7-amaliy mashg‘ulot termodinamik jarayonlarga doir masalalar
Mustaqil yechish uchun masalalar
Download 114.04 Kb.
|
7-Amaliy
Mustaqil yechish uchun masalalar
1. Gaz o‘zgarmas hajmda P1=10 bar bosim va t1=20 0C temperaturadan t2=300 0C temperaturagacha qizdirilmoqda. Gazning oxirgi bosimini aniqlang. J: P2 =19,56 bar. 2. Sig‘imi V=0,3 m3 bo‘lgan idishda 2,75 kg havo P1 =6 bar bosim va t1 =25 0C temperaturada turibdi. Havo 0 0C temperaturagacha sovigandagi bosimi va solishtirma hajmi aniqlansin. J: P2 =7,32 bar; v2 =0,109 m3/kg. 3. Yopiq idishdagi gazning bosimi P1 = 28 bar va temperaturasi t1=120 0C ga teng. Agar oxirgi temperatura t2=25 0C ga teng bo‘lsa, P2 bosimni aniqlang. J: P2=21,2 bar. 4. Yopiq idishdagi gazning bosimi P1=20 mm.sim.ust. ga va harorati t1=10℃ ga teng. Barometrning ko‘rsatishi 750 mm.sim.ust. ga teng. Gaz sovigandan so‘ng uning bosimi 150 mm.sim.ust. ga teng bo‘ladi. Gazning oxirgi haroratini aniqlang. J: t2=-40,4℃. 5. Sig‘imi V=0,6 m3 bo‘lgan yopiq idishdagi xavoning bosimi P1=5 bar va harorati t1=20℃. Idish soviganidan so‘ng xavo 105 kJ issiqlik yo‘qotdi. Xavoning issiqlik sig‘imini o‘zgarmas hisoblab, idish soviganidan keyingi bosim va harorat aniqlansin. J: t2=-20,7℃; P2=4,3 bar 6. 2000 m3 havoni o‘zgarmas P=5 bar bosimda t1=150 0C dan t2=600 0C gacha qizdirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik miqdori aniqlansin. C=f(t) bog‘liqlik chiziqli emas. J: Qp=3937 MJ=940943 kkal. 7. Havoli isitish qurilmasida temperaturasi t1=-15 0C bo‘lgan tashqi havo kaloriferda P=const da 60 0C gacha isitilmoqda. 1000 m3 tashqi havoni isitish uchun qancha issiqlik miqdori zarur? Issiqlik sig‘imi C=const, havoning bosimi 760 mm.sim.ust. ga teng. Download 114.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling