiy kamchiligi tashkil etuvchi zvenolarning qo’yimlarini ularningsoniga proportsional ravishda qat’iylashtirish zarurligi hisoblanadi. Shuning uchun zvenolar soni ko’p bo’lganda ularning qo’yimlari ham juda qat’iylashgan bo’ladi va ularga rioya qilish katta texnologik qiyinchiliklarni keltirib chaqaradi. Bu usulni zanjirda ikkita, uchta tashkil etuvchi zvenolar qatnashganda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ko’p zvenoli zanjirlarni hisoblashda bu usul yo’llanma beruvchi taxminiy texnologik hisoblashlar uchun yaroqli deb qarash lozim. To’liqsiz o’zaroalmashinuv usuli ehtimollik nazariyasi bo’yicha berkituvch zvenoning qo’yimi tubandagi formula bilan hisoblanadi. (11.16) Bunda t – tavakkalik koeffitsienti; - o’lzamlarning taqsimot qonunlarini hisbga oluvchi koeffitsient. Bu usulda hisoblash murakkab va qiyin bo’lishiga qaramasdan haqiqatga yaqin natijalar beradi. Munozarauchunsavollar 1. O’lchamlik zanjirlar nima uchun hisoblanadi? 2. Berkituvchi zveno qo’yimi berilganda qanday masala echiladi? 3. Ortdiruvchi va kamaytiruvchi zveno deganda nimaga tushinasiz? 4. Kompensatsiyalovchi zvenoning vazifasi nimadan iborat? Download 93.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling