7-Amaliy. Texnosfera xavfsizligi soxasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish


§ 1. Ekspert tashkiloti boshqaruvi bo‘yicha talablar


Download 34.68 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi34.68 Kb.
#1562630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7- amaliy mashg\'ulot


§ 1. Ekspert tashkiloti boshqaruvi bo‘yicha talablar
1. Ekspert tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi kerak.
2. Ekspert tashkiloti o‘z faoliyatini samarali olib borishini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmaga va boshqarish tizimiga ega bo‘lishi kerak.
3. Ekspert tashkiloti tashkiliy chizmasi, o‘zining bo‘linmalari, ularning funksiyalari va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni o‘z nizomida aks ettirishi kerak. Ekspert tashkiloti ish faoliyati joriy holatini aks ettiruvchi o‘zgartirishlar o‘z vaqtida nizomga kiritilishi kerak.
§ 2. Ekspert tashkiloti faoliyatining mustaqilligiga va xolisligiga talablar
4. Ekspert tashkilotiga va uning xodimlariga ish faoliyati natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan tijorat, moliyaviy, ma’muriy yoki boshqa turdagi bosim va ta’sir o‘tkazilmasligi zarur.
5. Ekspert tashkiloti va uning xodimlari xolis ish olib borishlari hamda o‘z ish natijalarida obyektning haqiqiy holatini aks ettirishlari kerak.
6. Ekspert tashkiloti va uning xodimlari ekspertiza obyektlariga aloqador bo‘lmasligi kerak.
§ 3. Ma’lumotlarning maxfiyligiga talablar
7. Ekspert tashkiloti xodimlari ish faoliyati natijasida olingan ma’lumotlar va natijalarni sir saqlashlari hamda buyurtmachi haqidagi ma’lumotlarni ularning yozma roziligisiz oshkor etmasliklari lozim (qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
8. Ekspert tashkiloti har bir xodimi ish jarayonida olinadigan ma’lumotlar va natijalarning maxfiyligini ta’minlashi haqida ogohlantirilishi hamda tegishlicha rasmiylashtirilgan bo‘lishi zarur.
9. Davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan ishlamoqchi bo‘lgan ekspert tashkiloti xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda maxfiy hujjatlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi zarur.
§ 4. Xodimlarga talablar
10. Ekspert tashkiloti shtatida rejalashtirilgan ishlarning bajarilishini ta’minlash uchun akkreditatsiya sohasiga mos keladigan ekspertlarga va malakali mutaxassislarga ega bo‘lishi kerak.
11. Ekspert tashkilotida rejalashtirilgan ishlarning va yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha javobgarlik ekspert tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
Ekspert tashkiloti rahbarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
a) ekspert tashkiloti faoliyatini mazkur Akkreditatsiya mezonlariga doimiy muvofiqligini ta’minlash;
b) mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 22-bandiga muvofiq sifat sohasidagi siyosatini ishlab chiqish va joriy qilish;
v) ekspert tashkilotida ishlarning to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va resurslar bilan ta’minlash.
12. Ekspert tashkilotida mazkur Akkreditatsiya mezonlariga doimo muvofiq bo‘lishi uchun quyidagi yo‘nalishlarda mas’ul xodimlar tayinlangan bo‘lishi zarur:
a) xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish, ekspertizani amalga oshirish, shuningdek sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish uchun mas’ul xodimlar (ekspert tashkilotida alohida faoliyat bilan shug‘ullanadigan bir nechta bo‘linmalar bo‘lgan taqdirda bu kabi xodimlar soni bir nechta bo‘lishi mumkin);
b) sifatni boshqarish tizimiga mas’ul xodim (sifat bo‘yicha boshqaruvchi);
v) normativ hujjatlar bazasini yuritish bo‘yicha mas’ul xodim;
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ekspert tashkiloti rahbari va mas’ul xodimlari o‘z ish joyida yo‘qligida ularning vazifalarini bajaradigan shaxslar tayinlanishi kerak.
14. Ekspert tashkiloti rahbari va mas’ul xodimlari ekspert maqomiga ega bo‘lishi lozim.
15. Ekspert tashkiloti xodimlari o‘z lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan vazifalarni to‘liq va sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan tegishli kasbiy tayyorgarlik, nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lishlari kerak.
Ekspert tashkiloti o‘z xodimlarini o‘qitishi, doimiy malakasini oshirishi va biriktirilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan rejali ichki attestatsiyani o‘tkazishi kerak.
16. Ekspert tashkiloti mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 1-ilovasida keltirilgan shakllarda o‘z xodimlari haqidagi ma’lumotlar hisobini yuritishi zarur.
17. Barcha xodimlar lavozim yo‘riqnomalariga ega bo‘lishi kerak. Lavozim yo‘riqnomalari ekspert tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan va xodimlarga tanishtirilgan bo‘lishi kerak.
Download 34.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling