Mavzu: Sport psixologiyasi fanini boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Reja


Download 32.29 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi32.29 Kb.
#1620525
Bog'liq
T r nomi beti


Mavzu: Sport psixologiyasi fanini boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Reja:
1. Psixologiya fanining predmeti, ahamiyati va vazifalari.
2. Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot usullari.

3. Harbiy psixologiyaning o’rganish metodlari.


Sport psixologiyasining fan sifatida oyoqqa turishida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi bilan Moskva shahridagi Markaziy Davlat jismoniy tarbiya institutining psixologiya kafedrasi o'rtasidagi aloqalari juda katta ta'sir ko'rsatdi. O'sha paytlarda mazkur institutni jismoniy tarbiya Oliy O'quv yurtlarida sport psixologiyasini o'quv predmeti sifatida o'qitilishining asoschisi, professor P.A.Rudik boshqarar edi. O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida umumiy va sport psixologiyasini o'qitishning farqli tomoni shunda ediki, bu yerda ma'ruzaviy mashg'ulotlardan so'ng seminar mashg'ulotlari emas, balki laboratoriya mashg'ulotlari o'tkazilar edi. Ushbu mashg'ulotlarda talabalarning ma'ruzalardan olgan bilimlari talabalarning o'zlarida tajribalar o'tkazish yo'li bilan mustahkamlanardi.Tadqiqotlarning natijalari yo'riqnomalar bo'yicha ishlab chiqilar, so'ngra xulosalar chiqarilardi va talabalar tajriba yo'li bilan qo'lga kiritilgan ma'lumotlar asosida o'zlari mustaqil xulosalarga kelardilar (o'quv mashg'ulotini shu tarzda tashkii etish an'anasi hozirgacha saqlanib kelmoqda). Shunday qilib, institutdagi laboratoriya mashg'ulotlari ko'proq ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib borish xarakterilli kasb ctardi. Laboratoriya mashg'ulotlarining mazmuni Moskva va Leningrad jismoniy tarbiya institutlari psixologiya kafedralari tomonidan nashr etilgan uslubiy qo'llanmalar asosida doimiy ravishda yangilanib borilgan. Sport psixologiyasi fallidan o'zbek tilida dotsellt N.AYax'yarov va Z.T.Sayitmetovalar dars berganlar. Bugungi kunda sport psixologiyasi fani pedagogik universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari o'quv dasturlariga kiritilgan, shunillgdek u Milliy universitetning psixologiya fakultetida ham o'qitilrnoqda. 2003 yilda Milliy universitetda "Sport psixologiyasi" mutaxassisligi bo'yicha magistratura ochildi. Laboratoriya mashg'ulotlarining doimiy yangilanib borilishi ushbu mashg'uiotiar uchun zarur psixologik apparaturalarni, uskuna va jihozlarni yaratishni taqazo etadi. Shuni ta'kidlash joizki, psixologiyafani uchunzarurilmiyasbob -uskuna vajihozlarni ishlabchiqish
va tayyorlash bo'yicha hech qanday maxsus tashkilotlar bo'lmagall va hozirgacha ham yo'q. 1966 yilda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining pedagogika va psixologiya kafedrasida Moskva jismoniy tarbiya insitutinillg bitiruvchisi bo'lgan o'qituvchi Z.G.Gapparov tomollidall ilk psixologiya o'quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriyanillg yaratilishi kafedrallillg sport psixologiyasi bo'yicha ilrniy tadqiqotlar faoliyatining boshlanishiga yordam berdi.
Dastlabki tadqiqotlar asosall psixofiziologik xarakterga ega bo'lib, ular qilichbozlarning harakatlaridagi assimmetriyalarni o'rganishga YO'llaltirilgan edi. Ushbu mavzu Z.G.Gapparov tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unga LYe.Lebedyanskaya rahbarlik qilgan (1966-1969 yil1ar). O'zbekistonlik sport psixologlari ilk bor 1967 yilda xorijda bo'libO'shanda Tbilisi shahrida sport psixologiyasi bo'yicha Umumittifoq konferensiyasi bo'lib o'tgandi. Ushbu anjumanda hamyurtlarimiz tomonidan 2 ta ma'ruza qilingan (L.Ye.Lebedyanskaya,
Z.G.Gapparovlar tomonidan) ushbu ma'ruzalar "Qilichbozlardagi harakat assimetriyalari" va "Funksional assimetriya qilichbozlarning sport tayyorgarligi holatining mezoni sifatida" deb nomlangan. Ana shunday muvaffaqiyatl i chiqishlardan so'ng O'zbekistonlik psixologlar keyingi yillarda sport psixologiyasi bo'yicha o'tkazilgan barcha konferensiya, simpozium, seminarlarda muntazam qatnashib bordilar. Ular tomonidan "Qilichbozlardagi oraliqni his qilishning psixologik xususiyatlarini o'rganish" (Z.G.Gapparov), "Ot sportida ixtisoslashgan idroklarni o'rganish" (dotsent L.Ye.Lebedyanskaya) mavzulari har tomonlama tadqiq etilgan. 1969 - 1972 yillar mobaynida psixolog Z.G.Gapparov Moskvadagi markaziy jismoniy tarbiya instituti (GSOLIFK)ning professor P.A.Rudik rahbarlik qilayotgan psixologiya kafedrasining maqsad.1i aspiranturasida tahsil oldi.

Professor O.A.Chernikova rahbarligi ostida Z.G.Gapparov tomonidan


"Qilichbozlardagi oraliqni his qilishning psixologik xususiyatlarini
o'rganish" mavzusida dissertatsiya yozilib muvaffaqiyatli tarzda
himoya qilindi. Mazkur nomzodlik dissertat&iyasi hOlirgi kunga
qadar O'zbekistondagi "Sport psixologiyasi" fani bo'yicha yagona
hisoblanadi.
Moskva tajribasi kafedra psixologlarining o'quv-ilmiy ishlarining
yanada takomillashtirilishiga xizmat qildi.
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining pedagogika
va psixologiya kafedrasi yaqin xorijdagi davlatlar, xususan,
Sankt-Peterburg, Omsk, Kyoln shaharlaridagi jismoniy tarbiya
institutlarining psixologiya kafedralari bilan o'z aloqalarini yanada
kengaytirdi.
Mazkur kafedra olis xorij mamlakatlarida ham sport psixologiyasi
bo'yicha bilimlarning tarqatilishiga o'zining munosib
hissasini qo'shdi (dotsent Z.G.Gapparov 1983-1987 yillar davomida
Jazoirning institutlarida "Psixologiya" va "Sport psixologiyasi"
fanlaridan dars berdi) .
.1980 yilda kafedradagi olimlar safi yangi o'qituvchilar bilan
to'ldirildi. Ayni shu yillarda kafedraga M.A. Tursunova, N.l.Ivanovava 1988 yilda esa T.P.Predibaylalar kelib qO'shildilar. Ularning kelishi
bilan kefadradagi ilmiy tadqiqot ishlarining mavzu doirasi .yanada
kengaydi. Dotsent Z.G.Gapparov rahbarligi ostida ular tomonidan
ixtisoslashgan idrokl3.rni o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borildi.
Mazkur tadqiqotlarning natijalari Kaunas shahrida bo'lib o'tgan
sport psixologiyasi bo'yicha xalqaro konterensiyada ma'ruza qilindi.
M.ATursunova ushbu anjumanda "Velosportda ixtisoslashgan
idroklarni o'rganish masalasiga doir" mavzusida, N.I.Ivanova esa
"Suzish sportchilarida vaqtni his etish bo'yicha ixtisoslashgan
idroklarni o'rganish" mavzusida ma'ruza qildilar.
Sobiq ittifoqda sport psixologiyasi hali alohida fan sifatida
ajralib chiqmagan, shuningdek uning alohida boshqaruv organlari
ham yo'q edi. 1987-yilda Moskvadagi markaziy davlat jismoniy
tarbiya instituti (GSOLIFK) qoshida simpozium o'tkazilib, unda
sobiq ittifoqning barcha Respublikalaridan psixolog mutaxassislar
ishtirok etdilar. Simpoziumning ta'sis majlisida sobiq ittifoqda sport
psixologlari federatsiyasi tashkil etildi va O'zbekiston psixologlari
vakili Z.G.Gapparoy ham mazkur majlisda qatnashdi.
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instltutida magistratura va
aspirantura ochilishi munosabati bilan zamonaviy talablarga javob
beradigan psixologiya laboratoriyasini tashkil etish masalasi kun
tartibiga keskin qo'yildi, zero sport psixologiyasi [ani magistrantlar
o'quv dasturiga kiritilgan edi. 2003 yilda institut rektoratining
yordamida pedagogika va psixologiya kafcdrasi mudiri, dotsent
Z.G.Gapparov tomonidan psixologiya laboratoriyasi tashkil etildi
va zarur uskuna va jihozlar, zamonaviy intlxmatsion-texnologiyalar
bilan ta'minlandi.
Magistrantlar, aspirantlar, kafedraning professor o'qituvchilarining
o'quv va ilmiy faoliyatlarini ta'minlash maqsadida
kafedrada psixologik tadqiqotlar uchun PSI-lO kompyuter dasturi
(kompyuterJashtiriIgan psixodiagnostika usullari) ish lab chiqildi.
shuningdek talabalar bilan laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish
uchun kompyuter o'qUY dasturlari yaratildi (ZG.Gapparov).
Laboratoriyaning tashkil etilishi hamda psixologik tadqiqotlar
o'tkazish uslublariga zamoaaviy axborot texnologiyalarining joriy
etilishi psixologiya t~lllining rivojlanish tarixida va uning sport
13faoliyatiga tatbiq etilishida muhim bosqich bo'idi. Shunday qilib
laboratoriyadan Respublikamizning har xii sport turlari bo'yicha
terma jamoalarini ilmiy ta'minlash maqsadida foydalanilib, bunda
kafedra o'qituvchilaridan M.A.Tursunova, T.P.Predibayla va
Z.T.Sayitme~ovalar faol ishtirok etdilar.
Olib borilgan psixologik tadqiqotlar talabalarning diplom
ishlarida, magistrlik, nomzodlik dissertatsiyalarida o'z ifodasini
topdi.
Psixologiya laboratoriyasi psixologik tadqiqotning yangi uslublari
yaratilishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Xususan "FOSBYeRI" uslubi
bilan balandlikka sakrashning ritm va sur'at strukturalarini aniqlash
uchun xizmat qiluvchi "RTS-·PY" kompyuter dasturi, sinxron suzish
musobaqaviy kompozitsiyalarining ritm va sur'atli strukturalarini
aniqlashga xizmat qiluvchi "SINXRO·· dasturi hamda yangi
o'rganayotgan slalomist - eshkakchilarda xotirani rivojlantirishga
mo'ijallangan "SLALOMIST" dasturlarini alohida tilga olib o'tish
mumkin. Futbolchilarda taktik tayyorgarlikni takomillashtirish
maqsadida "TAKTIK" kompyuter dasturi ishlab chiqildi.
Ushbu barcha kompyuter dasturlaridan magistrlik va nomzodlik
dissertatsiyalarida, shuningdek Respublikamiz terma jamoalari
sportchilarining psixologik tayyorgarligini takomillashtirishda
samarali foydalanildi. Mazkur barcha kompyuter dasturlarining
muallifi dotsent Z.G.Gapparov bo'ldi.
Respublikamiz termajamoalarini 2008 yil Pekinda bo'lib o'tgan
XXIX Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish uchun tayyorlash ham
nihoyatda muhim voqea bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Hukumati
Olimpiada ishtirokchilarining psixologik tayyorgarligiga juda katta
e'tibor qaratdi.
2008 yilning I-fevralidan 20-fevraliga qadar O'zbekistonning
yetakchi psixologlari Rossiya psixologlarining o'z terma jamoalarini
qanday qilib psixologik tayyorgarliklarini ta'minlashlarini o'rganish
uchun Rossiya davlat jismoniy tarbiya, turizm va sport universitetiga
(Moskva) va Jismoniy tarbiya Akademiyasiga (Sankt-Peterburg) xizmat safariga yuborildilar. O'sha yilning may oyida O'zbekiston Respublikasi sport murabbiylari ishtirokida "Yuqori sport natijalari uchun psixologik tayyorgarlik" mavzusida seminar o'tkazilib, ungarossiyalik yetakchi psixolog, pedagogika fanlari doktori, professor A.V Rodionov taklif etildi. 2009 yilning sentyabr oyida O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya lIlstituning pedagogika va psixologiya kafedrasida "Sport psixologiyasi" ta'lim yo'nalishi ochildi va bu yo"nalish bo'yicha 21 nafar talaba o'qishda qabul qilindi.

Sport psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi Sport psixologiyasi birinchi navbatda umumiy psixologiya va uning sohalari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu sohalar – yosh psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya va har bir alohida sport turiga oid bo'lgan, o'ziga xos jihatlar hamda sanoqsiz muammolarga bog'liq


bo'lgan pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi va san'at psixologiyasidan iboratdir. Shuni ham ta'kidlash joizki, bu aloqadorlik ikki tomonlamadir. Masalan, sohaning pedagogik psixologiya bilan aloqadorligini olaylik. Tarbiya jarayoni va sportdagi mashg'ulotlarning har ikkisi ham ta'lim, ham tarbiya jarayonlaridir. Bu jarayonlar insonning jismoniy va psixik kamol topishiga, uning shaxsini shakIIantirishga qaratilgan. Sport psixologiyasining mehnat psixologiyasi bilan aloqadorligi shundaki, sportda ham xuddi mehnatdagi kabi maxsus qobiIiyatlarni o'rganish va rivojlantirish, ularning turiarini aniqlash muammosi mavjud. San'at psixologiyasi bilan aloqadorligi haqida gapirilganda, sportning barcha turiarida ham ijodkorlik talab etilishining o'zi kifoya. Ayrim sport turlarida (badiiy gimnastika, sinxron suzish va hokazolarda) badiiy ijodkorliksiz deyarh hech qanday natijalarni qo'Iga kiritib bo'lmaydi. Sport psixologiyasi insonni ayni shunday, o'ziga xos shal tsharoitlarda tadqiq etuvchi boshqa fanlar bi/an ham bog'Iiqdir. Birinchi ga!da uning pedagogika, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, sport sotsiologiyasi, sport mashg'ulotlarini o'tkazish nazariyasi va uslubiyati bilan aloqadorligini ta'kidlash mumkin. Bu aloqadorlik shunda ko'rinadiki, sport psixologiyasi sportchi shaxsiyatining namoyon bo'Iishi hamda psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganar ekan, u mazkur fanlarning yanadatakomillashtirilishi uchun asos beradi. Shuningdek, u jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari uslublarining takomillashtirilishigak O'maklashadi. Masalan, bu fikrlarni jismoniy tarbiya va sport faoliyati jarayonlarida shaxsni shakllantirishi nazariyasiga, psixikpsixomotor sifatiarni rivojlantirishga, sportchilarni ma'naviy-axloqiy, irodaviy tarbiyalash, ularni sport texnikasi va taktikasiga o'rgatish, musobaqalarga psixologik tayyorgarlik ko'rish, kundalik hayot va turmush tarzi tartiblarini tashkil qiiish va hokazolarga tatbiq etish mumkin. Biroq, ikkinchi tomondan, sport psixologiyasining o'zi ham jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, sport sotsiologiyasi va boshqa sportga oid fanlar erishgan yutuqlardan o'zi ning psixologiyaga oid masalalariui yanada samarali va ilg'or tarzda ishlab chiqish uchun foydala nadi. Sport psixologiyasi fiziologiya, ayniqsa oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, analizatorlar fiziologiyasi, hamda neyrofiziologiya bilan chambarchas bog'liqdir. Bu avvalo sportchilar temperamentining asoslarini o'rganish zaruriyati bilall, shuningdek ularni mashq qildirish, harakatlarini tasavvur etishni rivojlantirish va hokazolar bilan bog'liqdir.

I1miy tadqiqot usullari to'g'risida umumiy tushunchalar Har bir fanning predmetini tashkiL etiLishida, biror bir hoLatLar va hodisalarni tadqiq etishdagi ma'Lum bir yo'Lni qo'llash - "usul" deb ataladi. Usullarning qo'llanilishi o'rganiLayotgan hodisalarni to'g'ri tushunish va anglab yetishga olib borishi kerak. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, usullar voqea-hodisalarning ularga xos xususiyatlari va qonuniyatlari bilan aynan bir xilda inson ongida aks etishiga imkon beradi. Fanda qo'llaniLadigan usullar tabiatda va ijtimoiy hayotda amal qilayotgan obyektiv qonuniyatlarga muvofiq tarzda ko'rilgandagina haqiqiy bilimlarga erishish mumkin. Ilmiy tadqiqot usullarini yaratishda birinchi galda quyidagi qonunlarga suyanish zarur: a) bizni o'rab turgan borliqdagi barcha narsa, voqea-hodisalar o'zaro aLoqador va shartlidir; b) bizni o'rab turgan borliqdagi barcha narsa, voqea-hodisalar hamisha rivojlanish, o'zgarish jarayonida, shuning uchun to'g'ri usullar o'rganilayotgan voqea-hodisa va narsalarni turg'un va qotib qolgan deb bilmasdan, balki harakatda deb anglab, uLarni rivojlanishi davomida o'rganmog'i lozim. Shuni ham ta'kidlash kerakki, tadqiqotning ilmiy usullari taraqqiyot jarayonining o'zini to'g'ri tushunishdan kelib chiqmog'I kerak, ya'ni: 1. Taraqqiyot jarayoni faqat son jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham o'zgaradi. 2. Taraqqiyot jarayoniga qarama-qarshiliklar kurashi manba bo'lsa-da, uning o'ziga ham ichki qarama-qarshiliklar xosdir. Voqea-hodisalarni ularning rivojlanish darajasidan tashqarida o'rganish, fandagi uslubni yondashuv va hayotni o'rganishdagi eng muhim xatolardan biridir. Yuqorida bayon etilgan qoidalardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, inson psixikasini, xususan uning jarayonlarini o'rgana Sport psixologiyasining tadqiqot usullari turib, ularni bir-birlaridan ayri holda, shuningdek oliy nerv faoliyatining fiziologik qonuniyatlaridan ajratilgan holda tadqiq etish mum kin emas. Shuningdek, psixik jarayonlarni uning tashuvchisi, ya'ni egasi bo'lgan shaxsga va uning mazkur psixik jarayonlarni namoyon etadigan faoliyati bilan bog'lamasdan o'rganish ham noto'g'ridir. Shunday qilib, fanda qo'llaniladigan tadqiqot usullari o'z tarkibiga ko'ra muayyan voqea-hodisa va narsani uning rivojlanishida hamda uning boshqa voqea-hodisa va narsalar bilan bo'ladigan asosiy aloqalari va munosabatlari bilan birgalikda ifodalangan holidagina haqiqiy bilimlarni bera olishi mumkin. Sport psixologiyasi fani paydo bo'lishi va rivojlanishining qisqacha tarixi Bugungi psixologik adabiyotlar sport psixologiyasi rivojlanishining tarixiy jarayonlarini hanuzgacha to'la-to'kis qamrab olmagan. Umuman olganda, sport psixologiyasi fanining paydo bo'lishiga Germaniya, AQSh, Italiya, Kanada, Rossiya va boshqa davlatlar olimlarining ilmiy ishlari sabab bo'lgan. Ayniqsa bu XIX asr oxiri va XX boshlarida, ya'ni psixologiya falsafadan ajralib chiqib, mustaqil eksperirnental fan maqomini olgandan so'ng, yanada yaqqol sezila boshladi. Ayni shu davrlarda inson xulq-atvori va harakatlariga oid bir qator ilmiy ishlar paydo bo'ldi. (Yundt, Torndayk, Uotson, Byuxner va boshqalar.) "Sport psixoiogiyasi" tushunchasi va bu sohadagi bilimlar ilk marotaba bugungi olimpiya o'yinlarining asoschisi p'er de
Kubertenning maqolalarida, 1900-yilda paydo bo'ldi. O'shanda u "Sport psixologiyasi" nomli maqola e'lon qilgan bo'lib, mazkur ish asosan falsafiy xarakterga ega edi. 1913-yilda Lozanna shah rid a P'er de Kubertenning tashabbusi bilan Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tomonidan SpOlt psixologiyasi bo'yicha maxsus kongress chaqirildi va shu tariqa ushbu soha "dunyoga keldi" hamda o'z maqomini
oldi. Biroq, u paytlarda hali sport psixologiyasi muammolarining haqiqiy ma'nodagi ilmiy ishlanmalari deyarli yo'q edi. Qolaversa, sport psixologiyasini hali ilmiy bilimlar sohasidagi maxsus yo'nalish sifatida tan olishmagan edi. Bu avvalo, sport o'sha davrlarda hali yaxshi rivojlanmaganligi bilan bog'liq edi. Sport psixologiyasining muammolari faqatgina ayrim jamoat arboblari va olimlarning
qjziqishlari manbai edi, xolos. Shunday bo'lishiga qaramasdan, P'erde Kubertenning tashabbusi va Lozanna Kongressi sport psixologiyasi muammolarini o'rganishda ma'lum darajadagi turtki bo'idi. Natijada XX asrning 20-yillaridan keyinoq bu masalalar bo'yicha Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarda faol ilmiy tadqiqotlar olib borila boshlandi.Masalan, Fransiyada sportchining IJtlmoiy psixologiyasi sohasida bir qator tadqiqotlar o'tkazilgan. Mazkur ishlarning mualliflari Yu. Karrara, M. Bernard va M. Buellar edi. Yu. Segal esa nevrozlarni hamda ularni davolash vositalarini o'rgangan.Psixolog Riu rahbarligi ostida "Sport psixopedagogikasi" nomli to'plam e'lon qilingan. Germaniyada bu borada olib borilgan ishlarni Nyumanning "Sport va shaxs" (1957), " Sportda motivatsiya" (1971) kabi asarlarining paydo bo'lishi bilan belgilash mumkin. Italiyada esa sport psixologiyasi sohasidagi eng katta ishlar sport psixologiyasi xalqaro jamiyatining birinchi Prezidenti F. Antonelli tomonidan amalga oshirilgan. Uning muallifligida "Psixologiya va sport psixologiyasi" nomli kitob nashr etilgan bo'lib (1960), unda muallifning uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijalari umumlashtirilgan. Sport psixologiyasi fan sifatida eng taraqqiy topgan mamlakatlardan biri AQSh da jadal rivojlandi. Amerikalik olimlar X. Frenelik, A. Sleyter-Xemmel va boshqalar sport psixologiyasi fani rivojiga ulkan hissa qo'shdilar. Ularning tadqiqotlari markaziga
sportchi shaxsi qo'yilgan edi. Asosiy usullari shaxs ko'rsatkichlari hamda testlardan iborat bo'lgan. AQShning eng mashhur sport psixologi B. Krettidir. U shu sohaga oid 30 dan ortiq kitobning muallifidir. Uning kitoblari dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilinib, sport murabbiylari tomonidan, MDH mamlakatlari olimlari, jumladan O'zbekiston
olimlari tomonidan ham amaliyotda keng qo'llaniladi.
Kanadada Persival (Universitet direktori) ning ishlari ayniqsa
mashhur bo'lib, ular asosan sport sotsiologiyasi sohasini o'rganishga
yo'naltirilgandir. U sportchilarning sport murabbiylariga bergan
baholarini o'rgangan.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida MDHda qo'lga kiritilgan
sport natijalarining keng ta'siri ostida sport psixologiyasi nihoyatda
rivojlandi. Zero, bu mamlakatlarda sport psixologiyasi davlat
darajasida taraqqiy ettirildi.
Sobiq Chexoslovakiyada psixolog olimlar motivatsiya
muammolarini ish lab chiqqan bo'lib, ushbu masala sporchi va sport
murabbiylarini psixodiagnostikadan o'tkazish usullariga asoslangan
edi. (Vanek, Goshek, Svoboda, Motsak va boshqalar)Bolgariyadagi olimlar sportchini psixologik jihatdan tayyorlash
va guruhlar psixologiyasi bilan bog'liq muammolarni o'rgandilar.
(FGenov, Genova va boshqalar).
Kubada esa sportchilarni psixologik tayyorlashning turli
jihatlari chuqur o'rganildi. (Martines, RaffaeL Kanoti va boshqalar)
Rus olimlari I.M.Sechenov, P.FLesgaftlar o'z ilmiy ishlarida
inson psixikasining rivojlanishiga uning harakatlari nihoyatda muhim
ta'sir ko'rsatishini isbotladilar. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati
qonuniyatlari haqidagi ta'limoti sport psixologiyasi muammolarini
hal etishda keng qo'llanildi. MDHda sport psixologiyasiga oid
dastlabki tadqiqotlar professor P.A. Rudik tomonidan amalga
oshirilgan edi. Uning tadqiqotlari mashqlarning tahliliga va
harakat reaksiyalarini o'rganishga bag'ishlallgan edi. 1958 yilda u
jismoniy tarbiya institutlari uchun psixologiya va sport psixologiyasi
bo'yicha ilk darslikni yozdi. Professor A.S.Puni musobaqalarnillg
sportchi psixikasiga ta'sirini o'rgandi. Shullingdek MDHda
sport psixologiyasining rivojlanishiga munosib hissa qo'shgan ilk
qaldirg'ochlar sifatida T. StreIsov, G. M. Gagayeva, O.A. Chernikova
va boshqalarni tilga olib o'tish murnkin.
1913-yildan so'ng, 1965-yilda Rimda sport psixologiyasi
Kongressi qaytadan tashkiI etildi. Ushbu kongressda Sport
psixologlarining xalqaro jamiyati (SPXJ) tashkil topdi va u doimiy
faoliyat yurituvchi organini, shuningdek jamiyat Prezidenti - F
Antonellini sayladi. (XOK-Xalqaro olimpiya komiteti prezidenti).
SPXJ o'z faoliyatini jadal rivojlantirib bordi. Rimda bo'lib
o'tgan kongressdan so'ng yana bir qator kongresslar o'tkazildi: 1968-
yilda AQShda, 1973-yilda Ispaniyada, 1977-yilda Chexiyada, 1985-
yilda Shvetsariyada, 1986-yilda Fransiyada va hokazo.
1970-yildan buyon SPXJning rasmiy organi bo'lgan "Sport
psixologiyasi" xalqaro jurnali nashr etib kelinmoqda.
SPXJ ning tashkil etilishi sport psixologlarining mintaqaviy
birlashmalarining paydo bo'lishiga sabab bo'Idi. Masalan, 1967-
yilda sport psixologlarining Shimoliy Amerika jamiyati tashkil
etildi, 1969-yilda esa sport psixologlarining Yevropa Assotsiatsiyasi
FYePSAK, Shilling T. (Shvetsariya), Kunat (Germaniya) va boshqalar
prezidentligida tashkil topdi. Shundan so'ng turti yillarda Kanada,
Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Braziliya, Avstriya,Misr va boshqa mamlakatlarda ham sport psixologiyasining miiliy
jamiyatlari tuzildi. 1987-yilda MDH sport psixologlari federalsiyasi
tashkil etilib, unillg Prezidenti qilib AV Rodionov saylandi, mazkur
kitob mualiifi Z.G.Gapparov esa ushbu Federatsiya Prezidiumining
a'zoligiga saylandi.
Sport psixologiyasi haqidagi ma'ruzalarni XVIII va XX Xalqaro
psixologik kongresslar: 1972-yil Myunxenda bo'lib o'tgan ilmiy
Olimpiya Kongressi, 1979-yil Moskvada bo'lib o'tgan "Bugungi
jamiyatdagi sport" mavzuidagi Xalqaro Kongress dasturlarida ham
ko'rish mumkin. Shuningdek, sport psixologiyasi bO'yicha Kyoln
shahrida 1991 yil, Moskva shahrida 1992-yil, Rostov-Don shahrida
1994-yil va nihoyat yana Moskva shahrida 1995-yillarda Xalqaro
Kongresslar o'tkazildi va o'tkazilib kelinmoqda.O'zbekistonda sport psixologiyasining shakllanishi
O'zbekistonda sport psixologiyasi fan sifatida dastlab O'zbekiston
Davlat jismoniy tarbiya institutining· pedagogika va psixologiya
kafedrasi bazasida dunyoga keldi. Mazkur kafedraning mudiri
dotsent L.Ye.Lebedyanskaya bo'lib, u ushbu lavozimda 1962-yildan
1972 yilga qadar samarali faoliyat yuritdi. Ana shu yillar mobaynida
u "Sport psixologiyasi"ning metodologik asosini ish lab chiqdi, aynan
shu muallif tomonidan o'sha paytlarda institut talabalariga mazkur
kurs bo'yicha beriladigan darslarning barcha o'quv hujjatJari ish lab
chiqildi. Abu Nosir Farobiyning (874-950) psixologiya sohasidagi qarashlari uning falsafiy fikrlari bilan chambarchas bog’laniqdir. Farobiy materiya haqida fikr yuritar ekan, uning real narsa va hodisalarining asosini tashkil etishini va keyinchalik mustaqil rivojlanganligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, materiya – real narsalarning moddiy ibtidosi, asosan to’rt element – tuproq, suv, havo va olovdan iboratdir. Farobiy bu sodda substantsiyalarning xususiyatlarini ko’rsatib, olov– issiqlik, havo–judayam tez bir joydan ikkinchi joyga uchib yurishlik, suv– sovuqlik, tuproq–qattiqlikdan iboratligin ta’kidlaydi. Farobiy mana shu sodda substantsiyalardan materiya vujudga keladi, degan xulosani chiqaradi va murakkab substantsiyalarning o’z-o’zicha vujudga kelmasligi, balki uning rivojlanishida o’ziga yarasha qonuniyat mavjud ekanligi to’g’risida fikr yuritadi.
Farobiyning fikricha, sodda substantsiyalarning birlashuvidan avvalo minerallar – neorganik jismlar vujudga keladi, undan keyin hayvonot va nihoyat, olam jismlari rivojining oliy bosqichi – inson vujudga keladi.
Olim o’simlik, hayvon va insonga xos bo’lgan xususiyatlarni quvvat deb ataydi va uni uchga ajratadi – o’sish quvvati, hayvoniy quvvat, insoniy quvvat.
Farobiyning quvvatlar to’g’risidagi fikrini hozirgi zamon terminologiyasi bilan aytganda:
O’sish quvvati – bu biologik jarayon bo’lib, barcha tirik organizmlarga taalluqlidir.
Hayvoniy quvvat – bu fiziologik psixik jarayon bo’lib, hayvonlarga, insonlarga xosdir.
Insoniy quvvat – bu aqliy, intellektual jarayonlar bo’lib, faqat insonlarga xos deb tushunmoq kerak.
Farobiy materiyani forma – shaklga nisbatan birlamchi deb biladi, chunki materiya narsaning moddiy asosi – mazmunidir, forma-shakl esa uning (moddaning) tuzilishidir. Mana shu umumfalsafiy fikrlardan kelib chiqib, olam, inson organizmi bilan ruhiy quvvatlar o’rtasidagi munosabatlar masalasini ham yoritishga harakat qiladi.
Fozil odamlar shahri asarida ruhiy jarayonlar to’g’risidagi ta’limotni asoslab, insonda tug’ilganidan oziqlanuvchi birinchi quvvat paydo bo’lib, uning yordamida inson ovqatlanadi, ikkinchidan, sezish quvvati paydo bo’lib, bu quvvat yordamida inson issiq, sovuq kabilarni sezadi, uchinchi xayol quvvati bo’lib, hissiy qabul etilgan timsollarning tartibda kombinatsiya qilish funktsiyasini bajaradi, to’rtinchi – aqliy quvvat vujudga kelib, uning yordamida ongli va abstrakt fikr yuritadi, san’at va fan haqida bilimga ega bo’ladi, aqli etadigan narsalar bilan shug’ullanadi, go’zallikni xunuklikdan ajratish qobiliyatiga ega bo’ladi, deydi.
Farobiy inson ruhiy quvvatlarini ikkiga ajratadi; tashqi va ichki quvvatlar. Bularning turlarini ko’rsatadi va ularga tavsif beradi.
Tashqi quvvatni; 1. Teri sezgisi. 2. Ta’m bilish sezgisi. 3. Hid bilish sezgisi. 4. Eshitish sezgisi. 5. Ko’rish sezgisi kabi besh turga bo’lib, ularning bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga kelishini ta’kidlaydi. Bular insonga ham, yuqori darajada tashkil topgan hayvonlarga ham xos ekanligini ko’rsatib o’tadi. Ichki quvvatlar quyidagilardan iboratdir: 1. Xotira – tasavvur quvvati. 2. Xayol quvvati. 3. Tuyg’u – emotsiya quvvati. 4. Nutq quvvati. 5. Mantiqiy fikrlash quvvati.
“Xayol qilish va so’zlash, fikr yuritish, aql quvvatini Farobiy faqat insongagina xos», deb to’g’ri tushunadi. Inson o’zining shu quvvatlari, qobiliyatlari bilan hayvonot olamidan tubdan farq qiladi.
Demak, olim hayvon psixikasi bilan inson psixikasining bir tomondan umumiyligini va ikkinchi tomondan ular o’rtasidagi farqini to’g’ri tushunadi. Psixikaning vujudga kelishi tashqi dunyoga bog’liqligini, inson organizmining dunyodagi barcha narsa va hodisalar ta’siriga javob qaytarishini tushunib etadi va har bir psixik jarayonning moddiy asosi borligini ta’kidlaydi. Bu masalada u ilmiy pozitsiyada turadi. Xususan, insondagi boshqa sezgi organlari va ularning har qaysisi alohida vazifani bajarishi to’g’risida va tashqi muhitdan olingan taassurotlarini markazga eltib, markaz ularni umumlashtirishi haqida mukammal fikr yuritadi. Lekin u sezgining anatomik – fiziologik mexanizmini tushunib eta olmagan edi.
Farobiyning fikricha, odam organizmining markazi yurakdir. Chunki yurak butun tana va uning a’zolarini qon bilan ta’minlaydi, qon yurak orqali butun organizmga tarqaladi. Ikkinchi markaz miyadir. Miya ham qon bilan tirik bo’lganligi sababli yurakka bo’ysunadi, ya’ni yurakdan qon oladi, lekin shu bilan birga, u butun organizm va uning a’zolariga rahbarlik qiladi, o’z buyrug’iga bo’ysundiradi, ularni ma’lum mo’tadillikda ushlab turadi.
Bu ta’limot Aristotelning inson organizmi a’zolarini boshqarib boruvchi yagona markaz yurakdir, degan fikriga qarshi, masalaga ilmiy nuqtai nazardan to’g’ri yondoshishdir.
O’z davrining zabardast olimi Ibn Sino (980-1057) ham ilmiy merosida psixologiya masalalariga ham katta e’tibor berganligini ko’ramiz. U o’zidan ilgari o’tgan olimlar – Farobiy, al-Qonun, ar-Roziy va boshqalarning psixologiya sohasidagi ta’limotlarini mukammal o’rgandi va hatto, maxsus asarlar ham yozib qoldirdi. Jumladan, “Jon to’g’risida”, “Tushni yo’yish kitobi”, bulardan tashqari, “Tib qonunlari”, “Shifo beruvchi kitob”, “Donishnoma” va boshqa asarlarida psixologiyaga doir ko’pgina muammolarni hal qilishga harakat qilgan.
Ibn Sinoning psixologiya masalalari bilan shug’ullanishida birinchidan, o’zidan ilgari o’tgan Sharq mamlakatlari olimlari tomonidan yozib qoldirilgan asarlarni o’rganib, fanning bu sohasi bo’yicha ham o’zining noyob, yangi fikrlarini bildirish; ikkinchidan, antik dunyo olim va faylasuflarining ta’siri ham katta rol’ o’ynadi. Xususan, Aristotel’ Ibn Sinoning falsafada “birinchi o’qituvchisi” edi. U Aristotelning “Jon haqida”gi asari bilan yaxshi tanish edi. Uchinchidan, olimning meditsina sohasida olib borgan ishlaridan maqsad odam anatomiyasi, fiziologiyasi, nerv sistemasini yaxshi o’rganish va shu asosida har xil kasalliklarni davolash jarayonida kishilarning psixik xususiyatlarini bilish edi. To’rtinchidan, u yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash masalalarini to’g’ri hal qilishda psixologiyaga murojaat qilish va undan foydalanish zarurligini anglab etgan edi.
Ibn Sinoning psixologiya sohasidagi ta’limoti asosan ilmiy harakterga egadir, bu uning tirik organizmdagi hayotiy biologik jarayonlarni tushuntirishida yaqqol ko’rinadi.
Buyuk olim psixologiya sohasidagi risolalarida qanday masala yuzasidan izlanishlar ishi olib bormasin, avvalo, tekshirilayotgan obyekt mavjudmi yoki yo’qmi ekanligini aniqlash kerakligini uqtiradi.
Agar qandaydir narsa va hodisa ichki yoki tashqi sabablar bilan harakatga keladigan bo’lsa, demak insonning yashashi va harakatida ham birorta sabab bo’lishi kerak, bunday sabablardan biri “ruhiy quvvatlar” deb ko’rsatadi olim.
Aristotel’ va Farobiy kabi Ibn Sino ham odam tanasi va “ruhiy quvvatlar” materiya bilan shakl tariqasida bir-biridan ajralmagan holda mavjud ekanligini ta’kidlaydi.
Ibn Sino psixika hayvonlar bilan insonlarga xos narsa deb ta’kidlar ekan, hayvonlar psixikasining instinktiv harakterga ega ekanligini, inson esa ongli fikrlovchi zot ekanligini uqtiradi.
“Instinkt”, - deydi olim, shunday quvvatdirki, bu hayvon ongida mantiqsiz vujudga keladi…
U kishining ongli va mantiqiy fikrlashida miya asosiy o’rin tutishini tushunib etadi va miya… seziluvchi suratlarni idrok qiladi yoki saqlaydi. Xayolda saqlangan suratlarni birlashtirib yoki bo’lib ish yuritadi va shu bilan sezgi orqali kelgan suratlarga o’xshagan turli suratlarni vujudga keltiradi, - deydi.
Bu jarayonlar Ibn Sino fikricha, nervlar vositasi bilan sodir bo’ladi, kishidagi nerv sistemasining tuzilishini ko’rsatishga harakat qiladi. Olimning fikricha, nervlarning boshlanish joyi bosh miya bo’lib, organizmning barcha tomonlariga tarqaladi va shu tufayli odam tashqi olamdan bo’ladigan ta’sirlarga javob qaytarish qobilyatiga ega bo’ladi.
Ibn Sino Farobiyning sezgilar to’g’risidagi ta’limotini rivojlantirib, insonda beshta sezgi (ko’rish, eshitish, hid bilish, maza va teri-tuyg’u) mavjud ekanligini, o’sha sezgilar orqali tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning ta’siriga javob qaytarilishi, ularning xususiyatlari va ahamiyatigi to’xtalib, har qaysi sezgining bosh miyada alohida boshqarib boradigan markazi bor ekanligini ishonch bilan bayon etadi. Hislarning boshlanish o’rni miya bo’lib, har qaysi (bosh) his uchun ta’siri paydo bo’ladigan ayrim organ bo’ladi. Masalan, ko’ruv markazi miyaning ensa qismida joylashgan bo’lib, bosh miyaning o’ng tomonidan keladigan nervlar ko’z qorachig’ining chap tomoniga, chap tomonidan keladigan nervlar o’ng tomonga tarqalgandir. Bunday nervlarning … bir-biridan kesishib o’tishi har ikkala ko’zning barobar teng ko’ra olish uchun zarurdir, deb ta’kidlaydi.
Ibn Sino insonning fikrlash qobiliyatiga, xayol–xotirasi va iroda sifatlariga yuksak baho beradi va bu psixik jarayonlarning bir-birlari bilan mustahkam bog’liq ekanligini anglaydi.
Ayniqsa, Ibn Sinoning mijoz (temperament) to’g’risidagi fikrlari ilmiy jihatdan diqqatga sazovordir. Bu sohadagi ta’limot qadimgi yunon olimi Gippokratning (miloddan avvalgi V asr) gumoral’ nazariyasiga asoslangan.
Ibn Sino ham Gippokrat kabi odam tanasida to’rt xil modda bor (safro, qon, qora o’t, balg’am), shu moddalardan birortasi organizmda ko’proq bo’lsa, bu odam mijozining (temperamenti) tipini belgilaydi. Olimning ta’rificha, elementlarning (moddalar) nihoyat darajada mayda bo’laklardagi qarama-qarshi kayfiyatlarining bir-biriga ta’siridan paydo bo’lgan kayfiyat mijoz deb ataladi.
Ibn Sino kishi psixikasining individual xususiyatlari masalasi bilan ham qiziqadi. Uning fikricha, kishilarning individual farqi ular mijozining mo’tadil yoki no’mo’tadil bo’lishiga bog’liqdir. Masalan, mo’tadil mijozli odamlarning barcha harakatlari bir-biriga monand, tugallangan va etuk bo’ladi. Bunday tipdagi odamlarning tafakkuri, xayoli va xotirasi kuchli taraqqiy etgan, ahloqli bo’ladi, deb ta’kidlaydi u.
Umuman, Ibn Sino psixologiyaning ko’pgina masalalari yuzasidan original, progressiv fikrlar qoldirdiki, bu bilan psixologiya fanining keyingi taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi.
Beruniy psixologiya sohasida o’zidan ilgari o’tgan olimlar - Forobiy, Xorazmiy, o’ziga zamondosh bo’lgan Ibn Sino asarlarini va Hindistondagi psixologik fikrlarni yaxshi o’rganib, hayotiy tajribalar asosida psixologiya sohasida yangi fikrlar qoldirgan.
Beruniy insonning barcha mavjudotlardan ustunligini uning tafakkurga ega ekanligi bilan izohlaydi. Insonda idrok, tasavvur, xayol, xotira kabi psixik protsesslarning mavjudligi va zarur bo’lganda ularni ishga solishini isbotlab beradi.
Olim o’qish, eshitshi, kuzatish orqali olingan bilimlarning kishi xotirasida mustahkam saqlanib qolishi masalasiga alohida e’tibor beradi. Shuning uchun ham u kishi faoliyatida xotiraning roli katta ekanligini ko’rsatishga harakat qiladi. Beruniyning barcha narsa xotirada yaxshi saqlanib qolinadi, uni tez va oson esga tushiriladi, degan fikri diqqatga sazovordir.
Olim kishi xotirasi to’g’risidagi fikrida ilmiy va diniy nuqtai nazarni bayon etadi. U bir joyda xotira kishiga “Olloh taolloning bergan in’omidir” va u hosil qilinmaydi, degan bo’lsa, ikkinchi bir joyda bu fikrni rad etib, “Xotiraning yuksak darajaga ko’tarilishi zo’r berib va qunt bilan ishlash natijasidir”, deydi.
X1X asrning oxirlariga kelib psixologiyada tarixiy psixologiya, yosh psixologiyasi va zoopsixologiya kabi tarmoqlar paydo bo’ldi.
Tarixiy psixologiya odam psixikasi va ongining paydo bo’lishi va taraqqiyot bosqichlari masalalarini o’rganadi.
XX asr boshlariga kelib barcha fanlar uchun bo’lganidek, psixologiya fanining taraqqiyoti uchun ham keng yo’l ochib berildi. Biz XX asr psixologiyasini taraqqiyot nuqtai nazaridan quyidagicha davralashtirishni maqsadga muvofiq deb topdik.
1. 20-yillar psixologiyasi – bu davr psixologiyasining tarixida turli oqimlar o’rtasidagi kurash, kuchli munozara yillari hisoblanadi.
20 – yillar psixologlari oldida bixeviorizm va refleksologiyaga qarshi kurash vazifasi turar edi. Chunki bu davrda bu oqimlar keng tarqalgan bo’lib, refleksologiya hatto oliy o’quv yurtlari dasturiga fan sifatida kiritilgan edi.
20-yillar psixologiyasida har xil fikrlarga qarshi kurashda psixonevrologiya fanlari bo’yicha birinchi (1923--yil) va ikkinchi (1924 yil) Butunrossiya se’zdlarining ahamiyati katta bo’ladi. Bu se’zdlarda empirik psixologiya va refleksologiya vakillari qattiq tanqidga uchraydilar va 1930 yilga kelib bu oqimlar tugatiladi.
2. 30-yillar psixologiyasi – bu yillar psixologiyasi mashhur rus psixolog L.P.Pavlov nomi bilan bog’liqdir. Bu davrda umumiy psixologiya, bolalar psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohasida bir qancha muhim tadqiqotlar vujudga keladi.
L.S.Vigotskiy (1896-1934) umumiy bolalar pedagogik psixologiyasi bo’yicha bir qancha tadqiqotlar olib bordi. 1917 yilda Moskva davlat universitetining tarix-filosofiya fakul’tetini tamomlagach, u Gomelda ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlaydi. L.S.Vigotskiy 1924 yilda MDU ga ishga chaqiriladi, shundan so’ng psixologiya institutida, N.K.Krupskaya nomidagi tarbiya Akademiyasida ishlaydi. Ana shu davrda uning psixologik tadqiqotlar olib borish faoliyati boshlanadi.
Uning odamda oliy nerv psixik funktsiyalarining paydo bo’lishi, psixik protsesslarni o’rganish usullari, odam ongining ijtimoiy-tarixiy mohiyati, logik xotira, ixtiyoriy diqqat, tushuncha va tafakkurga oid fikrlari 30-yillar psixologiyasida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
L.S.Vigotskiyning “Tanlangan psixologik tadqiqotlar” (Moskva 1966), “Yuqori psixik funktsiyalar taraqqiyoti” (Moskva, 1960) kabi asarlari 30-yillar psixologiyasiga qo’shilgan munosib hissasidir.
Ivan Petrovich Pavlov (1849-1936) mashhur rus fiziolog-psixolog olimidir. I.P.Pavlov birinchi bo’lib oliy nerv faoliyatining qonuniyatlari haqidagi ta’limotni yaratdi.
Ryazandagi diniy bilim yurtini 1864 yilda tamomlab, seminariyada o’qishni davom ettirishga kirishgan I.P.Pavlovni seminariya ta’limi qiziqtirmaydi. Shundan so’ng I.P.Pavlov Peterburg universitetiga o’qishga kiradi. U universitetda a’lo baholarga o’qish bilan birga ilmiy ish ham olib boradi. I.P.Pavlov 1874 yilda universitetni oltin medal’ bilan tugatgach, meditsina-xirurgiya akademiyasining uchinchi kursidan o’qishni davom ettiradi. Akademiyada o’qish davomida 10 dan ortiq ilmiy asar yaratadi. Bu asarlari uchun ham u oltin medal’ bilan mukofotlanadi.
I.P.Pavlov 1879 yilda o’qishni a’lo baholar bilan tugatib, professor S.P.Botkin laboratoriyasida ishlaydi va 1883 yilda meditsina fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlaydi. 1890 yilda akademiyaning professor lavozimiga ko’tariladi va 1891 yildan boshlab eksperimental meditsina institutining fiziologiya bo’limini boshqaradi.
I.P.Pavlovning ovqat hazm qilish organlari sohasidagi tadqiqotlari 1904 yilda Nobel’ mukofotini oladi. Shundan so’ng I.P.Pavlov keng shuhrat qozona boshlaydi. 1913 yilda uning tashabbusi bilan oliy nerv faoliyatini o’rganish uchun eksperimayental meditsina instituti qoshida maxsus bino quriladi va bu erda maxsus kameralarda shartli reflekslar o’rganila boshlanadi.
I.P.Pavlov rahbarligida 1921 yilda Leningrad yaqinidagi Koltushi (hozirgi Pavlov) qishlog’ida biologik stantsiya qurildi. Keyinchalik bu stantsiya psixologik tadqiqotlarning ilmiy markaziga aylantirildi.
Akademik I.P.Pavlov umrining oxirigacha eksperimental meditsina laboratoriyasi va Koltushi qishlog’idagi biologik stantsiyaga rahbarlik qildi.
Shunday qilib, akademik I.P.Pavlov va uniing shogirdlari tomonidan olib borilgan psixologik tadqiqotlar 30-yillar psixologiyasi taraqqiyotida muhim o’rin egalladi va bu davrga kelib psixologiya fani taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarildi.
3. Ikkinchi jahon urushi yillari psixologiyasi. Ikkinchi jahon urushi davri barcha fanlarda bo’lganidek, psixologiya fani oldiga ham nihoyatda mas’uliyatli vazifalarni qo`ydi.

Download 32.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling