7-Amaliy. Texnosfera xavfsizligi soxasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish


Download 34.68 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi34.68 Kb.
#1562630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7- amaliy mashg\'ulot


§ 7. Hujjatlarga talablar
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ekspert tashkiloti tasarrufida o‘z faoliyati bilan bog‘liq, akkreditatsiya sohalariga muvofiq qonunchilik hujjatlari hamda normativ texnik hujjatlar (normativ hujjatlar bazasi) mavjud bo‘lishi kerak. Mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 12-bandiga muvofiq normativ hujjatlar bazasini yuritish bo‘yicha tayinlangan mas’ul xodim mavjud hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 3-ilovasida keltirilgan shaklda yuritishi kerak.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
28. Ekspert tashkilotida barcha normativ hujjatlar yangilanib borilishi, amal qilish muddati o‘tgan hujjatlar o‘z vaqtida belgilanishi va foydalanishdan chiqarilishi kerak. Ekspert tashkilotida xodimlarga mavjud normativ hujjatlardan to‘siqsiz foydalanish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi kerak.
§ 8. Ishlarni bajarishga talablar
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ekspert tashkiloti o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, normativ texnik hujjatlari talablariga rioya etishi hamda Akkreditatsiya komissiyasi qarorlari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va vakolatli organ ko‘rsatmalari bajarilishini ta’minlashi kerak.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Ekspert tashkiloti akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiyaga ega bo‘lishi hamda akkreditatsiya mezonlariga doimiy muvofiqligini ta’minlash maqsadida o‘zining ish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida mazkur deklaratsiyaga kiritishi lozim.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 14-yanvardagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2022-1, 19.01.2011-y) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 3-son, 30-modda)
31. Ekspert tashkiloti o‘z xodimlarining samarali ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan bino(xonalar)ga, jihozlarga va asboblarga, shuningdek ularni yaroqli holda tutish tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 14-yanvardagi 10-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2022-1, 19.01.2011-y) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 3-son, 30-modda)
33. Ekspert tashkilotining xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish, ekspertizani amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ish natijalari ekspertiza xulosasida aks ettirilishi lozim. Ekspert tashkilotining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ish natijalari sanoat xavfsizligi deklaratsiyasida aks ettirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza xulosasi va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari, normativ texnik hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilishi lozim.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
34. Ishlarni bajarish jarayonida olingan kuzatuvlar va (yoki) ma’lumotlar o‘z vaqtida yozib borilishi lozim.
Ekspert tashkiloti o‘z ish natijalarini asoslab berishi uchun ish faoliyatidagi zarur hujjatlar va ma’lumotlar hisobini yuritishi va ularni saqlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 8-iyuldagi 87-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2022-2, 17.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 364-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ekspert tashkiloti rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari, ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari reyestri (ro‘yxati)ni yuritishi lozim. Bu ro‘yxat Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan shakllarda har oyda bir marotaba (keyingi oyning 5-sanasiga qadar) hisob yuritish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilishi zarur.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2019-yil 28-dekabrdagi 09/YuB-50-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2022-3, 28.01.2020-y) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/2022-3/0083-son)
37. Ekspert tashkiloti shartnomalarni nazorat qilish tizimiga ega bo‘lishi kerak. Bu tizim quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) buyurtmachi talablariga muvofiq bajariladigan ishlar ekspert tashkiloti akkreditatsiya sohasiga mos kelishi va bu ishlarni bajarish uchun ekspert tashkilotida zarur resurslar mavjudligini tekshirish;
b) bajariladigan ishlarni muntazam tekshiruvlar va kamchiliklarni bartaraf etish harakatlari bilan nazorat qilish;
v) bajariladigan ishlar o‘rnatilgan talablarga muvofiqligiga ishonch hosil qilish maqsadida bajarilgan ish natijalarini tekshirilishi.
38. Ekspert tashkilotida ishlarni xavfsiz ravishda olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
39. Ekspert tashkiloti ekspertiza obyektlari uning javobgarligi ostida bo‘lgan vaqtda ekspertiza obyektlarini zararsiz saqlashi kerak.
Download 34.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling