7-Amaliy. Texnosfera xavfsizligi soxasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish


Download 34.68 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi34.68 Kb.
#1562630
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7- amaliy mashg\'ulot




7-Amaliy. Texnosfera xavfsizligi soxasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish.
Ishdan maqsad: Texnosfera xavfsizligi soxasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazishni o’rganish.
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini joriy etish, uning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish;

  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;

  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi ishini tashkil qilish va bu komissiyaning ishchi organi vazifalarini bajarish;

  • Sanoat xavfsizligi talablari, jumladan sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish.

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini joriy etish, uning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash sohasida:

  • Manfaatdor vazirlik va idoralar, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi hamda ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy, normativ-texnik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi, qayta ko‘rib chiqadi hamda ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

  • Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi hamda ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy, normativ-texnik hujjatlarning huquqiy targ‘ibotini belgilangan tartibda amalga oshiradi;

  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi;

  • Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi faoliyatini va normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi.


Download 34.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling